O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi


-mashq. Gaplarni o‘qing. So‘z yasovchi hamda shakl yasovchi qo‘shimchalarni aniqlab, ularning agglutinativ xususiyatlarini izohlang



Download 0,71 Mb.
bet106/134
Sana16.12.2022
Hajmi0,71 Mb.
#888922
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   134
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi O

181-mashq. Gaplarni o‘qing. So‘z yasovchi hamda shakl yasovchi qo‘shimchalarni aniqlab, ularning agglutinativ xususiyatlarini izohlang.

Kitob bilan abadiy do‘st tutining. Orangizdan qil ham o‘tmasin.


Xorijiy tillarni qunt bilan o‘rganing.
Vatan tarixini biling. Uni har xil murtad talqinlardan, tuhmat va axlatlardan tinimsiz tozalang. Shavkatli tariximizni zamonaviy, mahobatli tarixiy ishlar bilan boyitishga harakat qiling.
Kamtarga kamol — manmanga zavol. Takabburlik qilmang. Xokisor bo‘lishga harakat qiling. Kibrlanmang. Maqtasa, Sizni boshqalar maqtasin. Siz esa olqishlarni eshitmang.
G‘azablanmang. G‘azab sizni to‘g‘ri izdan chiqarib yuboradi. Har qanday holatda ham sokin bo‘lishga intiling.
Dilozor bo‘lmang. Dilozordan Xudo bezor. Odamlar bilan shunday gaplashingki, ular yana Sizga intilsinlar. Siz bilan suhbatlashishni havas qilsinlar.
Ota-ona, qavm-qarindosh, yor-birodarlarning ahvolidan doim xabar olib turing. Ota-onaning duosini olib qolishga oshiqing. Savob ishlar orasida eng zaruri shu.
(G‘aybulla al-Salom)


182-mashq. Matnni o‘qing. Qo‘shimchalarni aniqlab, ularni turlarga ajrating.

Hoy Ubaydulloxon! Ubaydulloxon! Qani, seni yo‘qlovchi bir mehri­boning bormi? Hozir sening bog‘laringga bahor keldi. Maysalar unmoqda. Osmoningda turnalar! Nahot, ularning qur-quri senga eshitilmasa?! Xumori tutib yig‘lamaysanmi? Qirlaringdagi lolalar, gunafshalar, varrak uchirgan tomlaringdagi chuchmomalar nahot xumor qilib ko‘zlaringga ko‘rinmasa!


Uning xayolida jonlangan onasining nolalari qanchalik aqlli bo‘lmasin, ammo otasi Asadullo maxsumning yoshligidan qulog‘iga quygan hikmatlari xayolidan kecharkan, qamoq azob-uqubatlarini ham, sog‘inch xumorlarini ham birdan unutardi. Yangidan o‘zida kuch-g‘ayrat tuyardi, kelajagiga, o‘z maqsadlariga erishishga umid uyg‘onardi.
— Bir g‘ofil bandani g‘aflat uyqusidan uyg‘otib, yo‘lga solmoqning o‘zi qanchalik savob!
Bir yetimning boshini silasang, bir g‘aribning mushkulini oson qilsang, bir bechoraning ko‘ngliga malham bo‘lsang, buning savobiga ne yetsin! «Ammo, xalqning dardiga darmon bo‘lmoq niyatida jon fido qilsang, uning baxt-saodati uchun o‘z halovatingdan kechsang, hayotingni uning yo‘liga tiksang, buning savobiga teng savob bo‘larmikan dunyoda! Bunday banda­sidan Xudoyim o‘z marhamatini darig‘ tutmaydi», — derdi otasi.
Darhaqiqat, xalq uchun jonini qurbon qilishdan afzalroq, inson uchun ulug‘roq savob yo‘q! Xalqning baxt-saodati, ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lganlarga, o‘lim yo‘q!
(Shukrullo. «Tirik ruhlar»)



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish