170-mashq. Matnni his-hayajon gaplarga aylantirib ko‘chiring. Donishmand nima uchun pok qalb dunyodagi eng yaxshi narsa deganini tushuntirib bering.
Bir donishmand shogirdlaridan:
— Dunyoda inson uchun eng yaxshi narsa nima? — deb so‘radi.
Shogirdlaridan biri — komil ayol, dedi. Ikkinchisi, yaxshi o‘rtoq, dedi. Yana bir shogirdi, chora-tadbir, deb javob ayladi. Donishmand ularning fikrlarini qabul qilmadi. Nihoyat, bir shogird:
— Inson uchun yaxshi narsa — pok qalb, — dedi.
Donishmand bu so‘zni ma’qullab, xulosa qildi:
— Barakalla, to‘g‘ri aytding, bu bo‘lsa, avvalgilarning hammasi ham bo‘ladi, pok qalb inson uchun eng yaxshi narsa!
30-dars. SODDA GAPLARNING ТUZILISHIGA
KO‘RA ТURLARI. GAP BO‘LAKLARINING
ТARТIBI
Darsning maqsadi: Тo‘liq hamda to‘liqsiz gaplar, so‘z gaplar, shuningdek, gap bo‘laklarining tartibi haqida umumiy ma’lumot berish.
R E J A:
1. Yig‘iq va yoyiq gaplar.
2. Тo‘liq va to‘liqsiz gaplar.
3. So‘z-gaplar.
4. Gap bo‘laklarining tartibi.
1-topshiriq. Keldim bilan Men kecha Тoshkentga keldim gaplarini bir-biriga solishtirib, bir-biridan farqini ayting.
Fikrimizni birgina kesim orqali ham bayon qila olamiz. Shuning uchun ham gapning eng kichik ko‘rinishi faqat kesimdan iborat bo‘lgan gaplardir.
Kesimning ma’nosini kengaytirish ehtiyoji tug‘ilganda, boshqa bo‘laklardan foydalaniladi.
Kesim va kesimdan boshqa bo‘laklarning ishtirokiga ko‘ra gaplar ikki turga bo‘linadi:
1) Yig‘iq gaplar; 2) Yoyiq gaplar.
Eslab qoling. Faqat kesimdangina tashkil topgan gaplar yig‘iq gaplar deyiladi.
Masalan, keldi, kuz kabi.
Kesimdan tashqari boshqa bo‘laklar ham ishtirok etgan gaplarga yoyiq gap deyiladi.
Masalan, Keldi bahor, gul bahor. (Z. Diyor)
Dialogik nutqda fikr ifodalash uchun kerak bo‘lgan barcha bo‘laklar ishtirok eta bermaydi. So‘zlashish jarayoni doimo ixchamlikka, ortiqcha so‘zlardan qutulishga amal qiladi. Shuning uchun so‘zlashish jarayonida oldingi gapdan yoki so‘zlashish vaziyatidan bilinib turgan so‘zlar ko‘pincha ishlatilmaydi, lekin uning mazmuni oldingi gapdan va nutq vaziyatidan bilinib turadi. Masalan,
— Isming nima?
— Yodgor.
Keyingi gapda mening ismim so‘zlarining qo‘llanilishi ortiqcha. Chunki uning mazmuni yuqoridagi gapdan bilinib turadi.
Nutq jarayonida fikr ifodalash uchun kerak bo‘lgan so‘zlarning qo‘llanilish yoki qo‘llanilmasligiga ko‘ra gaplar ikkiga bo‘linadi:
1) to‘liq gaplar; 2) to‘liqsiz gaplar.
Eslab qoling. Fikr ifodalash uchun kerak bo‘lgan barcha bo‘laklar ishtirok etgan gaplar to‘liq gaplar deyiladi.
Masalan: Yurtimiz kundan kun go‘zallashib bormoqda.
Fikr ifodalash uchun kerak bo‘lgan so‘zlarning ba’zilari matn yoki nutq vaziyati taqozosi bilan ishlatilmagan gaplar to‘liqsiz gap deyiladi.
Masalan,
— Gulni kimga terding?
— O‘qituvchimga.
Do'stlaringiz bilan baham: |