B. M. SOTIBOLDIYEV
— Olmazor kasb-hunar
politexnika kolleji maxsus fanlar o‘qituvchisi;
B. I. MIRXODJAYEV
— Tosh DTU dotsenti.
Ò a q r i z c h i l a r:
3
KIRISH
1-§.
Burg‘ilash ishlarining ahamiyati va vazifalari
O‘zbekiston sanoati va qishloq xo‘jaligini ko‘p yillar davomida
barcha turdagi mineral xomashyolar bilan ta’minlash uchun
geologiya-qidiruv ishlari hajmini va sifatini oshirib borish zarur.
Qidirish ishlarini olib borishda razvedkaviy burg‘ilash ishlari
muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham foydali qazilmalarni
razvedka qiladigan mutaxassislar burg‘ilash asoslarini yaxshi
bilishlari va geologiya-qidiruv ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan
quduqlarni turli usullar bilan burg‘ilash haqida bilimlarga ega
bo‘lishlari kerak.
Burg‘ilash ishlarining asosiy vazifasi zamindan ishonchli
ma’lumotlar olishdan iboratligi sababli, mutaxassislar quduqlardan
yetarli miqdordagi namunalar olish texnologiyalarini bilishlari
kerak bo‘ladi.
Jahondagi barcha rivojlangan mamlakatlarning aksariyatida
iste’mol qilinadigan umumiy tabiiy resurslarning 70 % dan
ziyodini yer qa’ridan qazib olinadigan mineral xomashyolar tash-
kil etadi.
Respublikamizda 2900 dan ortiq konlar va istiqbolli ma’dan
namunalari, mineral xomashyoning 100 dan ortiq turi aniq-
langan. Mingga yaqin konlar razvedka qilingan va ularning
50% ga yaqini kon sanoati ishlab chiqarishiga tayyorlangan va
topshirilgan.
Razvedka qilingan qazilma boyliklarning zaxiralari 1 trilliondan
ortiq, mamlakatimizning umumiy mineral xomashyo potensiali
esa 3,5 trilliondan ortiq AQSH dollariga teng.
Barcha mamlakatlardagi kabi O‘zbekistonning mustaqilligini
tabiiy va mineral xomashyo bazasisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Ochilgan va ishga tushirilgan konlar bazasida 400 dan ortiq
rudnik, karyer, shaxta, neft va gaz konlari, mineral xomashyo-
larni qayta ishlovchi zavod va fabrikalar ishlamoqda.
4
Qator muhim foydali qazilmalar oltin, mis, uran, tabiiy gaz
va volfram zaxiralari bashorat resurslari bo‘yicha O‘zbekiston
dunyoda yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda.
Foydali qazilma konlarini izlash va razvedka qilish ishlari bir
necha davrda amalga oshiriladi. Yer qa’rini o‘rganishning barcha
davr va bosqichlarida burg‘ilash va konchilik ishlari keng ko‘lamda
qo‘llaniladi. Lekin yer qa’rining tuzilishi va foydali qazilmalar haqida
geologik ma’lumotlar beradigan quduqlarni burg‘ilashdan sama-
raliroq va arzonroq usul yo‘q.
Burg‘ilash quduqlaridan olinadigan namuna — kern geologik
kesmalar va xaritalar tuzish uchun ko‘p qirrali ma’lumotlar beradi.
Burg‘ilash quduqlari geofizik va gidrogeologik tadqiqotlar o‘tkazish
uchun muhim obyekt hisoblanadi.
Burg‘ilash ishlari xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida ham
keng qo‘llanilmoqda. Burg‘ilash ishlarisiz sanoat qurilishini, shahar
va qishloqlarni ichimlik suvi bilan ta’minlashni, qishloq xo‘jaligida
yerlarni sug‘orish va quritishni, gaz, neft, uran, mineral va
shifobaxsh suvlar kabi foydali qazilmalarni olish ishlarini tassavvur
qilib bo‘lmaydi.
Quduqlarni burg‘ilash orqali mamlakatimizning mudofaa
qudratini oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, ochiq gaz va
neft fontanlarini tugatish, ko‘mirni yer ostida gazifikatsiyalash,
metropolitenlarni qurish kabi ko‘p masalalar hal qilinadi.
Mamlakatimizning xomashyo bazasini kengaytirish — geolo-
giya-qidiruv xodimlarining asosiy vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Bu masalalarni hal qilishda geologiya-qidiruv sohasidagi texnik
taraqqiyotning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan razvedkaviy
quduqlarni burg‘ilash texnika va texnologiyasini yanada takomillash-
tirish katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish amaldagi
burg‘ilash uskunalarini modernizatsiyalash va yangilarini bunyod
etish, eng avvalo, quduqlarni burg‘ilash sifatini va unumdorligini
oshirishga yo‘llangan bo‘lishi kerak. Bu masalalarni hal qilishda,
burg‘ilash ishchi-xodimlarining malakalarini oshirish va burg‘ilash
ishlarini tayyorlashda ushbu yozilgan qo‘llanma yaqindan yordam
beradi deb umid qilaman.
Razvedkaviy burg‘ilash o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda
yaqindan yordam bergan laboratoriya mudiri G. A. Yuldasheva va
laborant F. Ò. Karabayevaga chuqur minnatdorchilik bildiraman.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |