O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Rahimov quduqlarni burg‘ilash



Download 8,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/173
Sana29.12.2021
Hajmi8,56 Mb.
#79963
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   173
Bog'liq
quduqlarni burgilash

Nazorat uchun savollar
1. «Burg‘ilash» va «quduqlarni bunyod etish» tushunchalariga izoh
bering.
2. Quduqlarni burg‘ilashda qanday ishlar bajariladi?
3. Quduqlarni bunyod etishda qanday ishlar bajariladi?


14
1.5-§.  Burg‘ilash usullari  klassifikatsiyasi
Quduqlarni bir-birlaridan o‘zining fizik mohiyati bilan tubdan
farq  qiladigan  usullar  bilan  burg‘ilash  mumkin.  Ular  jumlasiga
burg‘ilashning mexanik, fizik va kimyoviy usullari kiradi.
Burg‘ilashning mexanik usuli keng tarqalgan bo‘lib, parchala-
nayotgan  jinslarga bo‘lgan  ta’siriga qarab  bu usul  quyidagilarga
bo‘linadi; aylanma, zarbali va zarba-aylanma.
Bu usullardan eng keng tarqalgani aylanma burg‘ilash bo‘lib,
bunda  jinslarni  parchalovchi  asbobga  aylanma  harakat  maxsus
mexanizm — shpindel yoki rotor yordamida burg‘ilash quvurlari
kolonnasi  yoki  zaboy  dvigatellari  (gidravlik  yoki  elektr)  orqali
uzatiladi. Shuning uchun ham burg‘ilashni shpindelli, rotorli va
zaboy dvigatelli — turbobur va eletrobur turlarini ajratish mumkin.
Yuqorida  keltirilgan  burg‘ilashning  barcha  usullarida  tog‘
jinslarining istalgan qattiqligida zaboyni yoppa yoki halqa bo‘ylab,
quduq o‘rtasida yaxlit namuna — kern hosil qilgan holda burg‘ilash
mumkin.
Birinchi usul kernsiz burg‘ilash deb atalib, ekspluatatsion va
texnik  quduqlarni  burg‘ilashda  keng  qo‘llaniladi.  Ikkinchi  usul
kolonkali  burg‘ilash  deb  ataladi  va  foydali  qazilma  konlarini
izlashda va razvedka qilishda ishlatiladi.
Zaboyda hosil bo‘lgan kernni yuqoriga ko‘tarish usuliga qarab,
kolonkali burg‘ilashda olinadigan kern qabul qiluvchi va suyuqlik
oqimi  yordamida  kernni  ko‘taruvchi  (gidrotransport)  kabilarga
bo‘linadi. Birinchi holda kern ingichka po‘lat kanat bilan kern qabul
qilgich ichida  silliq stvolli burg‘ilash quvurlari kolonnasi ichidan
yuqoriga ko‘tariladi. Ikkinchi holatda esa, kern ikkilamchi kolonka
quvurlari ichki quvuri ichidan suyuqlik oqimi yordamida yuqoriga
ko‘tariladi. Aylanmali burg‘ilash zaboyli suyuqlik yoki siqilgan havo
bilan tozalash yo‘li orqali olib boriladi.
Chuqur  bo‘lmagan  quduqlarni  yumshoq  tog‘  jinslarida
burg‘ilashda burg‘ilashning aylanma shnekli va burg‘ilash qoshiq-
chalari va spiral burg‘ilar yordamida suyuqliksiz burg‘ilash turlari
ishlatiladi.
Zarbali burg‘ilash sochma konlarni razvedka qilishda, gidrogeo-
logik  va  katta  diametrdagi  turli  maqsaddagi  texnik  quduqlarni
burg‘ilashda ishlatiladi.
Bu  usulning  mohiyati  quyidagicha:  og‘ir    zarba    snaryadi
dolotosi ta’siri  ostida davriy ravishda kanat yordamida ma’lum


15
balandlikdan zaboyga tashlanadi. Natijada tog‘ jinslari maydalanadi
va parchalanadi. Har bir zarbadan so‘ng snaryad kanatning aylanishi
hisobiga ma’lum bir burchakka buriladi. Parchalangan tog‘ jinslari
jelonkalar yordamida chiqarib tashlanadi.
Burg‘ilashning zarba-aylanma usulida o‘zgarmas og‘irlik kuchi
ostidagi  aylanayotgan  jinslarni  parchalovchi  asbobning  barcha
turlariga tez-tez zarbalar berib turiladi. Burg‘ilashning bu usulida
maxsus zaboy mexanizmlari — gidrourgichlar, pnevmourgichlar,
magnitostrikatorlar va zaboy vibratorlari  ishlatiladi.
Òebranma    burg‘ilash usuli yumshoq  tog‘  jinslarida uncha
chuqur bo‘lmagan quduqlarni burg‘ilash uchun ishlatiladi.
Òog‘ jinslarini parchalashning fizik usullaridan amalda termik,
termomexanik, eletrotermik va gidravlik usullari qo‘llaniladi.
Òog‘  jinslarini  parchalashning  boshqa  usullari  hali  sinov
davrlaridan  chiqqani yo‘q.

Download 8,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish