27-§. O‘ZBEKISTONDA ATROF-MUHIT
MONITORINGINI AMALGA OSHIRISH
O‘zbekistonda qishloq va suv xo‘jaligi, tog‘-kon, kimyo, me-
tallurgiya va boshqa sanoat tarmoqlarining so‘nggi 30—40 yil davo-
mida tez sur’atlar bilan rivojlanishi natijasida atrof-muhitda kuch-
li o‘zgarishlar ro‘y berdi, mintaqaviy va mahalliy ekologik muam-
molar kelib chiqdi. Natijada atrof-muhit holatini muntazam kuza-
tish, nazorat qilish va boshqarishning yagona davlat tizimini ishlab
chiqish va amalga oshirish zarurati tug‘ildi.
Atrof-muhit monitoringi mamlakatimizdagi bir qancha muas-
sasa va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Atmosfera havosi va suv havzalarining ifloslanishi O‘zbekiston
Gidrometeorologiya
Bosh boshqarmasi tomonidan, yerosti suvla-
rining ifloslanishi, noxush tabiiy geografik
jarayonlarning rivojla-
nishi O‘zbekiston Geologiya vazirligiga qarashli «O‘zbekgidro-
geologiya» korxonasi
tomonidan, tuproqlarning sho‘rlanishi va
grunt suvlari me’yori, kollektor suvlari minerallashuv darajasi
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan, o‘rmonlar holati O‘r-
mon xo‘jaligi qo‘mitasi tomonidan, atrof-muhitning inson salo-
matligiga ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar Sog‘liqni saqlash
vazirligi tomonidan kuzatib, nazorat qilib turiladi. Bu tashkilot va
muassasalarning monitoring sohasidagi faoliyati Tabiatni muhofaza
qilish Davlat qo‘mitasi tomonidan boshqariladi. Bu qo‘mita atrof-
muhit bo‘yicha turli axborot va ma’lumotlarni yig‘ib, yuzaga kel-
gan ekologik vaziyatni baholaydi.
Noxush ahvol vujudga kelgan
bo‘lsa, tegishli tashkilotlarga xabar berish bilan birga uning oldini
olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi va ularning
bajarilishini nazorat qiladi.
Atrof-muhit monitoringini kuzatish va nazorat qilish turli usul-
larda olib boriladi: aerokosmik, avtomatik laboratoriyalar, ko‘chma
laboratoriyalar va h.k.
Aerokosmik usul bilan atmosfera havo massalarining yo‘na-
lishi, havoning ifloslanishi, tog‘lardagi muzliklar, qorliklar rejimi,
tuproq va o‘simlik qoplamlarining holati, ekinlarning o‘sishi,
ularning holati hamda hosildorligi kuzatib turiladi. O‘zbekiston-
ning ma’lum bir hududi aerokosmik usulda kuzatilayotganda olin-
gan ma’lumotlar avtomatik ravishda tegishli
tashkilotlarga uzatib
turiladi.
81
www.ziyouz.com kutubxonasi
Atmosfera havosi monitoringi O‘zbekiston hududida asosiy
gidrometeorologik stansiya va postlar (avtomatik ravishda ishlaydi-
gan maxsus uychalar — Post-2)da amalga oshiriladi.
Atmosfera va suv tarkibidagi zararli, ifloslantiruvchi moddalar
miqdori maxsus laboratoriyalarda kimyoviy usullar yordamida
aniqlanadi.
Sanoat rivojlangan hududlarda
maxsus kuzatish asosan sta-
tsionar (doimiy), marshrutli va harakatdagi postlarda olib boriladi.
Mazkur postlarda gazlarning miqdori avtomatik usulda aniqlanadi.
Suv havzalarining ifloslanishi ham muntazam ravishda kuzatib
va nazorat qilib turiladi. Daryolar, kanal va kollektor suvlarining
ifloslanish darajasi bir yo‘la bir
necha joylarida yuqoriqismida,
sanoat markazlari va shaharlarga kirish joylarda, ichkarisida va
chiqish joyida) aniqlanadi.
Yil davomida mamlakatimiz bo‘yicha olib borilgan kuzatish va
nazorat ma’lumotlari yig‘ilib, o‘rtacha oylik ko‘rsatkichlar
aniqlanadi. Tuproq, suv va o‘simliklardagi turli zararli chiqindilar,
asosan, sanoat korxonalari atrofida, pestitsidlar ekinzorlar va ular
hududidagi suv havzalarida kuzatiladi va nazorat qilib turiladi.
Sug‘oriladigan hududlarda tuproqning sho‘rlanishi bo‘yicha
kuzatish va nazorat amalga oshiriladi. Kuzatish va nazorat ma’lu-
motlari yilda ikki marta — 1-aprel va 1-oktabrda yig‘iladi.
Yaylovlar asosan aerokosmik usulda kuzatiladi va nazorat qilib
turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: