O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 Ishlab chiqarish omillari va uning tarkibi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

6.3. Ishlab chiqarish omillari va uning tarkibi
Biz yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek, iqtisodiy faoliyatning
asosiy boshlang‘ich nuqtasi bo‘lgan ishlab chiqarish uning uchun
zarur bo‘lgan omillar iste’mol qilinishidan iborat bo‘ladi. Demak,
ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarishni uzluksiz takrorlanib
davom ettirish uchun kerak bo‘lar ekan, jamiyat shu omillarning
o‘zini ham, ishlab chiqarishning doimiy takrorlanib turishini ham
ta’minlab turishi zarur.


115
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani ishlab chiqarish omillariga yer,
kapital, mehnat, tadbirkorlik va ekologik omillarni kiritadi. Albatta,
jamiyat iqtisodiy faoliyatida har biri o‘z o‘rniga egadir.
Yer omili — tabiiy omil hisoblanib, inson mehnati bilan
yaratilmagan. Yer jamiyat uchun bebaho boylik hisoblanadi. Yer
omili deganda, biz uning ostki va ustki boyliklarini tushunamiz.
Yerosti boyliklari turli-tuman bo‘lib, ular, odatda, tabiiy boy-
liklar, ya’ni ishlab chiqarishning asosiy xomashyo bazasi deb
ta’riflanadi. Prezidentimiz I. A. Karimovning «O‘zbekiston XXI asr
bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot
kafolatlari» kitobida mamlakatimiz tabiiy boyliklari haqida yozi-
lishicha, hozirgacha 900 dan ortiq kon topilgan bo‘lib, ularning
tasdiqlangan zaxiralari 970 mlrd AQSH dollarini tashkil etadi,
har yili respublika konlaridan 5—6 mlrd dollarlik foydali qazilmalar
olinmoqda. Vatanimiz yer qa’ridagi 30 dan ortiq konlardan asl
metallar qazib olinayotir.
Yerusti boyliklari ham xilma-xildir. Ularni tavsiflaganda, eng
avvalo, qishloq xo‘jaligi uchun yaroqli yerlar, ya’ni haydaladigan,
sug‘oriladigan yer maydonlari, o‘rmonlar, o‘tloqlar va tog‘lardan
iborat deyiladi. O‘zbekiston umumiy yer maydonining 62,5 % ini,
ya’ni 28,5 mln gektarga yaqini qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi
uchun yaroqli yerlarni va uning 4,5 mln gektari haydaladigan
yerlarni, 96 ming km
2
tog‘larni, ya’ni hududimizning 21,3 % ini
tashkil etadi.
Kapital omili iqtisodchilar tilida iqtisodiy omil, moddiy-ashyoviy
omil deb ham yuritiladi. Bu omil ishlab chiqarishning moddiy
zaminini tashkil etadi va ular ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi
guruhi bino va inshootlar, mashinalar, turli dastgohlar, asbob-
uskunalar, transport hamda boshqa texnika va texnologik vosita-
lardan iboratdir. Ishlab chiqarish moddiy omillarining ikkinchi
Moddiy
ashyoviy
omil
Mehnat sharoiti
(zavod, fabrika,
binolar, inshoot-
lar va h.k.)
Mehnat pred-
meti (xomashyo
va boshqa
materiallar)
Mehnat qurollari
(mashina, sta-
nok va boshqa
asbob-uskunalar)





116
guruhiga xomashyolar, yoqilg‘i va elektrenergiya, yordamchi
materiallar kiradi. Kapital omilining birinchi guruhiga kiruvchi
qismiga asosiy kapital deyiladi, ular ishlab chiqarish jarayonida
uzoq vaqt davomida qatnashadi va kapital aylanishining bir necha
bosqichlarida o‘z qiymatini yangidan yaratilayotgan mahsulotlarga
sekin-astalik bilan o‘tkazib boradi. Kapitalning ishlab chiqarish
jarayonida o‘z qiymatini yangidan yaratilgan mahsulotga bir
bosqichning o‘zidayoq o‘tkazib yuboradigan qismiga (xomashyo,
yoqilg‘i, elektrenergiya, yordamchi materiallar va shu kabilar)
aylanma kapital deyiladi. Asosiy va aylanma kapitallar bir-biridan
yemirilish (eskirishi) jihatidan farqlanadi. Agar asosiy kapital
uzoq davr mobaynida yemirilsa (bir necha yil xizmat qilgandan
so‘ng), aylanma kapital ishlab chiqarishda o‘z shaklini to‘laligicha
o‘zgartirib, boshqa shaklda yangi mahsulotda mujassamlashadi.
Misol uchun, ip yigiruv fabrikasida ishlab chiqarish jarayonida
paxta tolasi ip shakliga kelib qoladi deylik, yoqilg‘i va sarflangan
mehnat ham o‘z qiymatini yangi yaratilgan mahsulotga birdaniga
to‘laligicha o‘tkazadi.
Mehnat omili, ayrim iqtisodiy adabiyotlarda shaxsiy-insoniy
omil deb ham yuritiladi. Bu, eng avvalo, ishchi kuchi, uning
mehnat qilish qobiliyatidir, ya’ni mehnatga layoqati, uning
jismoniy, aqliy qobiliyatlari, bilim va saviyasi, mehnat malakasidir.
Shaxsiy omil, odatda, mamlakat aholisining mehnatga layoqatli,
ya’ni uning 17—60 yoshgacha erkaklar va 17—55 yoshgacha ayollar
bo‘lgan qismini tashkil etadi. O‘zbekistonda 2014-yil yanvar
holatiga ko‘ra mehnatga layoqatlilar soni 18 mln 517 ming
600 kishini tashkil qilgan, shundan 12 mln 850 ming kishi iqtisodiy
faol aholi hisoblangan, shulardan 7 mln 20 ming erkaklar va 5 mln
829 ming kishi ayollardan iborat bo‘lgan.
Ma’lumki, insonning mehnat qilish qobiliyatini uning shaxsidan
ajratib bo‘lmaydi. Shuning uchun ishlab chiqarish jarayonida inson
o‘z mehnati bilan qatnashar ekan, u shaxsiy-insoniy omil deb aytiladi.
Ish kuchi ham miqdor va sifat tavsiflariga egadir. Miqdor tavsifi
jihatidan, ish kuchi ishga yaroqli mehnat resurslarida, sifat jihat-
dan esa ishlovchilarning bilimi, tajribasi, malaka-mahorati, mada-
niyati, ma’naviy qiyofasi kabi ko‘rsatkichlarda namoyon bo‘ladi.
Shuning uchun ham ishlab chiqarishning natijasi ko‘p jihatdan
ishlovchining sifat ko‘rsatkichlariga bog‘liq.
Òadbirkorlik omili — iqtisodiy adabiyotlarda alohida, o‘ziga
xos omil deb hisoblanadi. Bu omilning alohida o‘ziga xosligi


117
shundaki, biz yuqorida ko‘rib o‘tgan ana shu mehnat omili deb
qaralgan inson ishchi xodim o‘zining tashabbuskorligi, izlanuv-
chanligi, yangiliklar yaratishi, fidoyi bo‘lishi, kezi kelganda, tavak-
kalchilik qilib o‘z mehnatining yuqori darajadagi unumdorligiga va
umuman, ishlab chiqarishning samaradorligiga erishishiga olib kela
oladigan qobiliyatlarida ifodalanadi. Aslida, ishlab chiqarishning
yuqorida bayon qilingan barcha omillari tadbirkorlik orqali harakatga
keladi, yuqori samara beradi. Shuning uchun tadbirkorlik qobiliyatiga
ega insonlarning qo‘llab-quvvatlanishi, e’zozlanishi, rag‘batlan-
tirilishi ishlab chiqarishning tez rivojlanishini va pirovard natijada
iqtisodiy farovonlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Ekologik omil. Bu omil to‘g‘risida iqtisodiy adabiyotlarda so‘nggi
paytlarda ko‘proq yoziladigan va e’tibor beriladigan bo‘ldi. Chunki
har qanday ishlab chiqarish, eng avvalo, tabiat in’om etgan ne’mat-
lardan, xomashyo va boshqa materiallardan iboratdir. Shuning uchun
ishlab chiqarish har doim tabiatga tayanadi. Yer, suv, yerosti, yerusti
boyliklari, o‘rmon va boshqalar ishlab chiqarishga tabiiy materiallar
yetkazib beradi. Òabiat in’omi bo‘lgan ne’matlar ishlab chiqarish
jarayonida qayta ishlanib, ulardan kerakli mahsulotlar olinadi. Òabiatda
uchraydigan ashyolar yaratiladigan bo‘lgusi mahsulot uchun asosiy
manba bo‘lib xizmat qiladi. Qishloq xo‘jaligida yersiz dehqonchilikni
tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ayniqsa, bizning mamlakatimizda yerdan
suvsiz hech narsani undirib bo‘lmaydi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, tabiat ishlab chiqarishning
umumiy shart-sharoitidir. Undagi har qanday o‘zgarishlar ishlab
chiqarishga jiddiy ta’sir etadi. Misol uchun, ekologiyaning buzilishi
natijasida havo haroratining ko‘tarilishi yoki yog‘ingarchilikning
ko‘p bo‘lishi, yerlarning sho‘rlanishi, magnit bo‘ronlari kabilar
ishlab chiqarish sharoitiga va inson omilining ishlash qobiliyatiga
ta’sir ko‘rsatadi, bularning hammasi ekologik omil deb qaraladi.
Demak, yuqoridagilardan xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, biron
turdagi mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish omillari-
ning hammasi kerak bo‘lar ekan. Shu bilan birga, bu omillardan
qaysi biri — mehnatmi, kapitalmi, yermi, tadbirkorlikmi yoki eko-
logiyami asosiy o‘rin tutadi, mahsulot aynan shu omil bo‘lgani
tufayli ishlab chiqariladi, deb ayta olmaymiz. Ishlab chiqarish
jarayonida bu omillar bir-biri bilan bog‘liq holda biri ikkinchisini
to‘ldirib, gohida bir-birining o‘rnini qoplaydi va ularning uzluksiz-
ligini ta’minlagandagina ijobiy natija beradi. Biron aniq ishlab
chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarining belgilangan


118
ma’lum bir miqdori nisbati talab qilinadi. Bunda tadbirkorni ishlab
chiqariladigan mahsulot miqdori qiziqtiradi. Òexnika-texnologiya-
ning ma’lum taraqqiyot darajasi, unga muvofiq mehnat unum-
dorligi ishlab chiqarish omillarining ma’lum kombinatsiyasi
sharoitida shu omillar miqdori uchun mahsulotning optimal miq-
doriga erishish mumkin.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish