O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 Òadbirkorlik kapitali va uning harakati



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

5.5. Òadbirkorlik kapitali va uning harakati
Òadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan kishiga,
birinchi navbatda, ma’lum mablag‘ kerak bo‘ladi. Bu mablag‘ pul
shaklida yoki ma’lum bir vositalar shaklida bo‘lishi ham mumkin.


98
Bu holatni xalq ichida ayrim odamlar tadbirkorlik uchun kapital
kerak deb ham qo‘yishadi. Kapital so‘zi aslida lotincha so‘z bo‘lib,
u katta mablag‘, ya’ni boylik ma’nosini bildiradi. Iqtisodiy ada-
biyotlarda kapitalni ishlab chiqarishning asosiy omili deb qarashadi.
Kapitalga bunday baho berishda klassik siyosiy iqtisodning buyuk
namoyandasi bo‘lgan ingliz iqtisodchisi A. Smit kapitalni jam-
g‘arilgan mehnat mahsuli, ya’ni boylik deb qaraydi. D. Rikardo
esa uni ishlab chiqarish vositalari deb hisoblaydi. Nemis klassik
iqtisodchisi K. Marks kapital va uning mohiyatini ochishga bag‘ish-
langan «Kapital» asarida uni «boylik keltiruvchi boylik, ishlab
chiqarish vositalariga sarflangan mablag‘» deb ataydi.
Hozirgi davrda ham iqtisodiy adabiyotlarda kapitalni talqin
etishda yagona fikr yo‘q. Jumladan, I. Fisher kapitalni natural va
qiymat shaklidan qat’i nazar, boylik zaxirasidan iborat, u o‘z egasiga
xizmat ko‘rsatib daromad olib keladi, J. Xiks, A. Marshall, E. Bem-
baverklar ishlab chiqarish uchun ajratilgan tovarlar yig‘indisini
kapital deb atashgan.
J. Robinson kapital — bu hali sarmoyaga aylanmagan ma’lum
miqdordagi pul fikrini bildiradi. P. Xeyne kapital, bu — kelajakda
ne’matlar ishlab chiqarish uchun foydalansa bo‘ladigan ishlab chiqarish
vositalaridan iboratdir, deb qaraydi. E’tibor berilsa, yuqorida keltirilgan
barcha iqtisodchi olimlar kapitalni ishlab chiqarish vositalari yoki uni
sotib olish uchun zarur bo‘lgan mablag‘ degan fikrni bildirishgan.
Xulosa qilib aytilsa, kelgusida daromad topish maqsadida kerak
bo‘ladigan ishlab chiqarish resurslari yoki ularni sotib olishga sarflangan
pulni kapital desa bo‘ladi. Shuning uchun hozirgi vaqtda biznes bilan
shug‘ullanmoqchi bo‘lgan har bir kishining asosiy maqsadi ham
daromad topishdan iborat va buni iqtisodiy adabiyotlarda keng
foydalaniladigan quyidagi formulada ifodalash mumkin:
PÒP
1
,
bu yerda, P—tadbirkorlik, ya’ni iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish
uchun dastlab sarflangan pul mablag‘lari; Ò—sotib olingan tovar
(ishlab chiqarish vositalari va boshqa resurslar); P
1
—tovarning sotil-
gandan so‘ng olingan, ya’ni avanslangan pulni ko‘payib foyda
shaklida qaytishi ko‘rsatadi.
Òadbirkorlik faoliyati qanday shaklda bo‘lmasin, daromad olish
umumiy tarzda ana shunday ko‘rinishda amalga oshadi. Òadbirkor
dastlab o‘zidagi yoki bankdan olgan pulini sarflab ishlab chiqarish


99
vositalari sotib oladi hamda ishchi kuchi yollaydi. Agarda yakka
tartibda ishlovchi yoki oilaviy tadbirkorlik bo‘lsa, faqat ishlab chiqarish
vositalari sotib oladi va ishlab chiqarish yoki ma’lum bir xizmat
ko‘rsatish jarayonini tashkil qiladi. Natijada yangi tovar yaratilib yoki
xizmat turini ko‘rsatib, bozorga taklif etiladi. Ularni sotib avanslagan
pulini foydasi bilan qaytarib oladi. Òadbirkorlik formulasi, odatda,
umumiy biznes formulasidan farq qiladi va u quyidagicha ifodalanadi:
bu yerda, U—yangi tovar ishlab chiqarish jarayoni; Ò
1
—ishlab chiqa-
rilgan tovar belgisi muomala to‘xtab ishlab chiqarish boshlanganini,
resurslar unumli kapital (ishlab chiqarish omili)ga aylanganini ko‘rsatadi.
Yangidan yaratilgan tovar qiymati avvalgisidan ko‘p. U avvalgi
avanslangan puldan ko‘p, ya’ni tadbirkor olgan foyda miqdorida
pul ko‘p bo‘ladi. Eski qiymat ustiga yangi qiymat qo‘shiladi. U,
odatda, qo‘shilgan qiymat deyiladi.
Bu qo‘shilgan qiymat, eng avvalo, tadbirkorning uchrashi mumkin
bo‘lgan har qanday xatarlardan qo‘rqmay, tavakkal qilib, o‘z maqsadi,
yangi g‘oyasi uchun harakati tufayli kelib chiqdi. Agar uning harakati
muvaffaqiyatli yakunlansa, foydaning bir qismiga ega bo‘la oladi,
bordi-yu zarar ko‘rsa, xonavayron bo‘lishi mumkin. Shuning uchun
tadbirkor kapitalini uzluksiz tarzda ishga solishga va undan samarali
foydalanishga harakat qiladi. Kapital harakati, asosan, uch bosqichni
bosib o‘tadi. Dastlab u pul shaklidan zarur resurslar sotib olish orqali
tovar shakliga aylanadi, so‘ngra ikkinchi bosqichda, resurslardan ishlab
chiqarish jarayonida samarali ishlatiladi va yangi tovar yaratiladi.
Shunday qilib, bu yangi tovarning qiymati eski qiymat hamda
qo‘shilgan yangi qiymatdan iborat bo‘ladi. Uchinchi bosqichda bu
ishlab chiqarilgan yangi tovar bozorga taklif etiladi va xaridorlarga
sotilishi orqali yana qaytadan pul shaklini oladi.
Shunday qilib, bu harakat bozor bilan boshlanib, yana bozor
bilan yakunlanadi. Bu kapital uch bosqichni bosib o‘tib qilgan
harakati uning doiraviy aylanishi deyiladi. Kapital doiraviy
aylanishdagi bu uch bosqichning birinchi bosqichi muomala,
ikkinchi bosqichi ishlab chiqarish, uchinchi bosqich yana muomala
bosqichi deb yuritiladi. Yanada boshqacha talqin qilinganda, kapital

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish