O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 O‘zbekistonda kichik biznesni rivojlantirish



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

5.6. O‘zbekistonda kichik biznesni rivojlantirish
O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishning zarurligi, uni
xalqimizning turmush farovonligini oshirishdagi muhim omil ekan-
ligini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Bozor iqtisodiyoti tizimida
yashayotgan mamlakatlar tajribalari shuni ko‘rsatmoqdaki, bozor-
ning tovarlar bilan yetarli ta’minoti, asosan, kichik biznes, tadbir-
korlikning qay darajada rivojlanganligiga bog‘liq. Biz yuqorida
kichik biznes va tadbirkorlikning bir qator afzalliklarini ko‘rsatib
o‘tdik. Shuning uchun respublikamizda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga davlat tomonidan katta
ahamiyat berilmoqda. Bu, avvalo, davlatimiz tomonidan kichik
biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan


106
qonunchilik asoslarini yaratishga katta ahamiyat berilganligidan
ham ko‘rinib turibdi.
Jumladan, bu mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq qabul
qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 21-yan-
vardagi «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy
mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni bilan xususiy mulkchilik
asosidagi tadbirkorlikning yuzaga kelishi iqtisodiy islohotlar-
ning shu bosqichdagi eng asosiy vazifalaridan biri sifatida ko‘-
rilayotganida o‘z ifodasini topgan edi. Ushbu Farmondan so‘ng
respublikamizda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida har
bir viloyat, tumanda alohida dasturlar ishlab chiqildi va ularni
amalga oshirish ishlari boshlandi.
Aholi orasida turli yo‘nalishlarda kichik biznes bilan shug‘ulla-
nuvchilar ko‘paya boshladi. Ular qishloq xo‘jaligi, savdo, maishiy
xizmat ko‘rsatish, umumiy ovqatlanish kabi sohalarda tez rivoj-
lana bordi. Davlat tomonidan ularni qo‘llab-quvvatlash maqsa-
dida kichik biznes korxonalari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod
qilindi. Shu bilan bir qatorda iste’mol buyumlari, qurilish ma-
teriallari ishlab chiqaruvchi xususiy korxonalar ikki yilga daro-
mad solig‘idan ozod qilinib, keyingi ikki yil ichida esa kamaytiril-
gan stavkalarda soliq to‘laydigan bo‘lishdi. Xususiy korxonalar
ishlab chiqarishni rivojlantirish, ijtimoiy ehtiyojlar uchun yo‘nal-
tirilgan mablag‘lardan soliq imtiyoziga ega bo‘ldilar.
Yangi ish boshlagan xususiy korxonalar dastlabki ikki yil mobay-
nida mulk solig‘idan, 1995-yildan boshlab esa barcha korxonalar
20 % lik amortizatsiya ajratmalari to‘lashdan ozod qilindi. Kichik
biznesni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashdagi yana
bir muhim qadam, bu davlatimiz tomonidan qabul qilingan
«Xususiy tadbirkorlikni tashabbuslantirish va rag‘batlantirish
to‘g‘risida»gi Qonun bo‘ldi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda mam-
lakatimizga xorijiy sarmoyalarni jalb etish va shu asosda iq-
tisodiyotni rivojlantirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Buni
hisobga olgan holda davlatimiz tomonidan «Chet el investitsiya-
lari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi
Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra, O‘zbekistonda ish olib borishni
istovchi barcha ishbilarmonlar uchun qulay shart-sharoitlar


107
yaratildi. Natijada xorijiy investorlar uchun bir qator kafolatlar,
jumladan, siyosiy xatardan sug‘urtalash va boshqa kafolatlar berildi.
Har qanday yangi tashkil etilayotgan kichik biznes yoki boshqa
shakldagi tadbirkorlik dastlabki davrda, ayniqsa, moliyaviy ko‘-
makka muhtoj bo‘ladi. Shu holatni hisobga olgan holda davlatimiz
tomonidan tashkil etilgan kichik biznesni rivojlantirishga ko‘mak-
lashish jamg‘armasi «BIZNES FOND» muhim moliyaviy vosita
bo‘lib xizmat qildi. Bu fond mablag‘lari, davlat va munitsipal mol-
mulklarni xususiylashtirishdan topilgan daromadlar va yuridik
hamda jismoniy shaxslarning ixtiyoriy bergan mablag‘laridan,
budjetdan ajratilgan va boshqa mablag‘lardan tashkil topishi
belgilab qo‘yildi. Natijada bu fond shu mablag‘lardan kichik biznes
va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirish uchun
qaratilgan dasturiy loyihalarni moliyalashtirish uchun imtiyozli
kreditlar olishga yordamlashadigan bo‘ldi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maq-
sadida respublikamizda yana bir yirik va muhim tashkilot «MADAD»
sug‘urta agentligi tuzildi. Davlat bu sug‘urta tashkilotining ham-
muassisi bo‘lib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari
faoliyatini kreditlash bilan bog‘liq xatarlarning moliyaviy ta’mino-
tini o‘z zimmasiga oladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, uni
qo‘llab-quvvatlash borasida qo‘yilgan muhim qadamlardan yana
biri, bu — Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat
dasturi to‘g‘risida»gi qarorning (1995-yil 28-avgust) qabul qilinishi
bo‘ldi. Bu O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirishga alohida diqqat-e’tibor qaratilayotganining ifodasidir.
Dasturda ko‘zlangan maqsadlarning amalga oshirilishi respub-
likamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish
asosida bozor munosabatlarini shakllantirish, ish bilan bandlik,
xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bora-
sidagi qator muammolarni bartaraf etishga yordam berdi. Kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash tadbirlari quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
qonuniy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish, qabul qilish, ya’ni huqu-
qiy ta’minot, moddiy-texnikaviy sharoit yaratish, moliya-kredit,
sug‘urta ta’minoti, kadrlar tayyorlash, malaka oshirish, tashqi


108
iqtisodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, axborot-maslahat ta’minoti
va boshqalardan iborat bo‘lmoqda.
Oilaviy tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy asosini
belgilashda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 16-martdagi
«Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinishi sohani
rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tardi. Ushbu qonunda oilaviy
korxona umumiy mulk asosida tashkil qilinishi, oilaviy korxonada
farzandlar, masalan, o‘z mulki yoki mablag‘i bo‘lmasa ham, shaxsiy
mehnati bilan qatnashib ishtirokchi bo‘lishi, oilaviy korxona
ishtirokchilari qonun hujjatlariga muvofiq oilaviy korxona majbu-
riyatlari bo‘yicha korxona mol-mulki yetmasa, o‘zlariga tegishli
mol-mulk bilan subsidar javobgar bo‘lishi, oilaviy korxona boshlig‘i
faqat ishtirokchilardan biri bo‘lishi, yollanma xodim bo‘lishi
mumkin emasligi, oilaviy korxona oila yashab turgan turar joyda
faoliyat yuritishi va o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni o‘zi sotishi
mumkinligi haqida tegishli me’yorlar mustahkamlab qo‘yilgan.
Binobarin, oilaviy korxona dunyoda birinchi marta tadbirkorlik
subyektlarining kichik biznes subyekti ko‘rinishidagi yangi tashkiliy-
huquqiy shakli sifatida belgilab qo‘yildi.
Umumiy xulosa qilib shuni aytish mumkinki, «Òadbirkorlik
faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun, Prezident
Farmonlari va hukumat qarorlarining qabul qilinishi kichik biznes,
xususiy tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslarini mustah-
kamladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantiradigan
va uni kafolatlaydigan kuchli tizim yaratildi. Ular uchun xo‘jalik
faoliyatlari to‘g‘risida hisobot berish tartibi soddalashtirildi. Kichik
biznes, xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi shaxslar uchun
soliqlar bo‘yicha katta yengilliklar berildi. Banklar tomonidan
kreditlar berish tartib-qoidalari soddalashtirildi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish