bioekologik, geoekologik
va
biosfera bosqichlari
ajratilgan.
Bioekologik monitoring
bosqichi yoki pog‘onasida atrof-
muhitning ifloslanishi uning inson salomatligiga ta’siri nuqtayi
nazaridan kuzatiladi. Mazkur pog‘onada odamlarning kasallanishi,
o‘lim, tug‘ilish, uzoq umr ko‘rish va boshqa ma’lumotlardan foy-
dalaniladi. Bu ma’lumotlar insonning atrof-muhit o‘zgarishiga aks
ta’siri hisoblanadi. Ushbu bosqichda monitoring kuzatish shoxob-
chalari va sanitariya-gigiyena xizmati ma’lumotlariga tayanib ish
ko‘riladi.
Bioekologik monitoring inson salomatligi uchun zararli
bo‘lgan chiqindi va moddalar bo‘yicha kuzatishni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |