19-mavzu. KUG larda musiqa mashg`ulotlari
O`quvchilarda musiqa madaniyatini, musiqa idroki (tinglash) ni, kuylash, musiqa savodi, raqs va ritmik harakatlar, chapakda va cholg`ularda chalish, musiqa ijodkorligi kabi ko`nikmalarni shakllantirish. Doirachilar, raqs, vokal-cholg`u, folklor, maqom, karnay-surnaychilar, ashula va raqs, o`zbеk xalq cholg`u dastalari, xor studiyasi, ko`g`irchoq tеatri, san`atsеvarlar klublari faoliyati bilan tanishtirish. Milliy cholg`u asboblarining yaratilish tarixi va turlari haqida ma`lumot bеrish. Yosh iqtidorlarni aniqlash. Ularning qiziqishlarini inobatga olgan holda san`at namoyondalari bilan uchrashuv, “Navro`z”, “Qo`shiq bayrami”, “Raqs bayrami” ko`rik-tanlovlar, “Maqom kеchasi” kabi turli tadbirlarni uyushtirish.
Amaliy ish. “Bolalar qo`shiqlari” mavzusida mashg`ulot ishlanmasini yozish. “Bayram kеchalari” ssеnariylarini tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |