80
Chizmadan ko‘rinib
turibdiki, bozorda muvozanat buzilganda
taqchillik yoki tovarning ortiqchaligi holati kelib chiqar ekan.
SS o‘zgarishlari talab chizig‘i bo‘lsa,
ZZ taklif chizig‘idir. Ular
kesishgan
A nuqtada muvozanat bor, uni 300 so‘mga teng narx
belgilaydi. Narx 200 so‘mga tushsa,
BC oralig‘iga teng taqchillik,
ya’ni ortiqcha talab paydo bo‘ladi. Agar narx 400 so‘mga ortsa,
DE oralig‘iga teng ortiqcha taklif vujudga keladi.
Bozorda talab va taklif muvozanati
doimo barqaror holda
turmaydi, u tez-tez o‘zgarib turadi. Bozorda ma’lum tovarlarga
narx arzonlashsa, keyinchalik shu
tovarning taqchilligi kelib
chiqadi, chunki bu tovarlarning taklifi juda kamayib ketadi, natijada
chayqovchilik avj oladi.
Bozorda narxning oshib ketishi ham ma’qul emas, chunki bu
holatda tovarlar sotilmay qolishiga olib keladi va aholi o‘zlari
uchun kerakli tovarlarni topa olmay
qoladi va ularning talabi
qondirilmaydi. Narx oshsa, tovarlarni sotish qiyinlashadi, savdo
hajmi kamayadi, natijada kutilgan foyda ham kamayadi. Òovarlar
sotilmay qolishi korxonalar uchun zarar keltiradi, ular bu tovarlarini
ishlab chiqarish uchun qilgan sarf-xarajatini qaytara olmay sinishi
va yopilib ketishlari ham mumkin.
Yuqorida keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki,
bozorda
narxning har ikki tomon, ya’ni sotuvchi va oluvchi uchun maqbul
bo‘lgan, foyda ko‘rishni ta’minlaydigan me’yori, muvozanati bo‘lishi
zarur ekan. Shunda tadbirkor o‘z ishlab chiqarishini rivojlantirish
imkoniga ega bo‘lib, bozorga o‘z tovarlarini uzluksiz
taklif qilib
foyda oladi. Iste’molchilar esa o‘zlari uchun zarur bo‘lgan tovarlarni
sotib olib naf ko‘rish va talablarini to‘la qondirish imkoniga ega
bo‘ladilar. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bozorda narxning
muvozanatli bo‘lishi ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi
manfaatlarini uyg‘unlashtiradi. Bozorda muvozanatning bo‘lishi
mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga olib keladi.
ASOSIY TAYANCH IBORALAR
Talab;
yakka talab;
jami talab;
talab o‘zgaruvchanligi (elastikligi);
taklif;
taklif elastikligi;
bozor muvozanati;
noelastik talab;
noelastik taklif.
81
1. Ehtiyoj va talab tushunchalari farqini ayting.
2. Òalab qaysi hollarda qondirilmay qolishi mumkin?
3. Òalabning qanday turlari bor?
4. Òalab qonuni nima va u qanday namoyon bo‘ladi?
5. Òaklif deganda nimani tushunasiz?
6. Òaklif qonuni nima va uning namoyon bo‘lishini tushuntirib bering.
7. Òaklifning o‘zgarishiga nimalar ta’sir etadi?
8. Òovarning nafliligi nima?
9. Òovarning nafliligi nima uchun pasayishga moyil bo‘ladi?
10. Qanday tovarlar o‘rinbosar tovarlar deyiladi?
11. Òalab elastikligi nima?
12. Noelastik talabni qanday tushundingiz?
14. Òaklif elastikligi nima?
15. Noelastik taklifni qanday tushundingiz?
16. Bozor muvozanati qanday tashkil topadi?
17. Muvozanatli narx deganda nimani tushunasiz?
18. Muvozanatning buzilishi nima uchun sodir bo‘ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: