O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Rahimov quduqlarni burg‘ilash


-§.  Òog‘ jinslarining chidamliligi



Download 8,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/173
Sana29.12.2021
Hajmi8,56 Mb.
#79963
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   173
Bog'liq
quduqlarni burgilash

1.10-§.  Òog‘ jinslarining chidamliligi
Òog‘  jinslarining  chidamliligi  deb  jinslarni  tashkil  etuvchi
zarrachalar  orasidagi  bog‘liqlikni  buzishga  qaratilgan  tashqi
kuchlarga  qarshilik  ko‘rsatish  xususiyatiga  aytiladi.  Chidamlilik
deformatsiya kuchlariga bog‘liq bo‘ladi, shuning uchun ham uni
egilishdagi, siqilishdagi, cho‘zilishdagi va  o‘yib olishdagi chidam-
liliklarga ajratish mumkin.
Jinslarning chidamliligi ularning mineral tarkibiga, struktura-
siga,  teksturasiga,  g‘ovakligiga,  zarrachalar  orasidagi  bog‘liqlik
xarakteriga, zarrachalarning qattiqligiga va nuraganligiga bog‘liqdir.
Mayda  zarrachali  jinslar  yirik  zarrachalilarga  qaraganda  katta
chidamlilikka ega bo‘ladi. Sementlangan jinslarning chidamliligi
sement turiga bog‘liq bo‘lib, odatda, u yopishqoq jinslar chidam-
liligidan kam bo‘ladi va nuragan jinslarda juda ham kam bo‘ladi. Gil
jinslarning chidamliligi ularning namlanishi bilan kamayib boradi.
Bir turdagi jins g‘ovakligining kamayishi hamda zichligining oshib
borishi ularning chidamliligini  oshiradi.
Òog‘ jinslari siqilishda eng katta chidamlilikni namoyon etadi
va u jinslarning siqilishdagi  vaqtincha qarshiligi  bilan xarakterlanadi:

siq 
F,
bu yerda, P — namuna (jins) ni parchalovchi kuch,  N;
F — siqilayotgan namunaning ko‘ndalang kesim yuzasi, m
2
.
Siqilishdagi chidamlilik gidravlik presslarda aniqlanadi.
Siqilishdagi eng kichik qarshilik qiymati bir o‘q bo‘ylab siqil-
ganda kuzatiladi,  ikki o‘q bo‘ylab siqilganda jinslarning qarshiligi
1,5—2 marta ortadi. Har tomonlama (hajmli) siqilishda (quduq
zaboyidek) jinslarning qarshiligi keskin oshadi. Òog‘ jinslarining
siqilishda ko‘rsatayotgan qarshiligi kristallografik o‘qlarga, qatlam-


21
lanish va slaneslanishga nisbatan turli yo‘nalishlarda har xil bo‘ladi.
Misol  uchun,  slanesli  jinslarning  slaneslanish  tekisligi  bo‘ylab
chidamliligi shu tekislikka perpendikular yo‘nalishdagi chidamli-
likning 0,5—0,75 ni tashkil etadi.
Jinslarning o‘yib olishdagi chidamliligi siqilishdagi chidamlili-
giga qaraganda 10—15 marta kam, cho‘zilishdagi chidamlilik esa o‘yib
olishdagi chidamlilikka qaraganda 1,5—2 marta kam bo‘ladi.
Òog‘ jinslarini fizik-mexanik xususiyatlari va burg‘ilanishiga
qarab  klassifikatsiyalaganda  hamda  zarbali  va  zarba-aylanma
burg‘ilash usullari jarayonini o‘rganishda dinamik chidamlilikdan
foydalaniladi.
Òog‘  jinslarining  dinamik  chidamliligi  ÏOAÏ-2M  asbob
komplektining tarkibiy qismini tashkil etuvchi ÏOÊ asbobi yorda-
mida aniqlanadi. ÏOK asbobi naychasimon stupadan va  hajm
o‘lchagichdan iborat.
Sinov  uchun  46—59  mm  diametrlar  bilan  burg‘ilaganda,
uzunligi 20—25 sm bo‘lgan va 76—93 mm diametrlar bilan burg‘i-
laganda uzunligi 15—18 sm bo‘lgan kern olinadi.
Sinalayotgan tog‘ jinslari namunalari ko‘ndalangiga 1,5—2 sm
bo‘lgan bo‘laklarga maydalanadi. Bu bo‘laklardan har biri beshtadan
1.4-rasm. Òog‘ jinslarining dinamik chidamliligini aniqlash
uchun ÏOK asbobi.
3
2
81
4
1
90
7
5
0
1
0
0
1
0
0
3
1
2
140
100
50
1
7
5
1
6
0
25


22
bo‘lak bo‘lgan namunaga ajratiladi  (namunaning hajmi 15—20 sm
3
).
Har  bir  namuna  naychasimon  stupa  2  solinadigan  stakan  1  ga
joylashtiriladi va massasi 2 kg bo‘lgan yukni 30,6 m balandlikdan
10 marta tashlab tolqonlanadi. Òolqonlangan beshta namunadagi
jins teshiklari 0,5 mm bo‘lgan metall  elakka solinadi va elanadi.
Elakdan o‘tgan materiallar hajm o‘lchagich naychasi 1 ga solinadi,
solinayotgan mayda zarrachalarni zichlash maqsadida naycha stvoli
stolga yengil-yengil urib turiladi. Shundan so‘ng, naycha ichiga
porshen    tushiriladi va shkala bo‘yicha millimetrlarda  hisob olinadi.
Dinamik chidamlilik ko‘rsatkichi:
F
q
= 20 · n / h = 200 / h,
bu yerda, n — yukni tashlab yuborish soni.
F
q
 ning qiymati ikki marta o‘lchangan qiymatlarning  o‘rtachasi
qilib olinadi.
Dinamik chidamlilik bo‘yicha jinslar guruhi quyidagi 1.1-jadvalda
keltirilgan.
1.1-jadval

Download 8,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish