O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Rahimov quduqlarni burg‘ilash



Download 8,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/173
Sana29.12.2021
Hajmi8,56 Mb.
#79963
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   173
Bog'liq
quduqlarni burgilash

Vibrator  (2.9-rasm, d) — qarama-qarshi tomonga aylanadigan
debalanslar  yordamida  vertikal  tebranma  harakatni  hosil  qiladi.
Ekssentrik joylashtirilgan yuklar ikkita valga mahkamlangan bo‘lib,
ulardan biri ponasimon tasma yordamida elektrodvigatel bilan tutash-
tirilgan.
Hosil bo‘ladigan vertikal kuch doimo  yo‘nalishini o‘zgartirib
turadi va vertikal tebranma harakatni  vujudga  keltiradi. Bu tebranma
harakatlar burg‘ilash quvurlari orqali  burg‘ilash snaryadiga uzatiladi.
Vibromolot  (2.9-rasm, b) deb shunday vibratorga aytiladiki,
uning  tebranma  harakatlari  molot  bilan  nakovalnyaga  beriladi.
Nakovalnya faqat pastga tomon yo‘nalgan  harakatni qabul qiladi va
bu harakatni  burg‘ilash snaryadiga uzatadi.
Òebranma  burg‘ilashning  samaradorligi  vibroyuklagichning
og‘irligiga,  ekssentriklarning  momentiga,  aylanish  chastotasi  va
tebranish  amplitudasiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Quduqning  chuqurligi
oshgan sari burg‘ilash  snaryadining og‘irligi ortib boradi, natijada
jinslarni parchalovchi asbobning tebranish amplitudasi  kamayadi.
Shuning  uchun  ham  yuqorida  o‘rnatilgan  vibratorlar  bilan
burg‘ilashning samarali chuqurligi 25—30 metrni tashkil etadi.
Òebranma burg‘ilash yuqorida  o‘rnatiladigan va quduq ichiga
tushiriladigan vibromexanizmlar  bilan amalga  oshiriladi. Quduqqa
tushiriladigan vibromexanizm jinslarni parchalovchi asbobning ustiga
joylashtiriladi va kabel-kanat yordamida quduqqa tushiriladi, chu-
qurlashgan sari kabel-kanat ham tushirib boraveriladi.  Quduqqa  tushi-
riladigan vibromexanizmlar yordamida yuqorida ishlovchi vibratorlarga
qaraganda  chuqurroq  quduqlarni  burg‘ilash   mumkin  bo‘ladi.
Òebranma burg‘ilashda jinslarni parchalovchi asbob sifatida
vibrozondlar, gruntonoslar va vibrojelonkalar ishlatiladi (2.10-rasm).
Jinslarni  parchalovchi  asbob  turlari  jinslarning  fizik-mexanik
xususiyatlariga va quduqning qanday maqsadda burg‘ilanishiga bog‘liq
bo‘ladi.  Vibrozondlar    quruq  qum  va  bog‘langan  gil  jinslarni
burg‘ilashda ishlatiladi.
Vibrozond  yupqa  qalinlikdagi  choksiz  uzunligi  1,5—3  metr
bo‘lgan quvurlardan  iborat bo‘lib,  uning  ostki qismi o‘tkirlangan
bashmakdan  va bo‘ylama bo‘yicha ochilgan darchadan  iboratdir.
Bu  ochilgan  darcha  quduqdan  ko‘tarilgan  jinslarni  kuzatish  va
zondni jinslardan tozalash imkonini beradi.
Buzilmagan strukturaga ega bo‘lgan jinslar namunalarini olish
uchun  gruntonoslar  ishlatiladi.  Gruntonos  ajraladigan  quvur  1,
ichki  ajraladigan  vkladish,  bashmak  2,  o‘tgich  va  klapanlardan


51
tashkil topgan. Gruntonos quduqdan ko‘tarilayotganda namuna
jinslar gilza ichida klapan yordamida hosil bo‘ladigan vakuum hisobiga
saqlanib turadi.
Vibrojelonkalar yuqori namlikka ega bo‘lgan va sust bog‘-
langan  jinslarni  burg‘ilash  uchun  ishlatiladi.  Jinslarni  ushlab
qolish uchun jelonkaning ostki qismida klapan ko‘zda tutilgan.
Mustahkam bo‘lmagan jinslarda quduq obsadka quvurlari bilan
mustahkamlanadi va u vibrator yordamida quduqqa  botiriladi. Quvur
ichidagi  jinslar jelonka yoki gruntonoslar yordamida chiqarib olinadi.
Chuqurligi  5—6 metr bo‘lgan quduqlarni yumshoq jinslarda
burg‘ilash bir reys bilan amalga oshiriladi.  Chuqurroq quduqlarni
burg‘ilash uchun takroriy reyslar ishlatiladi. Reys burg‘ilash uzunligi
jinslarning zichligiga  bog‘liq bo‘lib, 0,3—3 metrni tashkil etadi.
Òebranma burg‘ilashning turli chuqurliklaridagi ish unumdorligi
quyida keltirilgan.
Quduq chuqurligi,   m                    10             20        30
Ish unumdorligi,    m / smena   50—60         25        20
Hozirgi  paytda  quduqlarni  burg‘ilash,  obsadka  quvurlarini
tushirish va chiqarib olish uchun turli vibrator va vibromolotlar
ishlab chiqarilgan. Ayrim vibromexanizmlarning mexanik xarakte-
ristikalari 2.3-jadvalda  keltirilgan.
2.10-rasm.
 Òebranma  burg‘ilash uchun  asboblar:
a—vibrozond; b—gruntonos; d—vibrojelonka.
a
b
d
2
1
2
1
2
1
3


52
2.3-jadval
Òebranma  usul  bilan    quduqlarni  burg‘ilash  uchun  maxsus
burg‘ilash qurilmalari ishlatiladi va ularning tarkibiga vibrator yoki
vibromolot, machta, lebyodka, dvigatel, elektr energiyasi manbayi
kiradi.  Bu  uskunalar  va  yordamchi  asboblar  transport  bazasiga
joylashtirilgan bo‘ladi.
AÂÁ-2 M qurilmasi diametrlari 168—108 mm bo‘lgan muhan-
dislik-geologik quduqlarni tebranma usul bilan 20 metrgacha  burg‘i-
lashi  mumkin.  Qurilma  bir  quvurli  balandligi  7,5  metr  bo‘lgan
machta va yuk ko‘taruvchanligi 40 kN  bo‘lgan planetar lebyodkadan
tashkil topgan. Asosiy ishchi organ sifatida hosil qiladigan kuchi 35 kN
bo‘lgan vibrator ishlatiladi. Qurilma ÃÀÇ-66 avtomashinasiga montaj
qilingan. Qurilmaning va unga tegishli uskunalarning massasi  6,5 t.

Download 8,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish