O‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi markazi «Ixtisoslashtirilgan (maxsus) va boshlang`ich ta`lim muassasalari tarbiyachisi» kasbi bo’yicha



Download 6,48 Mb.
bet114/191
Sana22.01.2017
Hajmi6,48 Mb.
#874
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   191
Namunaviy mavzular rеjasi






Fanning bo`limlari va mavzular nomi

Umumiy yuklama soat

Hammasi

Darslar turi bo`yicha soatlar taqsimoti

(Auditoriya yuklamasi)

Mustaqil ish

Jami

Nazariy

Amaliy

Laborato-riya ishi

Seminar

Kurs ishi (loyihasi)

1.

KUG ni tashkil etish ta`lim tizimining ustuvor masalalaridan biridir.

2

2

2
















2.

KUG tashkil etishning nazariy-milliy asoslari.

4

2

2













2

3

KUG ning rivojlanishi va ilmiy-mеtodik yo`nalishlari.

2

2

2
















4

KUM, KUS, KUG larning kun tartibi.

6

4

2

2










2

5.

KUM, KUS, KUG larda pedagogik rahbarlik va tarbiyachi mahorati.

2

2

2
















6.

KUG larda ta`lim-tarbiya ishlarini tashkil etish

6

4

2

2










2

7.

KUG larda MDT ni tashkil etish.

8

6

4

2










2

8.

Maxsus maktab internatlarida o`quv-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish.

6

4

2

2










2

9.

Maxsus maktab internati tarbiyachisining vazifalari, ish mazmuni


6

4

2

2










2

10.

Rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalar maktab internatlarining vazifalari


8

6

4

2










2

11.

Mehribonlik uylari ta`lim-tarbiya ishlarini tashkil etish xususiyatlari

8

6

4

2










2

12.

Ochiq havoda o`tkaziladigan mashg`ulotlar.

6

4

2

2










2

13.

KUG larda sport-sog`lomlashtirish mashg`ulotlari.

6

4

2

2










2

14.

KUG da sayr va sayohat mashg`ulotlari

6

4

2

2










2

15.

Binoda o`tkaziladigan mashg`u-lotlarning o`ziga xosligi.

6

4

2

2










2

16.

KUG larda siyosiy axborot mashg`ulotlari.

6

4

2

2










2

17

O`quvchilarni madaniy xulq-atvor ko`nikmalari bilan tanishtiruvchi mashg`ulotlar.

6

4

2

2










2

18

KUG larda o`qishga targ`ibot mashg`ulotlari.

8

6

2

4










2

19

KUG larda musiqa mash-g`ulotlari.

6

4

2

2










2

20

KUG larda san`at turlari bilan tanishtirish mashg`ulotlari.

6

4

2

2










2




Jami:

114

80

46

34










34

Amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish uchun kerakli jihozlar
Kuni uzaytirilgan guruhlarda ta`lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi fani bo`yicha o`tkaziladigan amaliy mashg`ulotlar uchun o`quv qurollari, darsliklar, qo`shimcha adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari kerak.
O`qitishning texnik vositalari
Radio, televizor, kodoskop, magnitafon, kompyuter, multimediya.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

2. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni.

3. O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”.

4. Karimov,I ”Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch.” Toshkent 2008

5. K.Хoshimov. Kuni uzaytirilgan maktab va intеrnatlar ishining pеdagogik asoslari.

6. Boshlang’ich sinflar darsliklaridan namunalar.

7. O’zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Dasturi va Nizomi.

8. O’quvchi ma’naviyatini shakllantirish.

9. Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yohud axloq”.

10. Umumiy o’rta ta’lim DTS.

11. Axloq-odobga oid hadis namunalari. – T.: 1997

12. KUGda ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi fani bo’yicha izohli lug’at.

13. RasulovaY, O.Nurmatova. “Pedagogika”. – T.: Voris, 2009.

14. Mavlonova, Xoliqberdiyev K., O.To`rayeva. Pedagogika.– T.: O`qituvchi, 2006.

15. Munavvarov A. Pedagogika. – T.: O`qituvchi, 1996.

16.N.Nasriddinova, Sh.Muhamedova. Kuni uzaytirilgan guruhlarda ta`lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish metodikasi. – T.: 2009.

17.O.Xasanboyeva. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish metodikasi. – T.: 2003

18. Saydahmedov N, Abdurahimov S ”Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya” Toshkent,2010



Foydalanishga tavsiya etiladigan internet tarmoqlari:
1. www. tdpu. uz

2. www. pedagog. uz

3. www. Ziyonet. uz

4. www. Ziyonet. ru

5. www. edu. uz

6. tdpu-INTRANET. Ped

7. www. nutq. intal. Uz

8. http://www.connect.uz.

9. http://www.uzsci.net

10. http://courier.com.ru.



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
O`RTA MAXSUS, KASB – HUNAR TA`LIMI MARKAZI



Ro’yxatga olindi

№ KMD 3141601-2.12

2012 yil 15 avgust





Vazirlikning 2012 yil

15 avgustdagi 332-1-sonli

buyrug`i bilan tasdiqlangan




Yoshlar tashkilotlari va ular bilan ishlash metodikasi
fanidan o`quv DASTURI

Fan dasturi Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tayyorlov yo`nalishlari bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012-yil 24- iyuldagi 3-sonli majlis bayonnomasi bilan ma`qullangan.


Fan dasturi 1-Toshkent Pedagogika kollejida ishlab chiqildi, bilim sohasi bo`yicha sho`ba kelishuvidan o`tkazildi (1-sonli kelishuv bayoni 2012-yil 16-iyul).

Tuzuvchi:

M.Shoyusupova



1-Toshkent Pedagogika kolleji o’qituvchisi.

























Taqrizchi:

N.M.Egamberdiyeva



Nizomiy nomli TDPU “Pedagogika” kadefrasi mudiri, p.f.d.
















Z.Inoyatova



1-Toshkent Pedagogika kolleji o’qituvchisi.


Kirish

Vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi, xalq farovonligi, mamlakat kelajagi bilimli, har tomonlama sog`lom va barkamol avlodga bog`liq. Bu borada avvalo yoshlarning o`zi tashabbuskor bo`lishi zarur. O`z Vatani va xalqiga sadoqatli, haq – huquqini tanigan insonlar taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi ekanini nazarda tutib yurtimizda amalga oshirilayotgan yangi hayot, yangi jamiyat qurish jarayonida faol ishtirok etadigan yoshlarni tarbiyalash va shakllantirish, yoshlarning yuksak orzu – intilishlarini mujassamlashtirib, ularning hayotiy manfaatlari va ehtiyojlarini ifodalash va himoyalash maqsadida tashkil e`tilgan O`zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy Harakati yoshlar hayotiga tobora chuqurroq kirib bormoqda.



Bu fanni o`qitishdan maqsad “Kamolot” yoshlar ijtimoiy Harakati va “Kamalak” bolalar tashkilotining maqsad va vazifalarini amalga oshirish yo`llarini o`rgatish, yoshlar tashkilotlari va ular bilan ishlash metodikasini o`rgatishdir.
Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:


  • O`zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Dasturi va Nizomi to’g’risida;

  • “Kamalak” bolalar tashkiloti ish mazmuni va yo`nalishlarini;

  • Boshlang`ich tashkilot yetakchisi, yetakchilik sifatlari;

  • Boshlang`ich tashkilot yetakchisining ish faoliyati mazmunini;

  • Boshlang`ich tashilot kengashining faoliyatini;

  • “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang`ich tashkilotining ish hujjatlarini yuritish tartibini;

  • O`zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashining asosiy ish faoliyatini.



Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:


  • O`zbekiston Respublikasi “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati dasturi va Nizomini bilishlari;

  • “Kamalak” bolalar tashkiloti yo`nalishlarini bilishlari;

  • Boshlang`ich tashkilot yetakchisi va uning faoliyati ish mazmunini;

  • Yetakchida yetakchilik sifatlarini shakllantirish;

  • Boshlang`ich tashilot kengashining faoliyati, ish mazmunini;

  • Harakatga a`zolik va unda faoliyat yuritish;

  • “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang`ich tashkilotining ish hujjatlarini yuritish tartibini;

  • Boshlang`ich tashkilot kengashi yig`ilishini o`tkazish tartibini;

  • Boshlang’ich tashkilotlarda turli yo’nalishdagi tadbirlarni o’tkazish metodikasini.


Fanning o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi,
uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi
“Yoshlar tashkilotlari va ular bilan ishlash metodikasi” fanini o’zlashtirishda o’quvchi umumta’lim fanlaridan ona tili, adabiyot, matematika, kasbiy ta’lim fanlaridan psixologiya, pedagogika, estetika, tarbiyaviy ishlar metodikasi kabi fanlarni chuqur o’zlashtirishi talab etiladi.Yuqorida keltirilgan fanlar yoshlar tashkilotlari va ular bilan ishlash metodikasi fani bilan birgalikda o’rganilsa uslubiy jihatdan uzviylik ta’minlanadi, mutaxassislikka oid bilimlar puxta egallanadi.

Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan

foydalanish bo’yicha tavsiyalar

“Yoshlar tashkilotlari va ular bilan ishlash metodikasi” fani bevosita “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va ”Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatini o’rganish bilan bog’liq bo’lgani sababli ushbu tashkilotlarning maxsus saytlari bilan muntazam bog’langan holda fanni o’rganish lozim bo’ladi. Respublikamizda yoshlar iste’dodini qo’llab-quvvatlash borasida faoliyat ko’rsatayotgan jamg’armalar, tashkilotlar, uyushmalar va boshqaruv organlari haqidagi ma’lumotlarni o’rganish bo’lajak mutaxassislarning kasbiy bilimlarini boyitishga xizmat qiladi. “Kelajak ovozi”, “Mehr nuri”, “Fond forum” tomonidan o’tkazilayotgan tadbirlar, loyihalar haqidagi ma’lumotlarni o’rganish, kuzatib borish va tahlil qilish fanga oid qo’shimcha bilim berish bilan birga o’quvchilarda axloqiy fazilatlarni, tashabbuskorlik, izlanuvchanlik, tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirishda katta ahamiyatga ega.

O’quvchilarda yetakchilik sifatlarini shakllantirishda, boshlang’ich tashkilot yetakchisi sifatida turli tadbirlarni tashkil qilish va o’tkazishni o’rgatishda pedagogik texnologiyalar, treninglarning o’rni ahamiyatli.

Fanni o’rganishda texnika vositalaridan kompyuter, kadoskop, proyektorlardan foydalanish kerak.


Asosiy qism

1-mavzu. O`zbekiston Respublikasida bolalar, o`smirlar va

yoshlar bilan ishlash xususiyatlari
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan yoshlarning huquqiy, ijtimoiy – siyosiy erkinliklarini himoyalash va “Ta`lim to`g`risida” gi Qonunda belgilangan yoshlarni o`qitish hamda tarbiyalash, iste’dodli yoshlarni qo`llab-quvvatlash kabi vazifalarni amalga oshirish maqsadida bolalar va o`smirlar, yoshlar tashkilotlari faoliyat olib boradi. Bu harakatning maqsadi O`zbekiston Respublikasi yoshlarini yoshlikka xos sof va jo`shqin intilishlar asosida tarbiyalashdan iborat. Yoshlarga to`g`ri yo`l ko`rsatishda, ularni asosiy maqsadlari sari intilishlarida yoshlar murabbiylari, yurt oqsoqollari, tarbiyachi-o’qituvchilarning o’rni. Mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar.

2-mavzu: O`zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy

harakati Dasturi
Milliy ma`naviyatimiz va dunyoviy taraqqiyot tamoyillariga uyg`un holda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining mazmuni va maqsadlarini o`rgatish.

Harakat faoliyatining asosiy maqsadi–yoshlarni birlashtirish, sog`lom turmush talablari asosida tarbiyalash, jamiyatda munosib o`rin egallashga ko`maklashish, ularning manfaatlarini himoya qilish, yosh yigit – qizlarning aql – zakovati, kuch – g`ayratini to`la namoyon etishi uchun shart – sharoitlar yaratish.

O`zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati dasturida ko’rsatilgan barcha yo’nalishlar asosida harakat faoliyatini o’rganish, kuzatish, tahlil qilish.

Mamlakatda faoliyat ko`rsatadigan barcha siyosiy partiyalar, ijtimoiy guruhlar, yoshlarga doir qonun loyihalari, barkamol avlodni tarbiyalash sohasidagi dasturiy vazifalarni o`rgatish va ularga munosabat bildirish.

Ma`naviy-ma`rifiy sohada ajdodlarimizning ibratli hayoti, yurtimiz ozodligi va mustaqilligi yo`lidagi jasoratlari, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida yoshlarning qalbi va ongiga yuksak insoniy g`oyalarni singdirish.

Ijtimoiy – siyosiy sohada yoshlarni zamonaviy kasb – hunarga o`rgatish, yosh oilalarning ijtimoiy jihatdan qo`llab – quvvatlashga ko`maklashish, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.

Yoshlar o`rtasida jismoniy barkamollikni targ`ib qilish, horijiy va xalqaro aloqalarni yo`lga qo`yish.
3-mavzu. O`zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Nizomi
Harakat faoliyatini belgilovchi va uni tartibga soluvchi asosiy hujjat bu harakatning Nizomidir.

Harakat nizomini qabul qilish, unga o’zgartirishlar kiritish va amal qilish tartibi.

Umumiy qoidalar, harakatning tuzilishi, harakatning maqsad va vazifalari.

Harakat a`zolari ularning huquq va burchlari. Harakatga a`zo bo`lish tartibi. Harakatning oliy va ijroiya organlari. Harakatga a`zolikni bekor qilish tartibi.


