1.13-§. Òog‘ jinslarining abrazivligi
Jinslarning abrazivligi deb ularning burg‘ilash jarayonida
jinslarni parchalovchi asboblarni yedirish qobiliyatiga aytiladi.
Jinslarning abrazivligi ularni tashkil etuvchi minerallar qattiqligiga,
zarrachalarning bir-birlari bilan yopishish xarakteriga, zarrachalar-
ning yirikligi va formasiga, jinslarning zichligiga va ularning darzlanish
darajasiga bog‘liqdir. Jinslarni tashkil qiluvchi mineral zarrachalari
qanchalik qattiq va yirik bo‘lsa, ularning qirralari qanchalik uchli
bo‘lsa, jinslarning abrazivligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Qattiq
minerallar (misol uchun kvars, korund, granit) — yumshoq jinslar
bilan sementlangan bo‘lsa yoki orasidagi bo‘shliq yumshoq
minerallar bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, bunday jinslarning abrazivligi
yuqoriroq bo‘ladi. Shu bilan birga qattiq tog‘ jinslaridan hosil bo‘lgan
25
shlamlar ham abraziv xususiyatlarga ega bo‘ladi. Biroq massivdagi
jinslarning abrazivligi bilan ularning shlamdagi abrazivlik darajasi
bir-biridan farq qiladi. Juda qattiq mayda zarrachali yoki shishasimon
strukturaga ega bo‘lgan jinslar massivda kam abrazivlikka ega bo‘lishi
mumkin, biroq ularning yirik o‘tkir qirrali zarrachalari yuqori
abrazivlikka ega bo‘ladi.
Abraziv yeyilish jarayonini bu jinslarni parchalovchi asbob
keskichlari bilan yupqa kesilishga olib kelgan ayrim tirnashlar
yig‘indisidan iborat deb tushunmoq kerak.
Jinslarning abraziv xususiyatlarini aniqlashning bir necha
usullari mavjud. Geologiya-qidiruv tashkilotlari sharoitida eng
qulayi — po‘lat sterjenni, burg‘ilash kolonnasini va qo‘rg‘oshin
shariklarini yedirish usulidir. Ishlatish natijasida yedirilgan olmosli
va qattiq qotishmali koronkalarning tahlili shuni ko‘rsatadiki,
ularning yedirilishi burg‘ilanayotgan jinslardan hosil bo‘lgan
shlamlarning harakati natijasida sodir bo‘lar ekan.
Shuning uchun ham CÒ 41-89-74 standartiga asosan tog‘
jinslarining abrazivligini ÏÎAÏ-2M asbobi yordamida, mayda-
langan jinslar ichida qo‘rg‘oshin shariklarining yedirilish usulida
aniqlash tavsiya etiladi.
Asbobning uzatmasi elektrodvigatel 1 yordamida ishlaydi. Unga
harakat maxovik 9 o‘rnatilgan ekssentrik val 2 orqali uzatiladi. Val
1.5-rasm.
Òog‘ jinslarining abrazivligini aniqlash uchun
ÏÎÀÏ-2M asbobining sxemasi.
12
11
1
5
4
3
2
8 7 9
4
6
26
podshiðnik 10 kronshteynlariga o‘rnatilgan. Valdan harakat shatun
8 orqali shatun 4 va tayanchlar 6 ga tayanuvchi ish organlariga
uzatiladi. Qopqoq 3 ish organlari kamerasidagi uchta yuklama
silindrlar 5 ni ushlab turadi. Aylanma harakat muftadan tasmali
uzatma orqali boshqarish pulti shkiviga beriladi. Boshqarish pulti
shkivi yurishlar sonini hisoblovchi schotchiklar 12, rele, magnitli
puskatel va o‘chirish qurilmasidan tashkil topadi.
Abrazivlik quyidagi tartibda aniqlanadi: ÏOK hajm o‘lchovchi
asbobdan maydalangan tog‘ jinslari toza qog‘oz ustiga konussimon
ko‘rinishda to‘kiladi, so‘ng plastinka yordamida tekis qilib yoyiladi,
undan keyin esa yana konus tarzida to‘kiladi. Bir xil aralashma hosil
qilish uchun bunday aralashtirish jarayoni 2—3 marta qaytariladi.
Har bir yuklama silindrga diametri 3,25 mm bo‘lgan, og‘irligi
5 mg aniqlikkacha o‘lchangan va 1 sm
3
hajmdagi maydalangan jinslar
joylashtiriladi. Yuklama silindrlar ÏOAÏ-2M asbobiga joylashtiri-
ladi, schotchik 18000 raqamiga qo‘yiladi va asbob ishga tushiriladi.
Asbob 20 minutli ishdan so‘ng avtomatik tarzda to‘xtatiladi, shunda
elektrodvigatel 28 ming marta aylanish beradi. Sinovdan so‘ng
droblar ÏOAÏ-2M asbobining toza yuklama silindrlarida, 2/3 qismi
suvga to‘ldirilgan holda 5 minut davomida yuviladi. Yuvilgan drob
(ïèòðà) artilib quritiladi, har bir bo‘lak tortiladi va drob massa-
sining kamayishi aniqlanadi. Jinslarning abrazivlik koeffitsiyenti,
K
a
= 0,01 · m,
bu yerda, m — drob massasining kamayishi, mg.
Abrazivligi bo‘yicha tog‘ jinslarining guruhlari 1.2-jadvalda
keltirilgan.
1.2-jadval
Abrazivligi
bo‘yicha jinslar
guruhi
Abrazivlik
Jinslar abra-
zivlik darajasi
I
II
III
IV
V
VI
0,5
0,5—1 1,0—1,5
2,0—2,5 2,5—3,0
1,5—2,0
Kam
abraziv
Kuchsiz
abraziv
O‘rta
abraziv
Kuchli
abraziv
O‘ta
kuchli
abraziv
Abraziv
27
Do'stlaringiz bilan baham: |