O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Rahimov quduqlarni burg‘ilash


-§. Òog‘ jinslarining burg‘ilanishi



Download 8,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/173
Sana29.12.2021
Hajmi8,56 Mb.
#79963
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   173
Bog'liq
quduqlarni burgilash

1.15-§. Òog‘ jinslarining burg‘ilanishi
bo‘yicha klassifikatsiyasi
Burg‘ilanish deganda, tog‘ jinslarining turli jinslarni parcha-
lovchi  asboblar  ta’sirida  parchalanishi  tushuniladi.  Burg‘ilanish
ma’lum vaqt birligida berilgan jinsda o‘tilgan masofa qiymati bilan
aniqlanadi va metr/soat, santimetr/minut yoki millimetr/sekund-
larda o‘lchanadi.
Burg‘ilanish — o‘zgaruvchan qiymat bo‘lib, u jinslarning fizik-
mexanik xususiyatiga, jinslarni parchalovchi asboblarning sifatiga,
burg‘ilash texnologiyasining holatiga, ishni tashkil etishga, burg‘i-
lovchilarning  malakasiga  va  boshqalarga  bog‘liqdir.  Geologik
tashkilotlarning texnik ta’minlanishining o‘zgarishi va takomillashishi
natijasida tog‘ jinslarining burg‘ilanishi o‘zgarib boradi.
Òog‘ jinslarining burg‘ilanishi ularning mexanik chidamliligi,
qattiqligi va abrazivligi bilan aniqlanadi. Jinslarning mexanik tezligi
yoki burg‘ilanishi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib boradi. Bu holat jinslarni
parchalovchi asboblarning abraziv yeyilishiga bog‘liqdir. Burg‘ilanish
jinslarning donadorligiga bog‘liqdir. Zarrachalar donadorligining
kichrayishi burg‘ilanishning ham sezilarli darajada kamayishiga olib
keladi,  chunki  mayda  o‘lchovdagi  mineral  zarrachalar  yirik
zarrachalarga nisbatan katta nisbiy mexanik chidamlilikka ega bo‘ladi.
Shuningdek, burg‘ilanish sement miqdoriga va qattiqligiga ham
bog‘liqdir. Misol uchun, kremniyli sementga ega bo‘lgan qumtosh
ohaktosh sementiga ega bo‘lgan qumtoshga nisbatan sekin burg‘i-
lanadi.
Òog‘  jinslarining  burg‘ilanishi  ko‘proq  jinslarning  anizotro-
piyasini aniqlovchi — tekstura belgilariga bog‘liqdir.
Ko‘pgina  jinslar  ularga  tog‘  hosil  bo‘lishi  jarayonlari  ta’siri
natijasida  o‘zaro  perpendikular  yo‘nalishi  bo‘yicha  turli  fizik-
mexanik  xususiyatlarga  egadir.  Bunday  jinslar  anizotrop  jinslar
deb ataladi.
Òog‘ jinslarining burg‘ilanishi shu bilan birga burg‘ilash usuliga,
aniqrog‘i, tog‘ jinslarini parchalash usuliga ham bog‘liqdir. Bu esa
qo‘llanilayotgan jinslarni parchalovchi asbob va qo‘yilayotgan kuch
xarakteri (statik, dinamik yoki kombinatsiyali) bilan aniqlanadi.
Shuning  uchun  ham  turli  burg‘ilash  usullari  uchun  jinslarni
burg‘ilash bo‘yicha alohida klassifikatsiyalar ishlab chiqilgan.
Jumladan, burg‘ilashning aylanma usuli uchun barcha jinslar
o‘n ikki kategoriyaga bo‘lingan, zarbali burg‘ilanishda yettita, sochma


29
konlarni razvedka qilishda — oltita, qo‘l bilan zarba-aylanma bur-
g‘ilashda — beshta kategoriyaga bo‘lingan.
Òog‘ jinslarining burg‘ilanish bo‘yicha klassifikatsiyasi burg‘ilash
ishlarini  rejalashtirishda,  loyihalashtirishda,  mablag‘  ajratishda
yagona  kriteriy  sifatida  zarur;  asbob-uskunalar  va  materiallarga
bo‘lgan ehtiyojni aniqlash uchun; geologiya-qidiruv tashkilotlarida
turli  geologik  sharoitlarda  mehnat  qiluvchi  ishchilar  mehnatini
normallashtirish uchun zarurdir. Berilgan jinslarning burg‘ilanish
bo‘yicha kategoriyasini aniqlash uchun olingan kerndan ikki-uch
namuna  olinadi  va  ÏÎÀÏ-2M  asbobida  dinamik  chidamlilik
koeffitsiyenti F
d
 va abrazivlilik koeffitsiyenti K
a
  aniqlanadi.
Quyidagi  formula  yordamida  umumlashtirilgan  ko‘rsatkich
aniqlanadi:

m  
= 3 F
d
0,8    
K
a
.
Aylanma burg‘ilash uchun jinslarning burg‘ilanishi bo‘yicha
klassifikatsiyasi  1.4-jadvalda keltirilgan, u yerda berilgan kategoriya-
larga kiruvchi jinslar keltirilgan.
1.4-jadval

Download 8,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish