O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi


Juda muhim. Bunday ot kesimni shakllantiruvchi vositalar bog



Download 231,24 Kb.
bet35/128
Sana05.07.2022
Hajmi231,24 Kb.
#740662
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   128
Bog'liq
Hozirgi ozbek 3

Juda muhim. Bunday ot kesimni shakllantiruvchi vositalar boglama deyiladi.

Bog‘lama ba’zan qo‘llanilmasligi mumkin. Bunday vaqtda kesim ohang yordamida shakllanadi. Masalan: U o‘quvchi.




Sodda va qo‘shma kesimlar

Kesimlar tuzilishiga ko‘ra sodda va qo‘shma kesimlarga bo‘­linadi.




Esda saqlang. Faqat bir so‘z bilan ifodalangan kesimga sodda kesim, ikki va undan ortiq so‘z bilan ifodalangan kesimga esa qo‘shma kesim deyiladi. Masalan, qirlarda lolalar ochildi gapida ochildi sodda kesim, «Lolazor» romanini o‘qib chiqdim gapida o‘qib chiqdim bo‘lagi qo‘shma kesim sanaladi.
Sodda va qo‘shma kesimlar ifodalanishiga ko‘ra sodda fe’l kesim va sodda ot kesim hamda qo‘shma fe’l kesim va qo‘shma ot kesim­larga bo‘linadi. Masalan, 1. Dugonam tashqariga ko‘z qirini tash­ladi. 2. Dadam kasalxonaning bosh shifokori hisoblanadi. Birinchi gapda ko‘z qirini tashladi bo‘lagi nima qildi? so‘rog‘iga javob bo‘lib, qo‘shma fe’l kesim, ikkinchi gapda esa kasalxonaning bosh shifokori hisoblanadi bo‘lagi kim hisoblanadi? so‘rog‘iga javob bo‘lib qo‘shma ot kesim vazifasini bajaradi.
O‘ylang: Otni kesim qilib shakllantiruvchi vositalar qaysilar?
Тayanch tushunchalar: fe’l kesim, ot kesim, bog‘lama, kesimlik ma’no­lari, kesimlik shakllari.
Berilgan maqolni izohlang, kesimlarni topib, qanday so‘z turkumi bilan ifodalanganini ayting.

Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo‘l.
Bilim — aql chirog‘i.

60-mashq. She’rni ifodali o‘qing. Kesimlarini topib, daftaringizga ko‘chirib yozing, qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganligiga izoh bering.

SO‘Z QADRI

Bo‘lsa takror qadri ketgay ne ulug‘ so‘zlarni ham,
So‘z bilish kam, bil yana o‘rnin topib so‘zlashni ham.

Nogahoniy bitta so‘zdan darz ketur dil qasriga,


So‘z — ulug‘ qudrat, eritgay toshni ham, muzlarni ham.

Oftob-u oyni alqab necha yozsang, balki oz,


Qadri bo‘lgay qop-qaro tun ichra yulduzlarni ham.

Senga bir so‘z aytadurman dilginamda asragan,


Jam etibman bag‘riga ming kecha-kunduzlarni ham.

So‘z aro inson kamoli, yor jamoli jilvagar,


Sarbaland etgay g‘azalda ne qaro ko‘zlarni ham.

«Xamsa» vodiysi aro so‘z mulkini kezdim necha,


Тingladim yayrab go‘zal gulchehra gulyuzlarni ham.

So‘zda hikmat, so‘zda ibrat, so‘zda millat barqaror,


Yaxshi so‘z birlan topursan eng aziz do‘stlarni ham.


(J. Jabborov)



Download 231,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish