?
ÒAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
82
5-bob.
ÒADBIRKORLIK FAOLIYATI VA KICHIK BIZNES
TUSHUNCHASI, ULARNING MOHIYATI
5.1. Òadbirkorlik faoliyati va kichik
biznesning nazariy asoslari
Òadbirkorlik «Iqtisodiyot nazariyasi» fanida iqtisodiy kategoriya
sifatida o‘rganiladi. Chunki bozor tizimida iqtisodiyot jamiyat
a’zolarining faol tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari asosida rivojlanadi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq O‘zbekiston Respublikasining
birinchi Prezidenti I.A. Karimov «Òadbirkorlik — iqtisodiy tanglikdan
olib chiqishning, iqtisodiy taraqqiyotga olib borishning asosiy iqtisodiy
vositasi, taraqqiyot lokomotivi»
1
, deb ta’kidlagan edilar.
Òadbirkorlik — bu, eng avvalo, ayrim insonlarning o‘ziga xos alohida
xislati bo‘lib, ular foyda yoki boshqa iqtisodiy manfaat ko‘rish uchun
o‘z mulkidan yoki boshqalardan qarz olib bo‘lsa ham, tavakkal qilib,
xavf-xataridan qo‘rqmay ma’lum bir faoliyat turi bilan shug‘ullanish
qobiliyatidir. Shunday qobiliyatga ega bo‘lgan kishilarni xalqimiz
tadbirkorlar deyishadi. Insonlarning o‘z tadbirkorlik qobiliyatini ishga
solish orqali ma’lum bir faoliyat turi (biznes) bilan shug‘ullanuvchilarni
g‘arb mamlakatlarida biznesmenlar deb ataydilar. Barcha taraqqiy etgan
mamlakatlarda tadbirkorlik, ya’ni biznesning YIMda hissasi 70—
80 % ni tashkil etadi. Bu mamlakatlarda tadbirkorlikning uch xil
tashkiliy-huquqiy shakli mavjud bo‘lib, ular xususiy (individual)
korxona, sherikchilik (hissadorlik) va korporatsiya deyiladi.
O‘zbekistonda tadbirkorlik to‘g‘risida qabul qilingan qonunga
ko‘ra, tadbirkorlikni faqatgina insonning qobiliyati emas, balki
ma’lum bir iqtisodiy faoliyat yuritishning tashkiliy-huquqiy shakli-
dir deb ko‘rsatilgan. Natijada O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyati
bozor iqtisodiyotiga o‘tish bilan tez rivojlanib bormoqda. Hozirgi
vaqtda tadbirkorlikning yangi xilma-xil shakllari, ayniqsa, oilaviy
tadbirkorlikning milliy yo‘nalishdagi turlari bo‘lgan hunarmand-
1
I.À. Êàrimov. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. T.,
«O‘zbekiston», 1992, 78-bet.
83
chilik, kulolchilik, tikuvchilik, to‘quvchilik, qandolatchilik va
boshqalar tez rivojlanyapti. Shu bilan birga sherikchilik asosida
tashkil etilayotgan jamoatchilik shaklidagi tadbirkorliklar ham
rivojlanib boryapti. Òadbirkorlikning uchinchi korporativ ko‘rinish-
dagi shakli ham mamlakatimizda ko‘proq qo‘shma korxonalar
sifatida tashkil topmoqda.
Òadbirkorlik tushunchasini dastlab ingliz iqtisodchisi R. Kan-
tilon XVIII asrda iqtisodiy adabiyotga olib kirgan. U tadbirkor-
likni, asosan, savdogarlar faoliyatlari bilan bog‘liq va bu faoliyat-
ning bosh xususiyati tavakkalchilikdan iborat deb ko‘rsatgan.
Yana bir taniqli ingliz iqtisodchi olimi A. Smit ham tadbirkorni
tavakkal qiluvchi mulk egasi, tijorat bilan shug‘ullanib, foyda
oluvchi deb ta’riflaydi.
Òadbirkorlikni keng ma’noda talqin etgan olim Jan Batist
Seydir. Uning fikricha, tadbirkor — bu foyda olish uchun faol
iqtisodiy odam. U ishlab chiqarish omillaridan samarali foydala-
nib, o‘z tajribasi va bilimi asosida tavakkalchilik xataridan qo‘rq-
may ish olib boruvchi kishidir deb ta’riflaydi. Òadbirkorning
daromadini esa uning tadbirkorlik faoliyati evaziga olingan foydasi
deb ataydi.
Òadbirkorlik to‘g‘risida nemis olimi V. Zombert shunday deydi:
«Òadbirkor — bu «zabt etuvchi», g‘alaba uchun kurashuvchi, turli
xatarga tayyor, ruhan erkin, g‘oyalarga boy, irodali, tirishqoq,
tashkilotchi, ya’ni u birgalikda ishlash uchun kishilarni birlashtira
oladi. Uning maqsadi foydaning ko‘payishiga erishish bo‘lib,
buning uchun u o‘z ishining o‘sishi, ravnaq topishiga harakat qiladi».
Avstriyalik iqtisodchi Y. Shumpeter tadbirkorni ta’riflab, uni
novator deb ataydi. Òadbirkor, uning fikricha, ishlab chiqarish
omillaridan samarali foydalanish yo‘llarini izlovchi va shu orqali
iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi kishidir. Òadbirkor ishlab chiqarishni
tashkil qilish uchun o‘zi xususiy mulk egasi bo‘lishi shart emas,
balki u bank boshqaruvchisi yoki aksiyadorlik jamiyatining bosh-
qaruvchisi bo‘lishi ham mumkin deb qaraydi. Uning fikricha,
tadbirkorlikni aksiyadorlik jamiyatlari tuzish orqali ham nisbatan
osongina amalga oshirish mumkinligini asoslashga harakat qiladi.
Bunday tashkiliy tuzilmada tadbirkorlar o‘z mehnatlari asosida,
shu bilan birga, chetdan ishchi yollab ish yuritishlari ham mumkin
bo‘ladi. Bunda tadbirkorlik faoliyati bir guruh shaxslar tomonidan
o‘zaro shartnoma va iqtisodiy manfaatdorlik asosida bog‘langan
kishilar jamoasi tomonidan amalga oshiriladi. Jamoaviy tadbirkorlik
84
subyektlari sifatida aksiyadorlik jamiyatlari, ijara jamoalari, koope-
rativ, shirkat va boshqalar alohida tadbirkorlik subyekti sifatida
davlat, uning tashkilotlari ham o‘z faoliyatlarini olib borishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |