4-mashq. Тez aytishlarni mashq qilib ko‘ring. Undosh tovushlarni belgilab, ularga tavsif bering.
Тez aytish
Тez aytish og‘zaki nutq mashqi bo‘lib, kichik yoshdagi bolalarda ma’lum tovushlarni to‘g‘ri va ohangdor talaffuz qilish ko‘nikmalarini orttiradi. Bu janrga mansub asarlar bolalarni biyron so‘zlashga o‘rgatish bilan birga, ularga estetik zavq beradi, xotiralarini mustahkamlaydi.
Jamila jiydani joyiga joyladi.
Shu mushuk, shum mushuk, shumshuk mushuk.
Jo‘ja cho‘chib go‘ja cho‘qir.
Moshdan tosh, toshdan mosh bo‘lmas.
Chumchuq chug‘urchiqni cho‘qimasa,
Chug‘urchiq chumchuqni cho‘qimaydi.
Sovuqda tustovuq sovuq qotdi.
Boqi bog‘ga, Soqi tog‘ga bordi.
Saodat soatini soatsozga sozlatdi.
Qo‘sh qo‘lqop, qo‘shovi ham bo‘sh qo‘lqop.
Shokir sholipoyada shovqin solib, shaqildoqni shaqillatdi.
5-mashq. So‘zlardagi tovush o‘zgarishlariga e’tibor bering, shunday o‘zgarishni ta’minlayotgan tovushlarni belgilab, ularni tahlil qiling.
Buzilgan satrlar
Qimmat kamarini bog‘ladi.
Maza mudiri.
Otarchi-ashulchi.
Pulliklinika.
Davomli tarsakilar.
Magazin sog‘uvchisi.
G‘ovg‘alar magazini.
Sersuv sigir.
6-mashq. Fonetikaga oid qiziqarli grammatik o‘yin. Maqolni toping, tovushlarni izohlang.
1. Tug‘ilgan yer, yurt – 1, 2, 3, 4, 5.
2. Uyga, xonaga kirish joyi – 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12.
3. Kelishik qo‘shimchasi – 13, 14, 15.
4. Gavdaning yuqori qismi – 16, 17, 18.
5. Fe’l yasovchi qo‘shimcha – 19, 20.
6. Alifbodagi harf – 21.
7. Fe’l zamonini yasovchi qo‘shimcha – 22, 23.
7-mashq. Matnni o‘qing. So‘z ma’nosining ko‘chish yo‘llarini topib, izohlang.
EtikdO‘z topilmasi
...Ishni boshlash uchun toshni ko‘mir va alif moyi bilan qizdirdi, lekin bunday qilingani bilan «negadir» oltin ajralib chiqavermadi. Birdan tajriba ro‘y-rost ishonarli natijalarga olib keldi: qizdirib sovitilgan mahsulot to‘q qizil rangga kirdi.
Odamlar bilan tez chiqishib ketadigan Kassiarolo o‘zining alximik hamkasblaridan bu ajoyib tosh sirini ham yashirib o‘tirmadi. Bu shov-shuvli xabar oltin izlovchi yor-u birodarlarini qidiruv talvasasiga solib qo‘ydi: «Quyosh tosh», «Bolonya toshi», «Bolonya chaqnoqtoshi» kabi turli nomlarni olgan mineral har xil reaksiya va tajribalarning manbayi bo‘lib qoldi. Vaqtlar o‘tdi, ammo oltin mineraldan ajralishni istamasdi, shundan so‘ng unga bo‘lgan qiziqish ham sekin-asta so‘ndi.
Faqat oradan bir yarim asr o‘tgach, 1774-yili mashhur shved kimyogarlari Karl Sheele va Yuxan Ganlar «Bolonya toshi»ni har tomonlama tekshirishdan o‘tkazdilar. Bu tuproq avvaliga barot, keyinchalik esa barit (grek tilida «baros» — og‘ir, demakdir) nomini oldi. Uni tashkil qilgan metall esa bariy nomi bilan atala boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |