O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi


Darak gaplar va ularning uslubiy xususiyatlari



Download 231,24 Kb.
bet82/128
Sana05.07.2022
Hajmi231,24 Kb.
#740662
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   128
Bog'liq
Hozirgi ozbek 3

Darak gaplar va ularning uslubiy xususiyatlari


1-topshiriq. Kesimi aniqlik maylidagi fe’ldan ifodalangan gap topib yozing. Gapning qanday axborot ifodalayotganini ayting.
2-topshiriq. Ot kesimli gap topib yozing. Gapning qanday axborot ifodalayotganini ayting.

Sizga ma’lum bo‘lgan biror axborotni boshqalarga yetkazmoq­chi bo‘lsangiz, darhol shu maqsadingizga muvofiq keladigan gap shaklini (qolipini) tanlaysiz. Bunday gaplarning xarakterli xususiyati shundaki, kesimi tasdiq yoki inkor shaklida turgan aniqlik maylidagi fe’llar bilan, ba’zan tasdiq yoki inkor shaklidagi otlar bilan ifodalanadi; yuz bergan yoki yuz berishi mumkin bo‘lgan voqea-hodisani tasdiq yoki inkor qilish yo‘li bilan ifodalaydi; darak ohangi bilan talaffuz qilinadi; darak ohangi gap oxiriga qarab pasayib boradi; gap bo‘laklari to‘g‘ri tartibda joylashgan bo‘ladi.




Eslab qoling. Kesimi aniqlik maylidagi fe’llardan, tasdiq yoki inkor ma’nosini bildiruvchi otlardan ifoda­la­nib, biror voqea-hodisa haqida xabar bildiruvchi gap­lar­ga darak gaplar deyiladi.

Masalan, Ana bu — bizning bog‘imiz.


Yozuvda darak gaplar oxiriga nuqta qo‘yiladi. Ba’zan darak gaplardagi gap bo‘laklarining me’yordagi tartibi o‘zgarishi mumkin. Masalan:
a) Urug‘chilik instituti shahar markazidan xiyla chetda joy­lashgan.
b) Shahar markazidan urug‘chilik instituti xiyla chetda joylash­gan.
d) Xiyla chetda joylashgan urug‘chilik instituti shahar markazidan uzoqda edi.


Juda muhim. Darak gaplardagi bunday uch xil gap bo‘laklarining tartibi gapning umumiy mazmunini bir xil ifodalasa ham, lekin uslubiy xoslanishlik va gap bo‘laklaridan birining ahamiyatlilik darajasini ifodalashga ko‘ra o‘zaro farqlanadi: a) va b) harflari bilan berilgan gaplar kitobiy uslub­ga, d) harfi bilan berilgan gap esa so‘zlashuv uslubiga xoslan­gan; e) harfi ostida berilgan gapda institutning qayerda joylash­ganligiga alohida ahamiyat beriladi.

Darak gaplar ma’lum axborotni tasdiq va inkor yo‘li bilan ifodalaydi. Kesimi bo‘lishsiz fe’llar­dan, yo‘q, emas so‘zlarini olgan sifatdosh va otlardan ifodalangan gaplar darak-inkor gaplar sanaladi.




Juda muhim. Ba’zan gapning inkor shakli orqali tasdiq ma’nosi ifodalanadi. Bunday vaqtda ikkita inkor shakl qo‘lla­nilib, gapga tasdiq ma’nosini beradi. Masalan, o‘qimay qo‘y­mayman. Inkor shakl orqali ifodalangan tasdiq ma’nosi tasdiq shakl orqali ifodalangan tasdiq ma’nosidan kuchliroq bo‘ladi.



Download 231,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish