O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

P—Ò
ishchi kuchi (mehnat omili)
...
U
...
T
1

P
1
ishlab chiqarish vositalari
(real kapital)


100
o‘z doiraviy harakati jarayonida uch shakl: pul, unumli kapital,
tovar shaklini oladi deb adabiyotlarda ko‘rsatiladi.
Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar
firmasining kapitali doimo ma’lum nisbatda, har uch shaklda va
uch bosqichni bosib o‘tgan holda harakat qiladi. Ishlab chiqarish
kapitalning harakati bir doiraviy aylanish bilan to‘xtab qolmaydi va
u doimiy ravishda takrorlanib turadi. Òakrorlanish faqat firmaning
bankrot bo‘lishi tufayligina to‘xtashi mumkin. Kapital aylanishining
to‘xtovsiz davom etishi kapitalning aylanishi deb ataladi.
Kapital harakati ma’lum bir vaqtda yuz beradi va bu ishlab
chiqarish va muomala vaqti deb yuritiladi. Ishlab chiqarish vaqti
turli tarmoqlarda turlicha bo‘lishi mumkin. Ular shu tarmoqlarning
obyektiv o‘ziga xos xususiyatlari tufayli bo‘ladi. Ayrim tarmoqlarda,
ayniqsa, qishloq xo‘jaligi va uning mahsulotlarini qayta ishlash
sanoatlarida tabiiy uzilishlar sodir bo‘lishi bilan ham bog‘liq bo‘ladi.
Muomala vaqti esa, asosan, tovarlarni bozorga yetkazish uchun
transportda tashish vaqti, tovarlarni qadoqlash va omborxonalarda
saqlash hamda bozorda sotilguncha ketgan vaqtlardan iborat
bo‘ladi. Buni quyidagi chizmada ko‘rish mumkin:
Asosiy va aylanma kapital
Iqtisodiyot nazariyasi fani asoschilari A. Smit va J. S. Mill
hamda boshqa iqtisodchilar kapitalning ishlab chiqarish jarayonida
qatnashuviga qarab, moddiylashgan shaklining ikki ko‘rinishda
bo‘lishini ko‘rsatishgan, ya’ni asosiy va aylanma kapital.
Asosiy kapitalga korxona binolari, boshqa inshootlar, stanok,
asbob-uskunalar sifatida moddiylashgan qismini kiritishgan. Asosiy
kapital ishlab chiqarish jarayonining bir necha siklida qatnashadi
va bir necha yillar davomida xizmat qiladigan qismini tashkil qiladi
deb ko‘rsatishgan.
Ishlab chiqarilgan joydan
realizatsiya qilinadigan
joyga olib borish vaqti
Muomala
vaqti
Oldi-sotdi vaqti
Tovarlarni sotguncha
zaxirada turgan vaqti





101
Kapitalning ikkinchi qismi — aylanma kapitalga xomashyo,
boshqa yordamchi materiallar, yoqilg‘i va boshqa energiya resurslari
hamda ishchi kuchlariga sarflanadigan ish haqi kiritiladi. Bular,
odatda, bir ishlab chiqarish siklida qatnashib, to‘la sarflanadi va
o‘z xossalarini o‘zgartirib, qiymatlarini yangi tovarga o‘tkazadilar.
Kapitalning bunday ikkiga bo‘linishining asosiy sababi — uning
moddiy asoslari bo‘lgan mehnat qurol-vositalari bilan mehnat
ashyolari o‘rtasidagi farqdan kelib chiqadi. Chunki ishlab chiqarish
jarayonida ishlab chiqarish qurol-vositalarining, ya’ni asosiy
kapitalning faqat bir qismi ishtirok etadi va o‘z xossasini o‘zgartirmay,
yangidan yaratilgan tovarlarga o‘z qiymatidan biroz qismini asta-
sekinlik bilan ma’lum uzoq muddat davomida o‘tkazib boradi.
Xomashyo, yoqilg‘i, yordamchi materiallar, ishchi kuchlari, ya’ni
aylanma kapital esa ishlab chiqarish jarayonining bir sikli davomida
qatnashib, o‘z xossalarini o‘zgartirib, qiymatlarini to‘laligicha yangi
yaratilgan tovarlarga o‘tkazib yuboradi. Òadbirkor tomonidan
aylanma kapitalga sarflangan pul, ana shu yangi yaratilgan
mahsulotni sotib bo‘lingachgina, uning qo‘liga to‘la qaytib keladi.
Asosiy kapitalga sarflangan xarajat esa uzoq vaqt davomida qaytadi.
Asosiy kapital, o‘z navbatida, ikkiga bo‘linadi. Uning bir qismi
aktiv kapital bo‘lib, unga ishlab chiqarish jarayonida faol qatna-
shadigan mehnat vositalari; mashina, stanok, asbob-uskuna kabilar
kiradi. Ikkinchi qismi passiv kapital bo‘lib, unga bino, yordamchi
inshootlar, yo‘llar, ko‘prik va shunga o‘xshash ishlab chiqarish
jarayonida passiv tarzda qatnashadigan infratuzilmalar kiradi. Ular
iqtisodiy faoliyat uchun qo‘shimcha shart-sharoit yaratib beruvchi
infratuzilma hisoblanadi.
Aylanma kapital bir yil davomida bir necha marta aylanishi va
u tarmoqlar xususiyatlariga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Asosiy kapital esa aksincha, tarmoqlar xususiyatlariga bog‘liq
bo‘lib, bir necha yil davomida bir marta aylanishi mumkin. Asosiy
kapital ishlab chiqarish jarayonida eskirib, o‘zining texnik tafsi-
lotlarini asta-sekinlik bilan yo‘qotadi. Mashina, asbob-uskuna va
boshqa mexanizmlar yeyilib, eskirishiga amortizatsiya deyiladi.
Asosiy kapitalning yangidan yaratilayotgan mahsulotga ko‘chib
o‘tgan qiymatini kelajakda tiklash, uni yangilash maqsadida
amortizatsiya fondi tashkil etiladi. Amortizatsiya fondi mablag‘lari-
ning ma’lum bir qismi eskirgan vositalarni qisman tiklash, ya’ni


102
ularni ta’mirlash uchun ishlatiladi. Bunda uning yo‘qotgan qiyma-
tini tiklash amalga oshadi. Asosiy kapitalni ishlatish muddati tuga-
gach, hisobdan chiqariladi. Korxona amortizatsiya fondi yangi
vositalarni sotib olish uchun ham ishlatiladi. Asosiy kapitalning
eskirishi ikki xil, ya’ni jismoniy eskirish va ma’naviy eskirish bo‘ladi.
Asosiy kapitalning ma’lum vaqt davomida ishlatilishi natijasida
yemirilib, yaroqsiz holga kelishiga jismoniy eskirish deb aytiladi. Asosiy
kapitalning ma’lum vaqt o‘tishi yoki yangi, sifati jihatidan takomil-
lashgan, ilgarigiga nisbatan samarali mehnat vositalari yaratilishi
bilan bog‘liq eskirish holatini ma’naviy eskirish deyiladi. Har ikki
holatda ham asosiy kapital o‘z iqtisodiy qiymatini yo‘qotib boradi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish