18-mavzu. KUG larda o`qishga targ`ibot mashg`ulotlari
KUG larda sinfda va sinfdan tashqari o`qish mashgulotlarini tashkil etish haqida tushuncha berish. O`quvchilarda iymon va e`tiqod tuyg`ularini shakllantirish, vatanga muhabbat uyg`otish, o`zligini tanish orqali olamni tanishga yo`llash. O`quvchilarning nutq boyligini oshirish, adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish, mustaqil fikrlashga o`rgatish. O`qish malakalarini (to`g`ri, tez, ongli va ifodali) o`qishni takomillashtirish. Bolalarni o`qigan asarlarning adabiy-estetik tafakkurini chaqish, muayyan xulosalar chiqarishga tayyorlash, bolalarda yuksak axloqiy sifatlarni va nafosat tuyg`usini tarbiyalash, badiiy, ilmiy ommabop asarlardan, xalk og`zaki ijodi durdonalari, hadislardan foydalanish ko`nikmalarini shakllantirish. Mumtoz o`zbek adabiyoti durdonalarini o`rganish. Bolalar shoir va yozuvchilari bilan uchrashuvlar o`tkazish.
Amaliy ish. “Mеn sеvgan shoir, adib” uchrashuv ssеnariy- rеjasini tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |