O‘rta maxsus ta’lim vazirligi begzod Xodjayev, Abdushukur Choriyev, Zuxra Saliyeva


Tadqiqot mavzusinning dolzarbligi va zaruratini asoslashga doir misol



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/115
Sana12.02.2022
Hajmi2,37 Mb.
#444877
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   115
Bog'liq
55884 Mетодология дарслик

 
Tadqiqot mavzusinning dolzarbligi va zaruratini asoslashga doir misol. 
Tadqiqot mavzusi:
Umumta’lim maktabi o’quvchilarida tarixiy tafakkurni 
modernizatsiyalashgan ta’minot vositasida rivojlantirish. 
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. 
Ta’lim-tarbiya 
jarayonida pedagogik innovatsiyalarni keng miqyosda qo‘llash jahon taraq-
qiyotining global tendensiyasi hisoblanadi. Ayni paytda interfaol ta’lim muhitini 
yaratish, o‘quvchilarning tafakkuri va dunyoqarashini rivojlan-tirishning 
innovatsion metod va texnologiyalarini takomillashtirish yanada muhim ahamiyat 
kasb etmoqda. 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, yangi demokratik ta’lim 
konsepsiyasini yaratish vazifasiga alohida e’tibor qaratildi. “Ta’lim O‘zbekiston 
xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faolligini baxsh etadi. O‘sib kelayotgan 
avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari, unda namoyon bo‘ladi, kasb-kori 
mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi 
va yosh avlodga o‘tadi. Yoshlar, ularning iqtidorliligi va bilim olishga 
chanqoqligidan ta’lim va ma’naviyatni tushunib yetish boshlanadi” degan qat’iy 
xulosaga kelindi. Mana shu g‘oyalar tadrijiy ravishda rivojlantirilib mustaqil 
mamlakatimizning buyuk kelajagini ta’minlaydigan muhim omil sifatida ta’lim-
tarbiya, kadrlar tayyorlash sohasini mutlaqo yangi asosda tashkil etishga kirishildi. 
Mazkur masalalarni hal etish uchun umumiy o‘rta ta’lim tizimi va mazmuni 
yangilandi, ya’ni I-XI sinflarda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha uzviylashtirilgan 
Davlat ta’lim standarti (DTS), o‘quv dasturlari ishlab chiqildi va amaliyotga joriy 
etildi. Ta’lim-tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalardan 
foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy o‘quv-uslubiy 
majmualar yaratildi.
Umumta’lim maktabi o‘quvchilarida tarixiy tafakkurni modernizatsiya-
lashgan didaktik ta’minot vositasida rivojlantirishda uzviylik va uzluksizlik hamda 


97 
fanlararo aloqadorlikni ta’minlash, mazkur jarayonga kompetent yondashuvni 
tatbiq etish, globallashuv sharoitida o‘quvchilarning tarixiy ongi va 
dunyoqarashiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi axborot xurujlaridan muhofaza qilishning 
muhim omili sifatida ularda axborot iste’moli madaniyatini tarkib toptirish, 
samarali ta’lim texnologiyalari hamda o‘quvchilarni milliy tarixiy merosimizni 
chuqur va to‘liq o‘zlashtirishga doir elektron dasturiy vositalarni ishlab chiqish 
muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi
PQ-2124-son “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga 
oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori, Vazirlar 
Mahkamasining 2004 yil 9 iyuldagi 321-son “2004-2009 yillarda maktab ta’limini 
rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy 
hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti 
muayyan darajada xizmat qiladi. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish