Avstriya – Vengriya imperiyasi tashqi siyosatining markazida asosan Bolqon yarimoroli yotgan. Shuning uchun u Bolqonda egallab olgan slavyan xalqlari yerlarida mustahkam o‘rnashib olishga, Rossiyaning Bolqon yarimorolidagi ta’sirini keskin kamaytirishga jon-jahdi bilan harakat qilgan.

Avstriya-Vengriyaning yakka o‘zi bu vazifani uddasidan chiqa olmas edi. Shuning uchun ham u Germaniya bilan yaqinlashdi. O‘z navbatida, Germaniya ham bu yaqinlashuvdan manfaatdor edi. Chunki, bu davrda Germaniya buyuk davlatlar o‘rtasida bo‘linib bo‘lgan dunyoni yana qayta bo‘lishga intilayotgan edi. Bu maqsadning ro‘yobga chiqishi uchun Germaniyaga, albatta, ittifoqclii zarur edi. Natijada, 1879-yilda bu ikki imperiya o‘rtasida ittifoq shartnomasi tuzildi.
Bu ikki imperiya, asosan, Bolqon yarimorolidagi yerlarga ko‘z tikkandi. Avstriya-Vengriya bu yerda slavyan xalqlarini o‘ziga bo‘ysundirishga, ularning mamlakatlarini esa mustamlakaga aylantirishga urinardi. Ayni paytda, Bolqonda Turkiya katta mustamlaka hududlariga ega edi.
Slavyan xalqlari o‘z milliy-ozodliklari uchun doimiy kurash olib borgan. Bu kurashda ular Rossiyaga tayangan. Rossiya slavyan xalqlarining milliy-ozodlik kurashini qo‘llab-quvvatlash barobarida o‘zi ham Bolqonda mustahkam o‘rnashib olishga intilgan.
Binobarin, bu uch imperiyaning manfaatlari Bolqonda surunkali to‘qnashib turgan.
Avstriya-Vengriya imperiyasi
Avstriya-Vengriya imperiyasi 1867-yilda Avstriya va Vengriyaning hukmron tabaqalari o’rtasidagi bitim asosida vujudga keldi. Imperiyaning Avstriya qirolligi tarkibiga Chexiya, Moraviya, Galitsiya va Bukovina, Vengriya tarkibiga esa Slovakiya, Xorvatiya va Transilvaniya kirgan. Shu yilning o’zida imperiyaning yangi konstitutsiyasi qabul qilingan. Unga ko’ra, imperiyaning umumiy hukmdori Avstriya imperatori bo’lgan. Imperator Gabsburglar sulolasi vakili edi. Sulola imperiyani 1867-yildan 1918-yilgacha boshqargan. Imperiya tashkil etilgan paytda imperator Frans Iosif edi.
Kerber (1900-1904) va Gauch (1904-1906) hukumati davrlarida Avstriya-Vengriyaning tashqi siyosati tobora agressiv (tajovuzkorona) tus oldi va ular Bolqon davlatlarini bosib olishga intildilar. Endi hukmron doiralar «Harbiy partiya» tashkiloti atrofida birlashdilar. Bu partiyaga taxt vorisi Frans Ferdinand rahbarlik qilardi. 1908-yilning 5-oktabrida Avstriya-Vengriya Bosniya va Gersegovinani bosib oldi. Avstriya-Vengriya tashqi siyosati Germaniyaga mutlaq qaram bo’lib qoldi. Avstriya-Vengriya urushga tayyorgarlik ko’ra boshladi. 1913-yilda mamlakatda qisman safarbarlik o’tkazildi. 1914-yil martida Reyxstag tarqatib yuborildi. Ana shunday qaltis vaziyatda, serb millatchilari tomonidan 1914-yil 28-iyulda Avstriya-Vengriya taxti vorisi Frans Ferdinandning o’ldirilishi Avstriya-Vengriya hukmron tabaqalarining urushni boshlab yuborishlari uchun bahona bo’ldi. Mamlakatda harbiy diktatura o’rnatildi

Turk askarlarining mag’lubiyatidan so’ng ularning ko’rinishi
Avstriya-Vengriya imperiyasi Qiroli Frans Iosif II