4-mavzu. Boshlang`ich tashkilot kengashi va uning faoliyati
Boshlang`ich tashkilot kengashi, uning maqsad va vazifalari. Kengashning boshlang`ich tashkilot faoliyatidagi o`rni.

Kengash tarkibini shakllantirish. Boshlang`ich tashkilotda ish taqsimoti. A`zolar manfaatlarini himoya qilishga doir muammolarni hal qilish. Harakat a`zolarini rag`batlantirish.

Kengash a`zolarining vazifalari. Jamoani samarali boshqarishda vazifalarni taqsimlash, nazorat qilish.

Boshlang`ich tashkilot kengashi yig`ilishini o`tkazish. Kengash yig`ilishini o`tkazish vaqti va kun tartibini belgilash. Yig`ilishni tashkil qilishda yetakchining rahbarligi.


5-mavzu. Boshlang`ich tashkilot yetakchisi va uning faoliyati
Yetakchi va yetakchilik faoliyatining mazmuni. Yetakchi bu jamoaning manfaatlarini birlashtira oladigan, boshqalarni ma`lum maqsadga yetaklay bilgan hamda buning natijasida jamoa ishonchiga muvaffaq bo`lgan shaxsdir.

Yetakchiga qo`yiladigan talablar. “Faollik” va “tashabbuskorlik” tushunchalariga ta`rif.

Yetakchida boshqaruv ko`nikmalarini shakllantirish. Jamoani boshqarishning turli usullari:


  • ma`muriy boshqarish usullari;

  • iqtisodiy boshqarish usullari;

  • ijtimoiy – psixologik boshqarish usullari

Jamoani boshqarishda maqsadni aniqlash va maqsadga ko`ra boshqarish usullarini to`g`ri tanlash.

Yetakchi va uning ish vaqti. Yetakchining ish vaqtini unumli tashkil etish. Vaqtni to`g`ri taqsimlash.


6-mavzu. “Kamalak” bolalar tashkiloti va uning yo`nalishlari
O`zbekiston Respublikasi “Kamolot” ijtimoiy harakatining tarkibida “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyat yuritadi. “Kamalak” bolalar tashkiloti yo`nalishlari:

“Oltin meros”: bolalarni ajdodlarimiz merosi, tarixiy va me`moriy obidalar bilan tanishtirish, urf – odatlar, qadriyatlar ruhida tarbiyalash.

“Ma`naviyat va ma`rifat”: bolalarga milliy g`urur, vatanga sadoqat, xalqqa muhabbat ruhini yuksaltirish hislarini tarkib toptiradi.

“Ekosan”: O`zbekiston tabiatini muhofaza qilishga o`rgatadi.

“Vatanparvar”: yoshlardagi Vatanni sevish, ardoqlash, o`z Vatani bilan g`ururlanish hislarini kuchaytiradi.

“Mehr – shafqat”: bolalarda mehr – shafqat, tengdoshlari uchun qayg`urish, insonparvarlik yordamini tashkil etish ishlarini amalga oshiradi.

“Umid”: iqtidorli va iste`dodli yoshlarni qo`llab – quvvatlash, bolalarni bilim olish va kitobga bo`lgan qiziqishlarini oshirish ishlariga jalb etadi.

“Sog`lom avlod”: bolalar o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, shaxsiy gigiyenaga e`tibor berish kabilar targ`ib qilinadi.

“Axborot – tahlil va matbuot”: bolalarni rasmiy ish yuritishga, ijodiy faoliyat bilan shug`ullanishning asoslarini o`rgatadi.

7-mavzu. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi faoliyatini o’rganish.
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining boshqaruv organlari: Qurultoy, Markaziy kengash, Markaziy nazorat-taftish komissiyasi. Markaziy kengash-harakatning boshqaruv organi. Markaziy kengash tarkibi va uning vakolatlari.
Yoshlar tashkilotlari va ular bilan ishlash metodikasi fani bo`yicha amaliy va mustaqil ishlarni tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar
Yoshlar tashkilotlari va ular bilan ishlash metodikasi fani bo`yicha amaliy va mustaqil ishlar har bir mavzu yakunida tavsiya etiladi. O`qituvchi o’quvchilar bilim saviyasi va o`qitish shart – sharoitlaridan kelib chiqib, bu ishlarni tashkil etadi. Amaliy va mustaqil ishlarini tashkil etishda o`quvchilarga oldindan mavzular tavsiya etiladi, reja berish maqsadga muvofiq. Har bir o`tkazilgan amaliy ish, albatta tekshirilishi va baholanishi lozim. Amaliy ishlarini tashkil etish o`quvchilarning mustaqil ishlarining davomi bo`lishi kerak.


Download 6,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish