IX b o b
GEOGRAFIK-EKOLOGIK EKSPERTIZA
ASOSLARI
Aziz o‘quvchilar! Sizlar ushbu bobda quyidagi mavzular bi-
lan tanishasiz: ekspertiza, ekspertiza muddatlari, ekspertiza xulo-
salari.
XX asrning 60—70-yillaridan e’tiboran yirik xo‘jalik korxo-
nalarini qurish va boshqa loyihali tadbirlar mutaxassislarning har
tomonlama ko‘rigidan o‘tib, ularning ruxsati bilangina amalga
oshirila boshlandi. Bu jarayon umumiy ma’noda ekspertiza deb
ataladi. Mavzular bayonida ekspertiza tushunchasi, ularning
turlari, ekspert xulosalarini chiqarish va O‘zbekiston hududida
geografik-ekologik ekspertiza o‘tkazilishi bilan bog‘liq masalalarni
o‘rganasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |