O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Rahimov quduqlarni burg‘ilash


-§. Jinslarning paydo  bo‘lishiga  qarab klassifikatsiyasi



Download 8,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/173
Sana29.12.2021
Hajmi8,56 Mb.
#79963
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   173
Bog'liq
quduqlarni burgilash

1.7-§. Jinslarning paydo  bo‘lishiga  qarab klassifikatsiyasi
Yerning litosfera qobig‘i har xil tog‘ jinslaridan iborat. Òog‘
jinslari deb, yer qobig‘ining katta qismini egallagan va bir yoki bir
necha minerallar to‘plamidan iborat tabiiy birikmalarga aytiladi.
Òog‘ jinslari hosil bo‘lish sharoiti va tarkibiga qarab uchta guruh:
magmatik, metamorfik va cho‘kindi guruhlariga bo‘linadi.
Magmatik tog‘ jinslari effuziv va intruziv jinslarga bo‘linadi.
Effuziv jinslar magmaning yer yuzasiga otilib chiqib qotishidan
hosil bo‘ladi. Bu jinslar (bazalt, diabaz, andezit, porfirit, liðarit,
felzit)  mayda  zarrachali  shishasimon  va  porfirli  struktura  bilan
xarakterlanadi va yuqori mustahkamlikka, kam abrazivlilikka ega
bo‘ladi. Intruziv jinslar magmaning yer yuziga otilib chiqa olmas-
dan, asta-sekin uning chuqur qismlarida qotishi natijasida hosil
bo‘ladi.  Ular  (granit,  siyenit,  diorit,  gabbro,  peridoditlar)  yirik
kristalli  strukturaga  ega  bo‘lib,  kam  mustahkamlikka  va  yuqori
abrazivlilikka ega bo‘ladi.
Asosan  bir  xil  minerallardan  tarkib  topgan  magmatik  tog‘
jinslari katta qattiqlik va abrazivlilikka ega, burg‘ilashga kam qarshi-
lik ko‘rsatadi. Bu guruhdagi jinslar, asosan, olmosli koronkalar
bilan hamda gidro- va pnevmourgichlar bilan burg‘ilanadi.
Cho‘kindi  tog‘  jinslari  beqaror  xususiyatlarga  ega  bo‘lib,
magmatik  tog‘  jinslaridan  o‘zining  kam  mustahkamligi  bilan
farqlanadi. Cho‘kindi jinslar kompleksiga serg‘ovak bo‘sh yotqiziqlar
zarrachalari, o‘zaro bog‘lanmagan (qum, shag‘al, graviy) serg‘ovak
yotqiziqlar, qovushqoq (sog‘ tuproq, tuproq yotqiziqlari) va o‘zi-
ning mexanik xususiyatlari bilan magmatik jinslarga yaqin turadigan


17
qattiq jinslar (ohaktosh, dolomit, qumtosh, alevrolit, konglomerat
va boshqalar) kiradi.
Bu  kompleksdagi  jinslar  qattiq  qotishmali  koronkalar  bilan
yaxshigina burg‘ilanadi, biroq tarkibida ko‘p kvars, boshqa ruda
minerallari  yoki  karbonatlar  va  boshqa  qattiq  sementlar  bilan
sementlangan jinslar olmosli koronkalar bilan burg‘ilanadi.
Metamorfik tog‘ jinslari yer qobig‘ining ma’lum chuqurligida
yuqori harorat, kuchli bosim va kimyoviy aktiv moddalar ta’sirida
magmatik va cho‘kindi jinslarning qayta kristallanib o‘zgarishidan
hosil bo‘ladi. Metamorfik jinslarga gneys, slanes, marmar, kristalli
kvarsit,  jespilit,  rogovik,  skarn  va  boshqalar  kiradi.  Bu  jinslar
metamorfizm jarayoni xarakteriga bog‘liq holda yuqori yoki kichik
mustahkamlikka ega bo‘lishi mumkin, bo‘sh, maydalangan yoki
qattiq monolit holatga aylanishi mumkin.
Kristall slanes, marmar, fillitlar qattiq qotishmali koronkalar
bilan  yengil  burg‘ilanadi.  Rogovik,  kvarsit,  jespilit  kabi  kvarsli
jinslarni olmosli koronkalar, zarba-aylanma va termik usullar bilan
burg‘ilash yaxshi samara beradi.
Skarnlar mineral tarkibining va zarrachalari kattaligining rang -
barangligi  bilan  alohida  ajralib  turadi.  Ularning  fizik-mexanik
xususiyatlari va burg‘ilanishi o‘zgarmas qiymatga ega emas.

Download 8,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish