O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

Franchayzing (franchise — imtiyozli) firmalar. Bular ham kichik
xususiy firmalar hisoblanib, ular, odatda, yirik firmalar tarkibida
ish yuritadilar. Bu kichik firmalar yirik kompaniyalarga xizmat
qiluvchi yoki chakana savdo bilan shug‘ullanuvchilar sifatida tashkil
qilinadi.
Venchur (venture — xatarli) firmalar. Bu firmalar, odatda, katta
konsernlar, kompaniyalar qoshida tashkil etilib, ilmiy izlanishlar
olib boradilar va ularni ishlab chiqarishga joriy qilish bilan shug‘ul-
lanadilar. Shuning uchun ular xatarli deb yuritiladi, chunki ular
yaratgan yangiliklari, ixtirolari bozor talabiga javob bermay qolishi,
natijada ular foyda olmay qolishlari mumkin.
Mas’uliyati cheklangan firma. Bu firma sherikchilik asosida tashkil
topadi. Mas’uliyati cheklanishi nizom kapitali doirasida bo‘lib,
agarda sinsa, undan faqat nizom kapitaliga teng bo‘lgan miqdor-
dagina pulni undirish mumkin. Òo‘lov majburiyatidan ortiqcha
bo‘lgan qarzni ular to‘lamaydilar. Bunday firmalar nomiga, odatda,
inglizcha «limited», ya’ni «cheklangan» so‘zi qo‘shiladi.
Hozirgi vaqtda jahonda firmalarning keng tarqalgan shakli — bu
aksiyadorlik jamiyatlari hisoblanadi. Bu aksiyadorlik (hissadorlik)
jamiyatlari bir uyushma bo‘lib, uning a’zolari tadbirkorlik faoliyati
bilan shug‘ullanish uchun jamiyatga birlashadilar. Jamiyat ustav
kapitaliga qarab, qimmatli qog‘oz — aksiya chiqarib sotadilar va
shu aksiyadan sotib olganlar jamiyatning hissadorlariga aylanadi,
so‘ngra jamiyat ko‘rgan foydadan o‘z hissasiga muvofiq ravishda
dividend oladilar. Aksiyadorlik jamiyatlari yopiq yoki ochiq turda
bo‘ladi. Yopiq turdagi jamiyat aksiyalari, odatda, faqat ma’lum
guruh kishilariga, ko‘pincha, korxona ishchi-xizmatchilari o‘rtasida


91
tarqatiladi. Ochiq turdagi jamiyatda esa uning aksiyalari ochiq
bozorda barcha xohlovchilarga sotilishi mumkin.
Davlat korxonalari — davlat mulki va to‘la uning nazorati
ostida ishlovchi korxonadir. Bozor iqtisodiyotida davlat ham
iqtisodiy munosabatlarda xuddi bir tadbirkor sifatida qatnashadi.
Bu korxonalar markaziy va mahalliy hokimiyatga qarashli bo‘lib,
ular birgalikda davlat sektorini tashkil etadilar. Iqtisodiy muno-
sabatlarda ular ham bozor qoidalariga to‘la rioya qilishadi. Ular
ishlab chiqarishning eng muhim va mas’uliyatli tarmoqlarida, ya’ni
mudofaa, aloqa, transport va boshqalarda tashkil etiladi.
Aralash firmalar — ular turli mulk shakliga asoslangan milliy
korxona sifatida yoki milliy va xorijiy kapital asosida tashkil etilgan
qo‘shma korxona sifatida bo‘lishi mumkin. Ular, odatda, hissador-
lik jamiyatlari shaklida tashkil topadi. Bu korxonalar tomonidan
olingan foydasi ham shunga qarab taqsimlanadi. Hozirgi kunda
O‘zbekistonda chet el kapitali ishtirokida tuzilgan qo‘shma
korxonalar jami korxonalarning 1,8 % ini tashkil etadi. Firmalar
o‘z filiallarini ham ochishlari mumkin va shu yirik firmalarning
tarkibiy qismi sifatida ish yuritadilar. Lekin ular mustaqil emas,
bosh firmaning bir qismi hisoblanishadi. Ish ko‘lami hududiy
jihatdan kengaygan sharoitda firma bo‘limlari tashkil etiladi.
Xalqaro korporatsiyalar turli mamlakatlarda o‘z bo‘limlarini
ochadilar, shuning uchun ham ular xalqaro deb ataladi.
Jahon tajribasida korxonalarni ishlab chiqargan mahsuloti hajmi
va ish ko‘lamiga qarab: kichik korxona (biznes), o‘rta korxona
(biznes) va yirik korporatsiya (biznes)ga ajratiladi. Ko‘pincha, asosiy
mezon qilib, firmada ishlovchilar soni yoki firmaning ishlab chiqa-
rish va savdo-sotiq hajmi qabul qilingan. Shundan kelib chiqib,
O‘zbekistonda qabul qilingan qonunchilikka ko‘ra, ishlab chiqarish
tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni
20 kishidan, xizmat ko‘rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga
aloqador bo‘lmagan tarmoqlarda 10 kishidan, ulgurji, chakana
savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan yakka
tartibdagi tadbirkorlarni — mikrofirmalar, yengil va oziq-ovqat
sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochni qayta
ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoatida 100 kishidan;
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati,
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash, qurilish


92
hamda boshqa sanoat ishlab chiqarish sohalari 50 kishidan; fan,
ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohasi
(sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish
hamda boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo‘lmagan sohalar 25
kishidan oshmagan, kichik korxonalar deb huquqiy maqom berilgan.
Masalan, AQSHda ishlovchilar soni necha kishidan iboratligiga
qarab, korxonalar 5 toifaga bo‘linadi:
1) o‘ta kichik korxona (10 kishi);
2) juda kichik korxona (20 kishi);
3) kichik korxona (99 kishigacha);
4) o‘rta korxona (500 kishigacha);
5) yirik korxona (500 dan ziyod kishi) deb belgilangan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik korxonalar yirik korxona-
larga nisbatan qator afzalliklarga ega. Ularni:
a) tez muddatda tashkil etish mumkin;
b) kapital aylanish tezligining yuqoriligi;
d) bozorda talabning o‘zgarishiga tez moslashadilar va ishlab
chiqarilayotgan mahsulot turini tezda o‘zgartirish imkoniga ega;
e) korxona sinsa ham mulk egasi ko‘p zarar ko‘rmaydi, yirik
korxonalar esa katta zarar ko‘rishlari mumkin va boshqalar.
Bu afzalliklar bozor sharoitida juda muhim hisoblanadi. Shu-
ning uchun ham respublikamizda ularning bu afzalligini hisobga
olib, kichik korxonalar barpo etishga katta ahamiyat berilyapti.
Ma’lumki, o‘zbek xalqi qadimdan mayda tovar ishlab chiqarish,
hunarmandchilik an’analariga boy va bu an’analarni hozirgacha
saqlab, rivojlantirib kelmoqda. Bu xususiyat respublikamizda xususiy
mulkchilikka asoslangan individual, oilaviy ishlab chiqarishni, ya’ni
kichik biznesni rivojlantirish imkonini beradi. Bu esa, ayniqsa,
keng xalq iste’mol mollari ishlab chiqarishda kichik korxonalar
ochilishiga katta e’tibor berilishi zarurligini ko‘rsatadi. Shu
munosabat bilan respublikamizda 2009-yildan boshlab hozirgi
kungacha davom etayotgan oilaviy tadbirkorlik munosabatlarini
rivojlantirish, mazkur sohaning iqtisodiyotning alohida instituti
sifatida ajralib chiqishiga 2010-yil 12-noyabrda O‘zbekiston Res-
publikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimovning Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasi
asos yaratib berdi. Birinchi Prezidentimiz «...bugungi kunda kichik
biznes va tadbirkorlikni kengaytirish uchun biznesning yangi
tashkiliy-huquqiy shakli sifatida oilaviy biznesni qonuniy belgilab


93
qo‘yish vaqti keldi» deb ta’kidlab o‘tdi. Natijada mamlakatimizda,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, xususan,
oilaviy tadbirkorlikning huquqiy asoslarini belgilash maqsadida
6 qonun, 25 dan ziyod Prezident Farmonlari va hukumat qarorlari
qabul qilindi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil
16-martda qabul qilingan «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Qonuni
hamda 2012-yil 2-maydagi «Òadbirkorlik faoliyati erkinligining
kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunining yangi tahriri, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi
«Oilaviy korxona tomonidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydigan
moddalar, materiallar va asbob-uskunalar ro‘yxatini tasdiqlash
to‘g‘risida»gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-iyuldagi
216-qarori bilan tasdiqlangan «Oilaviy tadbirkorlikni hamda
hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi
nizomi va ushbu nizomga Vazirlar Mahkamasining 2012-yil
19-iyuldagi 225-qarori bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi
mamlakatda oilaviy tadbirkorlik faoliyatini MDH davlatlari orasida
birinchi bo‘lib qonun doirasida mustahkamladi.
Oilaviy tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy asosini
belgilashda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 16-martdagi
«Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinishi sohani
rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tardi. Sababi, bugungi kungacha
mamlakatda oilaviy tadbirkorlik, asosan, yakka tartibdagi
tadbirkorlik yoki xususiy korxona va mas’uliyati cheklangan jamiyat
shaklida yuritilgan edi. Òadbirkorlikning bunday shakllarida xususiy
korxona egasi yoki mas’uliyati cheklangan jamiyat direktori sifatida
ro‘yxatga olingan yakka tartibdagi tadbirkorlik xohish-istagi va
harakatlari yuridik ahamiyatga egadir. Garchi, bunday shakldagi
tadbirkorlik faoliyati oilaning boshqa a’zolari faol ishtirokida
amalga oshirilgan bo‘lsa-da, ularning xohish-istagi, harakatlari
va manfaatlari hisobga olinmaydi yoxud ish beruvchi hamda ishchi
maqomi teng bo‘lmagan mehnat shartnomalarida bunga e’tibor
berilmaydi. Shu bois, oilaviy biznesda oilaning alohida iqtisodiy-
ijtimoiy tuzilma sifatida mavjud bo‘lish shakli ham o‘ziga xos tarzda
namoyon bo‘ladi. Oilaviy tadbirkorlikda o‘zaro munosabatlar
tuzilmasi shakllanadi va unda bir butun holda oila a’zolari, oilaviy
korxona rahbari hamda oilaning o‘zi ishtirok etadi.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli
va o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganining o‘zi iqtisodiyoti-


94
miz tarkibida bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlardan dalolat beradi.
Faqatgina 2013-yilning o‘zida yurtimizda 26 mingdan ziyod kichik
biznes subyekti ish boshladi va ushbu sektorda faoliyat ko‘rsa-
tayotgan korxonalarning umumiy soni yil oxiriga kelib 190 ming-
taga yetdi.
Bugungi kunda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining qariyb
55,8 % ayni shu sohada ishlab chiqarilmoqda. Vaholanki, 2000-yilda
bu ko‘rsatkich 31 % dan iborat edi. Ayni paytda ishlab chiqarila-
yotgan jami sanoat mahsulotlarining 23 %, ko‘rsatilayotgan bozor
xizmatlarining deyarli barchasi, mahsulot eksportining 18 %, iqtiso-
diyot tarmoqlarida ish bilan band bo‘lgan aholining 75 % kichik
biznes ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. Ana shu raqamlardan ko‘rinib
turibdiki, kichik biznes shaklan kichik bo‘lishiga qaramasdan,
iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash
muammosini hal etish va xalqimiz farovonligini yuksaltirishda
tobora katta rol o‘ynamoqda.
Iqtisodiyotimiz tarkibidagi chuqur o‘zgarishlar mamlakatimiz
eksport salohiyatini mustahkamlash, eksport hajmini barqaror
oshirish va uning tarkibida ijobiy o‘zgarishlarga erishishda eng
muhim omilga aylandi. Òaqqoslash uchun misol keltirsak, hozirgi
paytda AQSHda iste’mol tovarlari ishlab chiqaradigan (AQSHda
18 million atrofida kichik korxona mavjud) umumiy sanoat ishlab
chiqarishning 48 %, Yaponiyada 51 %, Fransiyada 45 %, Germa-
niyada 25 % i kichik korxonalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Endi kichik tadbirkorlik korxonalarining asosiy kamchiligi va
afzalliklarini taqqoslab o‘rganib chiqamiz.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish