5.4. Òadbirkorlik faoliyati shakllari
Bozor sharoitida tadbirkorlik faoliyatining eng ko‘p tarqalgan
tipik shakli, bu — korxonadir. Korxona qanday mulk shakliga
asoslangan bo‘lmasin, firma, zavod, fabrika nomlari bilan ataladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikning barcha shakllariga
mansub korxonalar barpo etilishi mumkin. O‘zbekiston Respub-
likasining «Korxonalar to‘g‘risida»gi Qonunida, ular faoliyatini
tashkil etish va tugatishning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari
belgilab qo‘yilgan. Shuning uchun korxona xo‘jalik yurituvchi
subyekt sifatida mulkchilikning qanday shaklida bo‘lmasin, u
iqtisodiy jihatdan mustaqil alohidalashgan xo‘jalik yurituvchi
subyekt sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Korxona mulkchilikning
muayyan obyekti bo‘lib, uning ixtiyorida ishlab chiqarish vositalari,
resurslar va yaratilgan mahsulotlar mavjud.
89
Bozor iqtisodiyoti murakkab tizim sifatida o‘zining ichki tarkibiga
ko‘ra, turli bo‘g‘inlarga ega. Bu bo‘g‘inlarning har biri ham ma’lum
vazifani bajaradi. Korxona ishlab chiqarishning, butun iqtisodiyotning
birlamchi, asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Korxona ishlab chiqarish
resurslaridan rejali samarali asosda, ma’lum nisbatda qo‘shilishini
tashkil etib, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish yo‘li
bilan xo‘jalik yurituvchi subyekt sifatida faoliyat yuritadi.
Korxona xo‘jalik yurituvchi subyekt sifatida iqtisodiy mustaqil-
likka ega bo‘lishi uchun, u, eng avvalo, o‘z mulkiga o‘zi egalik
qilishi zarur. Shundagina nima ishlab chiqarish, qancha, qanday
usullar bilan ishlab chiqarish, uni kimga qanchadan sotish, ko‘rgan
foydasini qanday ishlatish kabi masalalarni korxonaning o‘zi
mustaqil hal qiladigan bo‘ladi. Lekin bu muammolarni korxona
faqat bozor bilan bog‘liq holda hal qila oladi. Korxona bozordan
resurslar sotib oladi, o‘zining tovarlarini sotadi va qilgan barcha
xarajatlarini oladigan foydasiga qarab rejalashtiradi.
Bozordagi narxlar uning xarajatlari miqdorini, oladigan foydasini
va nihoyat uning faol ishlay olish va ishlay olmasligini belgilaydi.
Shuning uchun korxona doimo bozordagi raqobat sharoitiga tez
moslashib borishi, ishlab chiqarayotgan tovarlarini yangilab, sifatini
yaxshilab borishi, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishi, korxonani
kengaytirish va modernizatsiyalash uchun sarmoyalar joriy qilib borishi
lozim. Korxona o‘z faoliyatida innovatsiyaga katta e’tibor bilan qarashi
kerak. Korxona faoliyatida reklama ham juda muhim rol o‘ynaydi.
Jahon mamlakatlari iqtisodiyotida ko‘proq firma shakli uch-
raydi. Firma tarkibida bitta yoki bir necha korxonalar bo‘lishi
mumkin. Firmalar mulkchilik shakliga ko‘ra, uch xil bo‘ladi:
a) yakka (individual) mulk egaligidagi xususiy firma;
b) sherikchilik asosida tashkil qilingan firma;
d) aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan firma–korporatsiya.
Firmalar tashkiliy-huquqiy asoslari, xo‘jalik yuritish uslublariga
ko‘ra ham turli shakllarga ega bo‘ladi: xususiy firma, shirkat
firmalari, mas’uliyati cheklangan firma, aralash firmalar, davlat
korxonasi kabilari ham uchrashi mumkin.
Xususiy firma — ayrim yakka shaxslarga yoki oilalarga tegishli
bo‘lib, ular, asosan, kichik biznes sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Sherikchilik asosida tashkil qilingan shirkat firmalar — bunda
mulk egalari o‘zaro kelishib, mulklarini birlashtirib, tadbirkorlik
90
bilan shug‘ullanadilar va olingan foydani qo‘shgan hissalariga ko‘ra
bo‘lib oladilar.
Mas’uliyati cheklanmagan firma. Firmaning bu shaklida ham
mulkiy sherikchilik yotadi. Ular dastlabki nizom kapitali tashkil
etib, to‘la huquqli sheriklar sifatida birgalikda faoliyat olib borishib,
birgalikda iqtisodiy javobgar bo‘ladilar. Firma tomonidan
olinadigan foydalar ham, mabodo, firma sinib qolsa yoki qarzlarini
to‘lash uchun aktivlari yetarli bo‘lmasa, qolgan qarzni to‘la
huquqqa ega bo‘lgan ta’sischilar to‘laydilar. Firma faoliyatiga
taalluqli barcha qoidalar, ya’ni ustav kapitaliga badallar foydani
taqsimlash, qarzlarni to‘lash kabilar firma nizomida belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |