2-§. Burg‘ilash ishlari rivojlanishi haqida
qisqacha tarixiy ma’lumotlar
Ibtidoiy odamlar eramizdan 25 ming yil avval ham toshlardan
turli qurollar tayyorlash va ularga dastaklar mahkamlash uchun
ularni kremniyli burg‘ilar bilan parmalaganlar.
Misrda bundan 6 ming yil avval piramidalar qurishda aylanma
burg‘ilashdan foydalanilganligi ma’lum.
Xitoyda bundan 2 ming yil avval sho‘r suvlardan osh tuzini
ajratib olish uchun zarba usuli bilan quduqlar burg‘ilangan.
Ko‘hna rimliklar ham turli maqsadlar uchun burg‘ilashdan
foydalanganlar.
1126-yili Fransiyaning Artua provinsiyasida birinchi artezian
qudug‘i burg‘ilangan.
Rossiyada burg‘ilash ishlarining boshlanishi XV—XVII asrlarda
tuz konlarining rivojlanishi bilan bog‘liq edi. Solikamsk shahri
yaqinida chuqurligi 100 metr va diametri 1 metr bo‘lgan quduq
belgilari topilgan. Burg‘ilash ishlarining Rossiyadagi rivoji XIX
asrlarga to‘g‘ri keladi — shahar va korxonalarni suv bilan ta’minlash
maqsadida: 1824—1831-yillari Odessa shahrida, 1831—1833-yillari
Peterburg shahrida, 1833-yili Kerch shahrida, 1876-yili Moskva
shahrida birinchi suv quduqlari burg‘ilandi.
Sanoatning rivojlanishi bilan neft, ko‘mir va boshqa foydali
qazilmalarni razvedka qilish boshlandi. Krasnodar o‘lkasida 1866-
yili A.N. Novoselsev rahbarligida zarba usuli bilan qazilgan quduqdan
neft otilib chiqdi.
Kolonkaviy burg‘ilash usulining rivojlanishi shveysariyalik soat
ustasi J. R. Leshoning ishlari bilan boshlanadi. U 1862-yili Alp
tog‘idagi o‘tkazilgan temiryo‘l tonneli qurilishida portlatish quduq-
larini burg‘ilash uchun olmosli koronkalarni taklif etdi. Olmosli
burg‘ilashning keyingi takomillashuvi shved tog‘ muhandisi
R. A. Krelius nomi bilan bog‘landi. U 1880-yili burg‘ilash stanogini
ixtiro qildi. Bu stanok butun dunyo bo‘ylab keng tarqaldi. 1899-yili
prof. S.V. Voyslav birinchi bo‘lib olmosli burg‘ilash nazariyasini
yaratdi va original olmosli burg‘ilash uchun stanok ishlab chiqdi.
Rotorli burg‘ilash birinchi marta 1901-yili AQSH da ishlatildi,
Rossiyada rotorli usul bilan birinchi quduq 1901-yili Bokuda
burg‘ilandi. 1920-yildan boshlab bu usul neft quduqlarini
burg‘ilashda keng avj oldi va 1934-yilga kelib zarbali burg‘ilashni
siqib chiqardi.
6
Sobiq ittifoq davrida razvedkaviy kolonkaviy burg‘ilashning
rivojlanishi, birinchi navbatda, Kursk anomaliyasining birinchi
navbati bilan bog‘liqdir.
1929-yildan mamlakatimizda qattiq qotishmalarni ishlab
chiqarish yo‘lga qo‘yilgach, qattiq qotishmalar bilan burg‘ilash
ko‘mir, mineral tuz, marganes rudasi va boshqalarni razvedka qilishda
ishlatila boshlandi. 1960-yildan boshlab olmosli burg‘ilash gurkirab
rivojlana boshladi, yuqori oborotli stanoklar ixtiro qilindi, burg‘ilash
jarayonlari mexanizatsiyalashtirildi va avtomatlashtirildi. Mamla-
katimizda ko‘p zaboyli va yo‘naltirilgan burg‘ilash, qisilgan havo
yo‘li bilan burg‘ilash, yechiladigan kern qabul qiluvchi snaryad,
kernni gidrotransport yo‘li bilan ko‘tarish va gidrourgichli burg‘i-
lash va boshqalar ishlab chiqildi va muvaffaqiyat bilan ishlatilmoqda.
O‘zbekistonda birinchi razvedkaviy quduq 1926-yilda Shorsu
konida burg‘ilangan bo‘lib, uning chuqurligi 98 metrni tashkil etgan
edi. Keyinchalik, burg‘ilash ishlari Olmaliq va Angren shaharlari
atrofida ham olib borildi.
Ikkinchi jahon urushi yillari Rossiya, Belorussiya va Ukraina-
dan sanoat korxonalarining O‘zbekistonga ko‘chirib kelinishi muno-
sabati bilan geologiya-qidiruv ishlari strategik xomashyo — yoqilg‘i
va boshqa foydali qazilmalarni razvedka qilishga yo‘naltirildi.
1950—60-yillari geologiya-qidiruv ishlari bilan bir qatorda burg‘i-
lash ishlari ham keskin rivojlana boshladi.
Burg‘ilash ishlarini bajarish uchun yangi ÇÈÔ-300,
ÇÈÔ-650, ÇÈÔ-1200 rusumidagi burg‘ilash stanoklari, 11-
ÃðÁ, 9-ÌÃÐ, ÇÈÔ-200/40 turidagi burg‘ilash nasoslari, qattiq
qotishmali jinslarni parchalovchi asboblar va yuvish suyuqliklari
yaratildi.
Muruntov, Uchquduq, Xandiza, Qochbuloq, Gazli va
boshqa konlarning ochilishida burg‘ilash ishlari muhim o‘rin tutdi.
Shu yillari O‘zbekistonda sobiq ittifoqda birinchi bo‘lib, qisilgan
havo bilan quduqlarni burg‘ilash texnika va texnologiyasi ishlab
chiqildi. Bu usul Qizilqumdagi konlarni qidirishda muhim o‘rin
tutdi va bu texnika va texnologiya hozirgi kunda ham keng qo‘lla-
nilmoqda.
1970—80-yillarni — burg‘ilash texnika va texnologiyasini
yangitdan qurollanish davri deb hisoblasa bo‘ladi. Shu vaqtdan
boshlab qattiq jinslarni burg‘ilashda olmosli burg‘ilash usuli
hisoblanganligi uchun bu ishlarda yangi ÓÊÁ rusumidagi burg‘ilash
qurilmalari qo‘llanila boshladi.
7
1-BO‘LIM.
Do'stlaringiz bilan baham: |