Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan
foydalanish bo‘yicha tavsiyalar
Hozirgi kunda ta`lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiya hamda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, talab, e`tibor kundan kunga kuchayib bormoqda.Bu esa o‘quvchilarni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. Malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o‘qitish metodlari pedagogik texnologiyalarning o‘rni va roli katta.
Ona tili va uni o‘qitish metodikasi predmetida ikki yo‘nalish: ona tiliga oid bilimlarni egallash va uni o‘qitish metodikasi yotadi. Kollejga kelgan o‘quvchilar tilga oid bilimlarning barcha bo‘limlarini umumta’lim maktab dasturiga asosan egallab, o‘rganib keladilar. Shuning uchun ham ularni mustaqil izlanishga, olgan bilimlarini eslashga, xulosa chiqarishga yo‘naltirish maqsadida yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish o‘rinlidir.
Ona tiliga oid bilimlarni o‘rganishga ayrim tavsiyalar:
- o‘zlashtirilishi nisbatan qiyin, murakkab hisoblangan ba’zi grammatik mavzular o‘qituvchining ma’ruzasi bilan tushuntiriladi. Bunda u mavzuga oid turli ko‘rgazmali jadvallar, o‘qitishning texnik vositasi - kodoskop, slaydlar, multimediya va kompyuter dasturlaridan foydalanishi mumkin;
-darslarni o‘tishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar namunalaridan tavsiyalar:
* “Bumerang” texnologiyasida fonetika, soz tarkibi, grammatikaga oid bilimlarni mustaqil, chuqur va yaxlit holatda o‘rganish, kichik guruhlarda ishlash, mashg‘ulot davomida o‘quvchilarning turli topshiriqlarni bajarishiga imkoniyat yaratadi;
* “Tarmoqlar” (“Klaster”) metodi, ayniqsa, so‘z turkumlarining grammatik belgilarini ketma-ketlik bilan uzviy bog‘lagan holda tarmoqlashlariga o‘rgatadi;
* “Blits-o‘yin” texnologiyasidan esa amaliy mashg‘ulotlarda, ya’ni fonetik, morfologik, sintaktik tahlillarni o‘tkazishda foydalanish maqsadga muvofiq;
* “Tushunchalar tahlili” texnologiyasida esa maktabda o‘rgangan ayrim grammatik tushuncha-atamalarni tahlil qiladilar, izlanadilar;
*”3x4”, “Aqliy hujum” texnologiyalari ham o‘quvchilarni kichik guruhlarda g‘oyalarni tahlil qilib xilosa chiqara olish, ta’rif bera olishga qaratilgan. Masalan: sintaktik bilimlar: so‘z birikmasi, gap, gap bo‘laklari mavzulari ustida ishlaganda va boshqalar.
Ona tili o‘qitish metodikasida:
-bunda ona tiliga oid bilimlarni o‘tish metodikasi bo‘lgani uchun o‘quvchilarga mavzularni tushuntirishda multimediyali darslar qo‘l keladi. Masalan: 3-4-sinflarda so‘z tarkibi mavzusini o‘tishda undan foydalanish o‘rinli;
-“Yelpig‘ich”, “Charxpalak” texnologiyalarida ma’lum bo‘lim yuzasidan beriladigan bilimlarning mohiyatini ochishda foydalansa b‘ladi.
- “Muloqot” treningida ma’lum mavzular yuzasidan kichik guruhlarga bo`lingan o`quvchilar orasida o‘z bilimlarini himoya qiladilar, xulosa chiqaradilar;
-FSMU texnologiyasidan metodika darslarida o‘tkaziladigan seminarlarda,biror bo‘lim o‘rganib bo‘ lingandan shu texnologiyani qo`llash mumkin va boshqalar...
Do'stlaringiz bilan baham: |