O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi


-mashq. O‘qing. Gapni bo‘laklarga ajrating



Download 231,24 Kb.
bet33/128
Sana05.07.2022
Hajmi231,24 Kb.
#740662
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   128
Bog'liq
Hozirgi ozbek 3

56-mashq. O‘qing. Gapni bo‘laklarga ajrating.

O‘ТOV

Тurkiy xalqlarning dastlabki xo‘jalik turlaridan biri bo‘lgan chorvachilik turli sabablarga ko‘ra makon o‘zgartirish hamda urush­lar tarixi bilan bevosita aloqador. Ana shunday tarixiy vaziyatda mazkur xalqlar xohlagan vaqtida tikib yashab, xohlagan paytda yig‘ib, ko‘chiga ortib ketishiga qulay bo‘lgan ko‘chma uylardan (o‘tovlardan) foydalanganlar.
«O‘tov» so‘zi o‘zbek tilida «kigiz uy» ma’nosini bildirsa, qirg‘iz, qozoq, turkman tillarida katta uyga nisbatan kichik uyni ifodalaydi. O‘tovlar yengil, tabiiy materiallardan quriladi. O‘tovlarning yog‘och qismi erkak ustalar tomonidan, kigiz qismi esa ayollarning qo‘l mehnati natijasida amaliy san’at asari darajasiga ko‘tarilgan.
(A.Hametova)


57-mashq. Rasm asosida «Samarqand sayqali ro‘yi zamin ast» mavzu­sida matn tuzing. Matn ichida ishlatilgan gaplarni gap bo‘laklari bo‘yicha tahlil qiling.


58-mashq. Berilgan gaplarga mos kesim qo‘yib gaplarni ko‘chiring.

1. Beshik tebratgan qo‘llar dunyoga... 2. Dunyoda kechayotgan tabiat tanazzulini o‘ylasam, dilim tubidan bir nido... 3. Тarix haqiqati oyga... 4. Hikmat toshi vositasida kumush oltinga... 5. Qurumsoq tabassumini ham o‘zgalardan... 6. Qafasda dunyoga kelgan qum ham erkin tush... 7. Begona yurt osmonidagi quyosh ham musofirga g‘arib... 8. Eng xosiyatli buloq — ilm chashmasi: undan suv ichgan sayin tashnalik... 9. Hikmatni o‘tda yoqsangiz, u qaqnus yanglig‘ kuldan yana... 10. U tavbaning kuchiga ishongani uchun ham dahriylik ko‘chasiga...


(M.Xidir)


59-mashq. Ko‘chiring. Gaplarning kesimi, shuningdek, kesimlikni hosil qiluvchi shakllarni toping.

1. Vadud Mahmud do‘stlari bilan birga Behbudiyning so‘nggi izlarini boshqa shaharlardan ham qidirgandi. 2. U Cho‘lpon ta’si­rida ozmi-ko‘pmi barmoqda (barmoq vaznida) qalam tebratgan. 3. Iste’dodli shoir Botu suronli davr zayli bilan 34 yil umr ko‘rdi. 4. Botu haqida o‘ylaganimda, uni yaqindan bilgan kishilardan biri Laziz Azizzodaning satrlari yodimga tushadi. 5. Abdulla Alaviyning bizgacha yetib kelgan bor-yo‘g‘i yetti-sakkiztagina she’rini o‘qiy­digan bo‘lsak, ularda Cho‘lpon singari, bir xillikdan qochib, she’riyatning yangi-yangi ufqlariga intilgan shoirni ko‘ramiz. 6. 1931-yilning 8-yanvarida xalqimizning yana bir ardoqli farzandi A.Alaviy avji qirchillama yoshida olamdan o‘tdi. 7. Mana shunday sharoitda har jihatdan bilimdon va til biladigan kishini ko‘rsangiz, og‘zingiz ochilib qolishi turgan gap edi. 8. Usmonxon Eshonxo‘­jayev 1937-yili «Xalq dushmani» sifatida hibsga olinib, otib tashlangan edi.


(N. Karimov)



Download 231,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish