O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Rahimov quduqlarni burg‘ilash



Download 8,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/173
Sana29.12.2021
Hajmi8,56 Mb.
#79963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173
Bog'liq
quduqlarni burgilash

B. M. SOTIBOLDIYEV
  — Olmazor kasb-hunar
politexnika kolleji maxsus fanlar o‘qituvchisi;
B. I. MIRXODJAYEV
  — Tosh DTU  dotsenti.
Ò a q r i z c h i l a r:


3
KIRISH
1-§. 
Burg‘ilash ishlarining ahamiyati va vazifalari
O‘zbekiston sanoati va qishloq xo‘jaligini ko‘p yillar davomida
barcha  turdagi  mineral  xomashyolar  bilan  ta’minlash  uchun
geologiya-qidiruv  ishlari hajmini va sifatini oshirib borish zarur.
Qidirish  ishlarini  olib  borishda  razvedkaviy  burg‘ilash  ishlari
muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham foydali  qazilmalarni
razvedka  qiladigan  mutaxassislar  burg‘ilash  asoslarini  yaxshi
bilishlari  va    geologiya-qidiruv  ishlari  bilan  bog‘liq  bo‘lgan
quduqlarni  turli  usullar  bilan  burg‘ilash  haqida  bilimlarga  ega
bo‘lishlari kerak.
Burg‘ilash    ishlarining  asosiy  vazifasi  zamindan  ishonchli
ma’lumotlar olishdan iboratligi  sababli, mutaxassislar quduqlardan
yetarli miqdordagi  namunalar  olish texnologiyalarini bilishlari
kerak  bo‘ladi.
Jahondagi barcha rivojlangan mamlakatlarning aksariyatida
iste’mol  qilinadigan  umumiy  tabiiy  resurslarning  70 %  dan
ziyodini yer qa’ridan qazib olinadigan mineral xomashyolar tash-
kil etadi.
Respublikamizda 2900 dan ortiq konlar va istiqbolli ma’dan
namunalari,  mineral  xomashyoning  100  dan  ortiq  turi  aniq-
langan. Mingga yaqin konlar razvedka qilingan va ularning
50% ga yaqini kon sanoati ishlab chiqarishiga tayyorlangan va
topshirilgan.
Razvedka qilingan qazilma boyliklarning zaxiralari 1 trilliondan
ortiq, mamlakatimizning  umumiy mineral xomashyo potensiali
esa 3,5 trilliondan ortiq AQSH dollariga teng.
Barcha mamlakatlardagi kabi O‘zbekistonning mustaqilligini
tabiiy va mineral xomashyo bazasisiz  tasavvur etib bo‘lmaydi.
Ochilgan va ishga tushirilgan  konlar bazasida 400 dan ortiq
rudnik,  karyer, shaxta,  neft va  gaz  konlari, mineral  xomashyo-
larni qayta ishlovchi zavod va fabrikalar ishlamoqda.


4
Qator muhim foydali qazilmalar oltin, mis, uran, tabiiy gaz
va  volfram zaxiralari  bashorat resurslari  bo‘yicha O‘zbekiston
dunyoda yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda.
Foydali qazilma konlarini izlash va razvedka qilish ishlari bir
necha davrda  amalga oshiriladi. Yer qa’rini o‘rganishning  barcha
davr va bosqichlarida burg‘ilash va konchilik ishlari keng ko‘lamda
qo‘llaniladi. Lekin yer qa’rining tuzilishi va foydali qazilmalar haqida
geologik ma’lumotlar beradigan  quduqlarni burg‘ilashdan sama-
raliroq va arzonroq usul yo‘q.
Burg‘ilash quduqlaridan olinadigan namuna — kern geologik
kesmalar va xaritalar tuzish uchun ko‘p qirrali ma’lumotlar beradi.
Burg‘ilash quduqlari geofizik va gidrogeologik tadqiqotlar o‘tkazish
uchun muhim obyekt hisoblanadi.
Burg‘ilash ishlari xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida ham
keng qo‘llanilmoqda. Burg‘ilash ishlarisiz sanoat qurilishini, shahar
va qishloqlarni ichimlik suvi bilan ta’minlashni, qishloq xo‘jaligida
yerlarni  sug‘orish  va  quritishni,  gaz,  neft,  uran,  mineral  va
shifobaxsh suvlar kabi foydali qazilmalarni olish ishlarini tassavvur
qilib bo‘lmaydi.
Quduqlarni  burg‘ilash  orqali  mamlakatimizning  mudofaa
qudratini oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, ochiq gaz va
neft  fontanlarini  tugatish,  ko‘mirni  yer  ostida  gazifikatsiyalash,
metropolitenlarni qurish kabi ko‘p masalalar hal qilinadi.
Mamlakatimizning xomashyo bazasini kengaytirish — geolo-
giya-qidiruv xodimlarining asosiy vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Bu masalalarni hal qilishda geologiya-qidiruv   sohasidagi texnik
taraqqiyotning  muhim  tarkibiy  qismi  bo‘lgan  razvedkaviy
quduqlarni burg‘ilash texnika va texnologiyasini yanada takomillash-
tirish katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish amaldagi
burg‘ilash uskunalarini modernizatsiyalash va yangilarini bunyod
etish, eng avvalo, quduqlarni burg‘ilash sifatini va unumdorligini
oshirishga yo‘llangan bo‘lishi kerak. Bu masalalarni hal qilishda,
burg‘ilash ishchi-xodimlarining malakalarini oshirish va burg‘ilash
ishlarini tayyorlashda ushbu yozilgan qo‘llanma yaqindan yordam
beradi deb umid qilaman.
Razvedkaviy  burg‘ilash  o‘quv  qo‘llanmasini  tayyorlashda
yaqindan yordam bergan laboratoriya mudiri G. A. Yuldasheva  va
laborant F. Ò. Karabayevaga chuqur minnatdorchilik bildiraman.


5

Download 8,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish