O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi


Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’nodoshlarini toping, ularni matnda ishlatish bilan qanday uslubiy o‘ziga xosliklar kelib chi­qayot­ganini belgilang



Download 231,24 Kb.
bet6/128
Sana05.07.2022
Hajmi231,24 Kb.
#740662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
Bog'liq
Hozirgi ozbek 3

12-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’nodoshlarini toping, ularni matnda ishlatish bilan qanday uslubiy o‘ziga xosliklar kelib chi­qayot­ganini belgilang.

SENGA ТA’ZIM, OZODLIK!


Men Mustaqillik bayrami kunini bahorni kutgan kabi orziqib kutaman. Najot yomg‘irlarini kutib, 130 yil qaragan ona-Vatan tuproqlari kabi mushtoq bo‘lib kutaman. Ozodlik kuni millatning bahori tashrif etgan kundir.


Bu kun yuragimizning tavallud lahzalari kabi mo‘jizaviydir.
Bu kun Qodiriy boboning ichikkan ohi bizni uyg‘otgan kundir.
Ozodlik millat ongidagi, qalbidagi tiriklik. Bu hurriyat yerni yengib bosh ko‘targan maysalar hurligiga, bashariyatning ne-ne ofatlar ustidan g‘olib chiqqandagi mukarram hurriyatiga o‘xshaydi.
Bugungi hurlik, bugungi ko‘ngil bayramimiz — Mustaqillik ana shunday zahmatlar ortidan keldi bizga.
Hur Vatanning bag‘rida qad ko‘targan yorug‘ kelajakning baland poydevori bo‘lmish go‘zal binolarga ko‘z tashlayman: Omon bo‘l, Ozodlik!
Amir Тemur boboning muazzam haykali yonidan o‘taman: Boshimda tojimsan, Ozodlik!
Bu faxrlar, bu iftixorlar qanday to‘ldi ko‘ksimga: Borlig‘imsan, Ozodlik!
(Guljamol Asqarova)


2-dars. MORFOLOGIYA YUZASIDAN
O‘ТILGANLARNI ТAKRORLASH


13-mashq. Ot so‘z turkumiga oid so‘zlarni daftaringizga yozib oling va ularni izohlang.


KO‘p til soHibi

Ruminiyalik Ruksanda Marinesku degan bir qiz besh yashar­ligidayoq fransuz tilini o‘rgandi. Boshlang‘ich maktabga kirgach, rus tilida gapiradigan bo‘lib oldi. Oradan uch-to‘rt yil o‘tgandan keyin har yili mustaqil ravishda bittadan til o‘rganishga kirishdi. Shu tariqa u 7 yilda ingliz, nemis, italyan, ispan, norveg, shved til­larining sohibasi bo‘lishga ulgurdi.


Ruksanda 1961-yilda Buxarest universitetining filologiya fakultetiga kirib, yana bir tilni o‘rgandi va undan tashqari, o‘qish mobaynida o‘zi mustaqil ravishda yapon tilini ham egallab oldi.


14-mashq. Otlarni aniqlang, so‘ngra ularning qanday qo‘shimchalar bilan kelayotganiga diqqat qiling. Qo‘shimchalarning o‘rnini almashtirib bo‘ladimi? Shular haqida o‘ylab ko‘ring.


Nastarin xosiyati

Chamanga chiroy bag‘ishlagan manzarali daraxtlardan biri — nastarindir.


Nastarin kichik daraxt yoxud buta bo‘lib, moylilar oilasiga man­sub. Ildizi kuchli taraqqiy etgan. Nastarin balandligi 2 metrdan to 7 metrgacha boradi. Barglari tuxumsimon, uzunligi 5—10 santi­metr, eni esa 3—6 santimetr bo‘lib silliqlashgan, yorqin yashil tusda. Gullari xushbo‘y, to‘rtta tishsimon yashil kosachasi oq pushti rangda bo‘ladi. May oyida gullaydi, mevasi iyulda pishib yetiladi. Nastarin bog‘larda manzarali daraxt sifatida o‘stiriladi. Shu bilan birga, uning shifobaxsh xosiyati ham bor. Uning bargi va gullari xalq tabobatida qadrlanadi.
Nastarin yengil yo‘talda, peshob haydashda, ich ketganda, bronxit, pnevmoniya, yuqori nafas yo‘llari shamollaganda, o‘pka sili xastaligida, belangida, peshob pufagi shamollaganda yaxshi naf beradi. Xalq orasida shunday rivoyat yuradi: «Kimki nastarinning beshtalik palla gullari shoxchalarini topgan bo‘lsa, uni baxtli hodisa kutadi».
Nastarin gullashi bilan qizlar undan «baxt» qidirishadi: niyati amalga osharmish.
Ilohim, hamma ko‘zlagan murodiga, niyatiga yetsin. Nastarinni esa, albatta, shifokor maslahatiga ko‘ra qo‘llash kerak.
(M. Mirzasharipov)



Download 231,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish