Bog'liq Amaliy geografiya (A.Rafiqov, H.Vahobov) unlocked
Biosfera monitoringi bosqichining asosiy vazifasi atrof-muhit-
ni dunyo miqyosida kuzatishdan iborat. Bunda atmosferaning
changlanishiga, Dunyo okeanining ifloslanishiga va boshqa ko‘r-
satkichlarga ko‘proq e’tibor beriladi. Kuzatishning asosiy maqsadi
dunyo miqyosida bo‘ladigan o‘zgarishlarning aholi salomatligi va
faoliyatiga ta’sirini baholashdir. Kuzatishlar biosfera poligonlari
tizimida olib boriladi. Biosfera poligonlari tizimiga qo‘riqxonalar
va aholining xo‘jalik faoliyati zonalari kiradi.
Atmosferani kuzatishda asosiy e’tibor chang miqdorining ortib
ketishiga, «issiqxona samarasi»ning vujudga kelishiga, qutbiy
mintaqalarda ozon qatlamining yupqalanishiga qaratiladi.