O‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi markazi «Ixtisoslashtirilgan (maxsus) va boshlang`ich ta`lim muassasalari tarbiyachisi» kasbi bo’yicha



Download 6,48 Mb.
bet57/191
Sana22.01.2017
Hajmi6,48 Mb.
#874
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   191
Tuzuvchilar: B.A.Sulaymonova
M.A.Jo`rayeva


Kirish
Mazkur dastur Pedagogika kollejlarining “Boshlang`ich ta’lim” yo`nalishidagi guruh o`quvchilariga mo`ljallangan.

Dastur ona tili va uni o`qitish metodikasi fanlarining eng asosiy bo`limlarini qamrab olgan.

Tilshunoslikning fonetika, leksikologiya, orfoepiya, grafika va orfografiya, morfemika, morfologiya, sintaksis kabi bo`limlari yuzasidan o`quvchilar egallashi lozim bo`lgan nazariy va amaliy mavzular kiritilgan.

Ona tili o`qitish metodikasi fanidan ham uning barcha: xat-savod o`rgatish metodikasi, o`qish va nutq o`stirish metodikasi, grammatika va imlo o`rgatish metodikasi, o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqlarini o`stirish metodikasi bo`limlari bo`yicha nazariy, amaliy va seminar mashg`ulotlari uchun eng zarur va asosiy mavzular dasturda o`z ifodasini topgan.

1989-yil 21-oktabrda O`zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqidagi qonun”i qabul qilindi. Bu qonunning qabul qilinishi ona tili fanini batamom yangicha va samarali o`qitishni taqozo etadi. Kollejni bitirgan yoshlardan ijtimoiy hayotning turli sohalarida o`zbek tilidan erkin va savodli foydalana olishlari talab etiladi.

Ona tili darslarida o`quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga o`rgatish talab etiladi. Shuningdek, nutq sharoitiga mos ravishda fikrni og`zaki va yozma shakllarda to`g`ri, ravon, savodli ifodalash ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish asosiy maqsaddir.

Pedagogika kollejlarida o`quvchilarga tilshunoslik fanining deyarli barcha bo`limlari yuzasidan bilim beriladi. Maktabda olgan bilimlari chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi.

Ma`lumki, ona tili o`qitish metodikasi pedagogik fanlar qatorida turadi. Bu fan kollej o`quvchilarini kichik maktab yoshidagi bolalarni o`qitish va kuni uzaytirilgan guruhlarda o`z faoliyatlarini olib borishlari uchun eng zarur bo`lgan bilim va ko`nikmalar bilan qurollantiradi.

Ona tili o`qitish metodikasi kursini puxta o`zlashtirish nazariy materiallarni bilish bilan birga o`quvchilarning pedagogik amaliyoti davrida va kollejni bitirganidan so`ng ish faoliyatida ko`nikma sifatida xizmat qiladi. Metodikani nazariy o`rganish va pedagogik amaliyotni o`tkazish bir – birini o`zaro boyitadi, nazariy bilim bilan amaliyotning bog`lanishini ta`minlaydi.

Kollejda o`quvchilar ona tili fanidan quyidagi:

­ tilning qurilishi va asosiy til birliklari;

­ tovush va fonema;

­ nutq tovushlari: unli va undosh tovushlar, ularning tasnifi;

­ bo`g`in va uning turlari;

­ urg`u va uning turlari;

­ alifbo;

­ orfoepiya haqida ma`lumot;

­ o`zbek grafikasi va orfografiyasi;

­ asos va qo`shimchalar;

­ so`zni tarkibiy qismlarga ajratish;

­ so`z turkumlari: ot, sifat, son, fe`l, olmosh kabi so`z turkumlarining o`ziga xos grammatik xususiyatlari haqidagi maktabda olgan bilimlarini kengaytirish va umumlashtirish;

­ sintaksis: gap, gapning ifoda maqsadiga ko`ra turlari;

­ gapda so`zlarning bog`lanishi: so`z birikmasi va ularning turlari;

­ gap bo`laklari: bosh va ikkinchi darajali bo`laklar;

­ gapning uyushiq bo`laklari;

­undalma haqidagi bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishlari zarur.

Ona tili o`qitish metodikasi fanidan esa, avvalombor, bu fanning mohiyati, ahamiyati, boshlang`ich siniflarda o`quvchilarga bilim berishdagi tutgan o`rnini tushuntirgan holda quyidagi bilimlarni:

- ona tili o`qitish metodikasining fani, maqsad va vazifalari;

- savod o`rgatish metodikasi;

- analiz- sintez tovush metodi va analitik – sintetik mashiqlarni o`tkaza olish;

- alifbo darslari va ularni tashkil etish;

- yozuv darslari va ularni tashkil etish;

- husnixatga o`rgatish;

- sinfda va sinfdan tashqari o`qish metodikasi: to`laqonli o`qish malakasining sifatlari;

- to`g`ri, tez, ongli, ifodali o`qishga o`rgatish;

- badiiy asar tahlili jarayonini o`rgatish ;

- turli janrdagi: ertak, hikoya, masal, she’r, topishmoq, tez aytish, maqollar ustida ishlash yo`llari;

- matn ustida ish turlarini bajara olish;

- o`qish darslarini tashkil eta olish;

- fonetika, grammatika, so`z yasalishini o`rgatish metodikasi;

- ona tilini o`rgatishning maqsad va vazifalari;

- tilshunoslikka oid atamalarning, grammatik tushunchalar ustida ishlash yo`llari;

- fonetik bilimlarni o`tish;

- morfemik va morfologik bilimlarni o`tish yo`llari;

- sintaktik bilimlarni o`tish;

- imloviy sezgirlikni shakllantirish yo`llari va orfografik mashq turlari;

- ona tili darslarini tashkil etish;

- o`quvchilarning og`zaki va yozma bog`lanishli nutqlarini o`stirish metodikasi;

- insho va bayon yozishga o`rgatish;

- o`quvchilar nutqida uchraydigan xatolar va ularni bartaraf qilish yo`llari;

- nutq o`stirishga oid darslarni tashkil etishni bilishlari kerak.


Download 6,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish