6.5. Mehnat unumdorligi va unga ta’sir
etuvchi omillar
Inson har doim farovon yashashga intilib kelgan. Buning uchun
esa mahsulot-xizmatlarni ko‘plab va sifatli ishlab chiqarish zarur.
Resurslar kamyob bo‘lganidan ularni tejab-tergab ishlatish kerak.
Bu esa, o‘z navbatida, mehnat unumdorligini oshirishni talab qiladi.
Ishlab chiqarishda mehnat omilidan foydalanish darajasi ishchi-
ning mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi orqali baholanadi. Ishlab
chiqarish jarayonida sarflanadigan ish kuchini hisoblash uchun
ish kuni yoki ish vaqti toifalaridan foydalaniladi. Ish kuni deb
ma’lum bir ishchining o‘z ish joyida, ishlab chiqarish jarayonida
band bo‘lgan vaqtiga aytiladi. Mehnat unumdorligi mahsulot va
xizmatlar hajmini, ularni ishlab chiqarish uchun sarflagan vaqtiga
nisbatan aniqlanadi. Mehnat unumdorligini oshirish ishlab chiqa-
rish samaradorligining muhim omili hisoblanadi. Mehnat unum-
dorligini oshirish orqali jamiyatda mo‘l-ko‘llik, farovonlik, ijtimoiy
barqarorlikka erishish mumkin. Mehnat unumdorligi alohida
muhim iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lgani uchun uning o‘sishiga ta’sir
qiluvchi bir qancha omillar mavjud. Ana shu omillarning eng
muhimi, bozor sharoitida uning taqdirlanishi, rag‘batlantirilishi,
ishlash uchun yaxshi qulay sharoitlar yaratib berilishidir. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida davlat tomonidan mamlakatimizda har bir
ishlovchiga, tadbirkorga iqtisodiy-ijtimoiy, huquqiy muhitni yara-
tishga harakat qilinmoqda.
Mehnat unumdorligi insonning muayyan vaqt birligida ma’lum
miqdorda mahsulot va xizmatlarni yarata olishidir. Masalan, bir
ishchi bir soatda yoki bir ish kunida yoki bir yilda qancha sifatli
mahsulot yaratgani yoki mahsulot birligini (masalan, 1 ta choynak,
1 ta eshik, 1 ta etik) ishlab chiqarish uchun qancha vaqt sarflagani
bilan o‘lchanadi. Mehnat turlari ham ko‘p va uning natijasida
har xil mahsulotlar yaratilgani uchun unga sarflangan vaqtni o‘l-
chash ham qiyin. Shuning uchun mahsulotlar turlicha bo‘lganidan
ularni ishlab chiqarish uchun ketgan vaqtni taqqoslab bo‘lmaydi.
Shu sababdan mehnat unumdorligi yaratilgan mahsulotning
qiymati asosida hisoblab aniqlanadi. Misolga qaytsak, 1 ta choynak
5000 ming so‘m, 1 ta eshik 50000 so‘m, 1 ta etik 100000 so‘m
turadi, demak, yaratilgan mahsulotning bahosi pulda ifodalanadi.
Pulda hisoblangan mahsulotni ishlovchilar soniga bo‘lsak, mehnat
unumdorligi kelib chiqadi. Agar choynak ishlab chiqaruvchilar
120
10 kishi bo‘lib, ular bir yilda 2000 ta choynak chiqarishgan bo‘lsa,
jami choynak 100000 so‘mlik bo‘ladi. Bunda har bir ishchi yiliga
10000 so‘m ishlab olgan bo‘ladi. Mehnat unumdorligi (U) quyidagi
formula orqali aniqlanadi. Bunda yaratilgan mahsulot (M)
ishlovchilar soniga (Q) bo‘linadi:
.
M
U
Q
Agar har bir soat unumdorligini aniqlamoqchi bo‘lsak,
yaratilgan mahsulotni (U) ishlangan soatlarga (T) bo‘lamiz:
.
M
U
T
Masalan, 1 million soat ichida ish bajarilib, 50 million so‘mlik
mahsulot yaratilgan bo‘lsa, bir soat mehnat unumdorligi 50 so‘mga
teng bo‘ladi:
50 mln so‘m
50 so‘m .
1 mln soat
M
U
Q
Mehnat unumdorligiga quyidagi omillar ta’sir etishi mumkin:
1. Ishlab chiqarishning texnik-texnologik jihozlanganlik dara-
jasi. Foydalanilayotgan texnika va texnologiyalar qanchalik yangi,
mukammal bo‘lsa, mehnat unumdorligi ham shunchalik yuqori
bo‘ladi.
2. Inson omilining sifati, ya’ni ishlovchilarning bilim darajasi,
ish malakasi qanchalik yuqori bo‘lsa, ularning mehnat unumdorlik-
lari ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
3. Ishlab chiqarishning tabiiy sharoiti qanchalik yaxshi bo‘lsa,
mehnat unumdorligi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Òabiiy
sharoitni inson o‘zgartira olmaydi, ammo texnika va texnologiya-
larni takomillashtirish orqali noqulay tabiiy sharoitda ham mehnat
unumdorligini oshirish mumkin. Iqtisodiyotda mehnat unumdor-
ligining muttasil o‘sib borishi degan obyektiv xarakterga ega bo‘lgan
qonun bor, shunga ko‘ra, resurslarning cheklangan bo‘lishiga qara-
may, ishlab chiqarilgan mahsulot ko‘payib boradi. Mehnat unum-
dorligi va unga ta’sir etuvchi omillar quyidagi chizmada keltirilgan:
121
Do'stlaringiz bilan baham: |