Toshkent -2012
Kirish.
O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I.A.Karimov bugungi kun o’qituvchilari o’zlarida yuksak ma’naviy-axloqiy hamda kasbiy sifatlarni namoyon eta olishlari lozimligiga alohida urg’u bеradi: “Tarbiyachi – ustoz bo’lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o’stirish, ma’rifiy ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy fuqaro etib yеtishtirish uchun, eng avvalo tarbiyachining o’zi aynan shunday yuksak talablarga javob bеrishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo’lishi kеrak” – dеgan edi. Darhaqiqat, o’qituvchi bilimdon, zukko hamda o’z kasb mahoratini muntazam takomillashtirib borish layoqatiga ega bo’lmas ekan, u alohida hurmatga loyiq ustoz, pеdagogik jarayonning faol boshqaruvchisi bo’la olmaydi.
Ta`limning yangi modelida jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirishga e`tibor berilar ekan, psixologiya fanining vazifalari ham malakali mutaxassislar sifatida o`zligini, o`z qobiliyatlari, individualligi, ya`ni shaxsiy fazilat, xislatlarini bilgan tarzda ta`lim-tarbiya faoliyatini oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning barcha sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat ko`rsata oluvchi shaxslarni tarkib toptirishdir.
Psixologiya fanining o’qitishning maqsadi o`quvchilarni psixologiya fanining tarixiy taraqqiyoti, hozirgi zamon psixologlarining ilmiy yondoshishlari bilan, shuningdek, turli yoshdagi insonlarda o`qish jarayonida shaxs fazilatlarini shakllantirish qonuniyatlari bilan, kasbiy malakalarni egallash xususiyatlari bilan tanishtirishdir. Hozirgi zamon tarbiyachisi ijtimoiy-kasbiy vazifalarni bajarish uchun yuksak ma’naviy hislatlarga ega bo’lishi, umumiy va kasb madaniyati, ziyoliligi, axloqiy pokligi, faolligi, shaxsiy hissiyotlarga berilmasligi, ijodiy tasavvur egasi, psixik jihatdan sog’lom, davlatimiz fuqarosi sifatida ma’suliyatni his eta bilishi lozim. Tarbiyachilik kasbiga xos psixik holatlar va xarakter maktabgacha yoshdagi bolalar psixikasining o’ziga xos xususiyatlarini tarbiyalashning psixik asoslari va qonuniyatlari haqida bilim, ko’nikma va malakalar berishdan va ularni kasbiy faoliyatga tatbiq etishdan iborat.
Fanning mavzulari DTS va TTS asosida o’quvchilarga yetkazilishi zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni qamrab olgan. Har bir mavzu didaktika prinsiplariga asoslangan bo’lib, nazariy mavzular mazmuni asosiy tezislar orqali yoritilgan. Amaliy, seminar mashg’ulotlarini tashkil etish o’quvchilarda nazariy bilimlarini yanada mustahkamlashga va amaliy malakalar hosil bo’lishiga yordam beradi.
“Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari”, “Bolajon” tayanch dasturi, “Bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim” kabi mavzular asosida tahliliy o’rganish, nazariy va amaliy bilimlar birligini hosil qilinadi.
Fan mavzulari umumiy psixologiyadan asos sifatida foydalanilgan bo’lib, ilmiy tushunchalar, kategoriyalarni (shaxs, motivatsiya, faoliyat, , ong), tadqiqot metodlarni, maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasini qamrab oladi.
Mavzularni o’qitish va o’zlashtirish uchun turli metodlar, o’quv vositalari va ularga mos o’qitish shaklini tanlash o’qituvchining kasbiy mahoratidan kelib chiqadi. Ta’limda uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash maqsadida fanlararo bog’liqlik tanlanishi zarur.
Dastur maktabgacha va maxsus ta’lim muassasalarida ishlovchi sog’lom, barkamol avlodni tarbiyalashda yuksak insoniy fazilatlarga, ma’naviy qadriyatlarga oid ko’nikma va malakaga ega bo’lgan kichik mutaxassislarni tayyorlashni ko’zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |