O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Rahimov quduqlarni burg‘ilash



Download 8,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/173
Sana29.12.2021
Hajmi8,56 Mb.
#79963
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   173
Bog'liq
quduqlarni burgilash

2.3-§. Shnekli burg‘ilash
Aylanma shnekli burg‘ilashda  maydalangan jinslar yuqoriga
vintsimon-transportyor shneklar kolonnasi yordamida ko‘tariladi.
Bu usul bilan diametrlari 67—490 mm, chuqurligi 50—80 m
bo‘lgan I—IV kategoriyadagi yumshoq jinslar burg‘ilanadi.
Shnekli burg‘ilash usuli seysmorazvedka ishlarini olib borishda
portlatuvchi  quduqlarni,  gidrogeologik  va  muhandislik-geologik
tadqiqotlarini olib borish uchun ko‘zda tutilgan quduqlarni, geologik
suratga olish va turli foydali qazilmalarni qidirish hamda razvedka
qilishda ishlatiladi.
Shnek doloto bilan parchalangan jinslarga buralib kirib boradi
va uni yuqoriga chiqarib tashlaydi. Maydalangan jinslar shnek va
jinslarning aylanma tezliklari farqi hisobiga yuqoriga ko‘tariladi.
Shnekli burg‘ilash usulida yuvish suyuqligiga ehtiyoj bo‘lma-
ganligi tufayli uni suvsiz cho‘l sharoitlarida ishlatish ayniqsa samarali
natijalar  beradi.
Shnekli    burg‘ilashning  ish  unumdorligi  boshqa  burg‘ilash
usullariga qaraganda yuqori,  burg‘ilash qiymati  esa  past bo‘ladi.
2.4-rasm. Zaboy stakani va gruntonos yordamida zarba-kanatli
burg‘ilash uchun yengil qurilma:
1—stakan; 2—zarba shtangasi; 3—kanat; 4—rolik; 5—machta;
6—dvigatel; 7—lebyodka; 8—lebyodka dastasi.
4
3
3
5
6
7
8
2
1


43
Shnekli burg‘ilash usulining afzalligi — yuqori mexanik tezligi
(40—80  m/soat  gacha),  montaj-demontaj  ishlari  va  yordamchi
operatsiyalarni bajarish uchun kam vaqt sarflanishidir; kolonkaviy
shnek  ishlatilganda  namunalar  olish  imkoni;  katta  diametrdagi
quduqni  qazish;  yuvish  suyuqligiga  ehtiyoj  yo‘qligidir.  Shnekli
burg‘ilashning kamchiliklari  katta quvvat sarfi, kichik burg‘ilash
chuqurligi, faqat yumshoq tog‘ jinslarini burg‘ilashi va sifatli geologik
hujjatlashtirishning murakkabligidir.
Shnekli burg‘ilashda burg‘ilash snaryadi shneklar kolonkasidan
va jinslarni parchalovchi asbob — dolotodan tarkib topgan.
Namunalar olish kerak bo‘lganda burg‘ilash snaryadi tarkibiga
kolonkaviy doloto kiritiladi.
Jinslarni  parchalash  uchun  dolotolar  ishlatiladi  va  ularning
konstruksiyalari ishlatish sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi.
Shnekli burg‘ilashda jinslarni parchalash uchun ikki va uch
kurakchali  pog‘onali  keskich  qirrasiga  ega  bo‘lgan  dolotolar
ishlatiladi.
ÄÁØ    rusumidagi    ikki  va  uch    kurakchali    dolotolarning
pog‘onali keskich  qirralari  plastinkali kesgichli  1, yon qirralari
esa sakkiz qirrali 2  qattiq qotishmalar bilan qurollangan  bo‘ladi
(2.5-rasm,  a).
ÄPØ rusumidagi dolotolar quyma po‘latdan ishlangan korpus
1, ikkita kurakchasi dan iborat. Kurakchalar 3 qattiq qotishmali
tishlar bilan qurollangan bo‘ladi (2.5-rasm, b).
2.5-rasm.
  Shnekli burg‘ilash uchun dolotolar.
D — doloto diametri.
a
b
1
2
2
1
D
3


44
Shnek quvurdan iborat bo‘lib, uning tashqi qismiga qalinligi
5—7 mm bo‘lgan po‘lat tasma vint bo‘ylab payvandlangan bo‘ladi.
Qattiq  qo‘shimchalari  bo‘lgan  jinslarni  burg‘ilash  uchun  tasma
qalinligi 8—15 mm bo‘lgan og‘irlashtirilgan shneklar ishlatiladi.
Shneklarning  uzunligi  1,5—3,0  m  va  diametri  75—300  mm  ni
tashkil etadi (2.6-rasm).
Vint  yo‘li  bo‘yicha  po‘lat tasmaning  qadami  shnek diametr-
larining 70—90% uzunligida qabul  qilinadi. Shneklar o‘zaro va
doloto  bilan  rezba  yordamida  yoki  rezbasiz  qulflar  bilan
tutashtiriladi.

Download 8,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish