O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


Òadbirkorlik kapitali (fondlari)ning tarkibi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

Òadbirkorlik kapitali (fondlari)ning tarkibi
Asosiy kapital ishlatilishi jarayonida jismoniy eskirmagan bo‘lsa-
da, hozirgi vaqtda dunyoda sodir bo‘layotgan fan-texnika taraq-
qiyoti natijasida juda yuqori samaradorlikni ta’minlay oladigan
mashina, asbob-uskunalar, texnika-texnologiyalar yaratilishi bilan
uning ma’naviy eskirishi ko‘p uchramoqda. Ma’naviy eskirishning
ikki xil oqibatga, ya’ni bir tomondan, korxonalarning iqtisodiy
jihatdan yutqazishiga, ikkinchi tomondan yutishiga ham olib
kelyapti. Sababi, korxonalar eskirgan vositalar qiymatini yangilarini
ishlatilishidan olingan foydasi bilan tezda qoplash imkoniyatiga
ega bo‘lishmoqda. Hatto bozorda amaliyotda yangi texnikaning
narxi asossiz ravishda qimmat belgilansa, asosiy kapitalning
ma’naviy eskirishi emas, balki aksincha, texnikaning qimmatlashuvi
Kapital (ishlab chiqarish fondlari)
Yer
Bino,
inshoot
Mashina,
uskuna,
uzatma,
mexanizm-
lar, trans-
port va h.k.
shunga
o‘xshashlar
Asosiy
kapital-
ning
boshqa
turlari
Xomashyo,
yonilg‘i,
energiya,
material va
sotib olingan
yarimfabri-
katlar, ish
haqi
Tugallan-
magan ishlab
chiqarish,
korxonaning
o‘zi tayyor-
lagan yarim-
fabrikatlar
Asosiy kapital (fond)
Aylanma kapital (fond)








103
tarzida namoyon bo‘ladi. Natijada, bu korxonalarning asosiy
kapitali (fondlar)ni yangilash va umuman olganda, jahonda fan-
texnika taraqqiyoti uchun to‘siq bo‘ladi. Bu muammo bozor
iqtisodiyotining talab va taklif qonuni orqali yechiladi.
Asosiy kapital qiymatining ishlab chiqarilgan yangi mahsulotga
qo‘shilishi amortizatsiya me’yori orqali amalga oshadi. Amortiza-
tsiya me’yori esa asosiy kapitalning qiymati va uning xizmat qilish
muddati bilan bog‘liq. Amortizatsiya me’yori qancha yuqori bo‘lsa,
asosiy kapital (fondlar) o‘z qiymatini shunchalik tez muddatda
ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o‘tkazib bo‘ladi. Aksi bo‘lsa, uzoq
muddat o‘tkazadi. Amortizatsiya lotincha so‘ndirish so‘zidan olin-
gan bo‘lib, asosiy kapital qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga
asta-sekinlik bilan xizmat muddati davomida ko‘chirish ma’nosini
bildiradi. Amortizatsiya fondi asosiy kapital (fondlar)ni to‘la tiklash
uchun amortizatsiya me’yoriga ko‘ra belgilanadi. U asosiy kapital-
ning xizmat muddatiga nisbatan foizda va quyidagicha formula
bilan ifodalanadi:

100 %

.
(
)
Amortizatsiya me yori
xizmat muddati
Masalan, korxona binosining xizmat muddati 100 yil. U holda
amortizatsiya me’yori 100:100=1 % ga teng. Korxona sexidagi bir
stanokning xizmat muddati 10 yil bo‘lsa, amortizatsiya me’yori
100:10=10 %. Ya’ni har yili stanok bahosining 10 % i korxonada
ishlab chiqarilgan mahsulotga ko‘chadi. Agar stanogimiz 10 mln so‘m
turadi desak, har yili 1 mln so‘mlik eskirar ekan, shu miqdordagi
pulni amortizatsiya fondiga o‘tkazib borishimiz zarur bo‘ladi. Shuning
uchun korxonalar amortizatsiya me’yorini shunday belgilashi kerakki,
u ham jismoniy, ham ma’naviy eskirishni hisobga olgan bo‘lishi lozim.
Jahonning taraqqiy etgan mamlakatlari tajribasiga ko‘ra, amor-
tizatsiya me’yori yuqori belgilangan. Masalan, AQSHda qishloq
xo‘jaligida foydalaniladigan texnik vositalarning xizmat muddati
10—12 yil, Yaponiyada 15—20 yil qilib belgilangan bo‘lsa-da,
ularning haqiqiy xizmat muddati 20—25 yilni tashkil etadi. Bunga
ular texnikalarni asrab-avaylab ishlatish orqali erishadilar. Chunki
xususiy biznes egalari bundan manfaatdordir.
O‘zbekistonda ham xususiy mulk asosida tadbirkorlikni tashkil
etishga ruxsat berilishi bilan 1991-yildan boshlab amortizatsiya


104
me’yorini belgilash tartibi o‘zgartirildi va ular quyidagilarda
ifodalanadi:
1. Asosiy kapitalning amortizatsiya me’yori o‘zgartirildi.
2. Òa’mirlash uchun amortizatsiya to‘lovlari bekor qilindi. Nati-
jada korxonalar barcha ta’mirlash turlarini mahsulot tannarxiga
o‘tkazadigan bo‘lishdi. Zarur bo‘lsa, ta’mirlash uchun alohida fond
tashkil etishlari (tuzatish, ta’mirlash fondi) ham mumkin bo‘ldi.
3. Mashinalar, asbob-uskunalar va transport vositalariga nor-
mativdagi xizmat muddati tugagach, amortizatsiya to‘lovlari to‘x-
tatiladi.
4. Korxonalarning asosiy kapitali (fondlar)ni yangilashni
tezlashtirish maqsadida aktiv fondlarga tezlashtirilgan amortizatsiya
me’yorlari belgilashga ruxsat etiladi. Bu amaliyot chet mamlakat-
larida ko‘pdan buyon qo‘llaniladi va kichik korxonalarga xizmat
muddati uch yildan oshadigan kapitalning 20 % gacha qiymatini
ekspluatatsiya qilishning birinchi yildan ishlab chiqarish xarajat-
lariga qo‘shishga ruxsat beriladi. Bularning hammasi asosiy kapital-
dan foydalanishni yaxshilashga qaratilgan muhim qoidalardir.
Ishlab chiqarishda aylanma kapital ham muhim o‘rin tu-
tadi. Aylanma kapital tarkibiga yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek,
ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xomashyolar, yoqilg‘i va
boshqa energetik resurslar, ishchi kuchlariga beriladigan ish
haqi va boshqa yordamchi materiallar kiradi.
Korxonaning muvaffaqiyatli faoliyati ko‘p jihatdan muomala
kapitaliga ham bog‘liq bo‘lib, ular korxonaning tayyor mahsuloti
va ma’lum miqdordagi pul mablag‘laridan iborat bo‘ladi.
Aylanma kapital bilan muomala kapitali harakati bir-biri bilan
chambarchas bog‘liq, chunki korxonada ishlab chiqarilgan tayyor
mahsulotni sotish jarayonini tashkil etishda ma’lum muomala
xarajatlari bo‘ladi. Ana shu xarajatlar muomala kapitali hisobi-
dan amalga oshiriladi. Natijada muomala kapitali tovar bahosiga
qo‘shilib, u ham aylanma kapital tarkibiga kiradi. Òovarlar sotib
bo‘lingandan so‘ng, korxona yana muomala kapitali (fondi)ga
mablag‘ ajratadi, qaytadan xomashyo va boshqa materiallar sotib
olishi jarayonida ular doimo bir shakldan ikkinchisiga aylanib,
har bir doiraviy aylanishda qaytadan to‘la yangilanib turiladi.
Shuning uchun ular birgalikda aylanma mablag‘lar deb ataladi.
Korxonaning asosiy kapitali samaradorligi u ishlab chiqarayot-
gan mahsulotining kapital sig‘imi hamda kapital qaytimi kabi
ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi.


105
Korxonaning aylanma mablag‘laridan foydalanish samarador-
ligi uning aylanish tezligi bilan aniqlanadi. Korxonada ishlab
chiqarish vaqti va muomala vaqti qancha qisqa bo‘lsa, kapital
shuncha tez aylanadi va ishlab chiqarish samaradorligi yuqori
bo‘ladi. Aylanish vaqti uzoq bo‘lsa, aksincha, samaradorlik past
darajada deb baholanadi. Shuning uchun har bir korxona kapital
aylanish vaqtini qisqartirishga harakat qilishi zarur. Aylanma
mablag‘laridan qanday foydalanilayotgani yil davomida uning
aylanish soni bilan o‘lchanadi. Bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun
korxona tomonidan yil davomida sotilgan tovar hajmining
o‘rtacha yillik aylanma mablag‘lari qoldig‘iga nisbati topiladi.
Masalan, yillik sotilgan tovarlar hajmi 100 mln so‘m, o‘rtacha
aylanma mablag‘lari qoldig‘i 20 mln so‘m bo‘lsin, bunda,
100 mln so‘m : 20 mln so‘m = 5 (marta). Bu yil davomida to‘la
besh marta aylanganini bildiradi.
Korxona aylanma kapitalidan foydalanish darajasini aniqlashda
korxona ishlab chiqargan mahsulotdagi material sig‘imi, energiya
sig‘imi, mehnat sig‘imi kabi ko‘rsatkichlardan foydalanib baho
beriladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tadbirkorlik kapitalining
harakati tadbirkor tomonidan ishlab chiqarishni tashkil etish uchun
resurslarga sarflagan kapitalini ishlab chiqarish jarayonida unumli
kapitalga, ya’ni ishlab chiqarish omillariga aylanishi va ishlab chiqa-
rilgan tovar va xizmatlarning sotilishi orqali qaytadan pul kapita-
liga aylanish jarayoni sifatida namoyon bo‘ladi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish