Òayanchli quduqlar yirik geostrukturali regionlarning geologik
tuzilishini va gidrogeologik shartlarini o‘rganish uchun burg‘ilanadi.
Shu quduq natijalariga ko‘ra geologiya-qidiruv ishlarining yirik
istiqbolli yo‘nalishlari tanlanadi.
Parametrik quduqlar tog‘ jinslarining tabiiy yotish sharoitlari-
dagi geofizik xususiyatlari parametrlarini va haroratini o‘lchash
uchun burg‘ilanadi.
Struktura-kartirovkali quduqlar geologik strukturalarni, tog‘
jinslari qatlamlari yotish elementlarini o‘rganish va aniqlash uchun,
hamda geologik va geofizik suratga tushirish ma’lumotlarini tekshirish
va ularga aniqlik kiritish uchun burg‘ilanadi.
11
Do'stlaringiz bilan baham: |