O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi



Download 0,71 Mb.
bet104/134
Sana16.12.2022
Hajmi0,71 Mb.
#888922
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   134
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi O

178-mashq. Andijondagi «UZDAEWOO ning shuhrati» mavzusidagi matnni o‘qing, zamonaviy kasb-hunarlarga, ularning o‘ziga xos xususiyat­lariga munosabat bildiring. Qo‘shimchalarga diqqatni qarating, ularni turlari bo‘yicha tahlil qiling.

1996-yil 19-mayda Andijon viloyatining Asaka shahrida mamlakati­mizdagi birinchi avtomobil zavodi 2 turdagi «Tiko» va «Neksiya» tamg‘ali yengil avtomobillari hamda «Damas» tamg‘ali kichik avtobus ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston—Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi tantanali ravishda ochildi. Yiliga 200 ming avtomashina chiqara oladigan bu zavod 2,5 yilda qurib bitkazildi.


U murakkab avtomatlashtirilgan liniya bilan jihozlangan bo‘lib, raqo­bat­bardosh texnologiyaga egadir. Avtomobilga bo‘lgan ulkan talabni qondirish uchun UZDAEWOO birinchi bo‘lib maqsadni ichki bozorni to‘ldirishga qaratdi. Biroq chet el valutasiga ba’zi detallar, agregatlar va materiallar olinishi sababli qisman chet davlatlarga ham mahsulotlar realizatsiya qilinyapti. O‘zbekiston ichki avtomobil bozoridagi 60—65% yengil avtomobillarni UZDAEWOO ning avtomobillari tashkil etadi. lchki bozorda raqobat uncha katta emas, chunki boshqa yirik avtomobil zavodi yo‘q...
Ma’lumki, avtomobil raqobatdoshligi ularning sifati va narxlariga bog‘liq.
«Tiko», «Damas», «Neksiya», «Matiz» avtomobillarining sifat darajasi Rossiyadagi raqobatchi avtomobillar «Jiguli», «Moskvich», «Oka» avto­mobillariga nisbatan yuqori. O‘z avtomobillarining yuqori sifatiga qaramay kompaniya marketing va reklama faoliyatini olib bormoqda.
UZDAEWOO qisqa vaqt ichida firmalar va kichik korxonalar tar­mog‘ini yaratdi. Eng muhimi, 1999-yildan boshlab ehtiyot qismlari ishlab chiqariladigan zavod ishga tushirildi...
(«Turkiston» gazetasidan)


179-mashq. Uyga vazifa. Matnni o‘qib, «Ogohlikka da’vat» mav­zusida insho yozishga tayyorlaning.
Oq yo‘rgakka o‘ragansan o‘zing bizni,
Oq yuvib, oq taragansan o‘zing bizni.
Beshigimiz uzra bedor ona bo‘lib,
Kunimizga yaragansan o‘zing bizni.
M. Yusuf

Vatan! Bu so‘zni sevmaydigan, mehr bilan tilga olmaydigan hech bir inson topilmasa kerak! Vatan — har bir inson tug‘ilib o‘sgan, kindik qoni to‘kilgan tabarruk go‘sha! Ona zamin — ko‘zlarida hayrat aks etgan bola­kayning ilk muallimi. Vatan — kelinchakning orzulari qanotida parvoz etib kirgan eshigi.


Ona zamin! Bu so‘z qon-qonimizga, vujudimizga singib ketgan, bir umrga yuragimizda muhrlanib qolgan, eng muqaddas, eng unutilmas kalomdir! Vatan sevgisidan yurak yorug‘, imon va e’tiqod uyg‘oq bo‘ladi.

Bu tuproqning farzandlari bek bo‘ladi,


Topgan-tutgan davlatlari erk bo‘ladi.
Ildizlari Hazrati o‘zbek bo‘ladi,
Beshigida avliyolar o‘sgan elim!
M. Yusuf
Savollar

1. Ko‘makchi morfemalar deb nimaga aytiladi?


2. Sintaktik munosabat bildirmaydigan morfemalar qaysilar?
3. Sintaktik munosabat bildiradigan morfemalarga qaysi morfemalar kiradi?



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish