O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi à. Rafiqov, H. Vahobov, A. Qayumov, Sh. Azimov amaliy geografiya



Download 18,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/169
Sana03.02.2022
Hajmi18,88 Mb.
#427484
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   169
Bog'liq
Amaliy geografiya (A.Rafiqov, H.Vahobov) unlocked

Bilimingizni sinab ko‘ring:
1. Ekspertiza uchun qanday ma’lumotlar taqdim etiladi?
2. Tabiiy geografik ma’lumotlar nimalarni o‘z ichiga oladi?
3. Ekspertizaga qanday iqtisodiy geografik ma’lumotlar taqdim etiladi?
4. Ekspertizaga taqdim etiladigan ekologik ma’lumotlar nimalarni o‘z
ichiga oladi?
5. Obyekt yoki inshoot to‘g‘risidagi ma’lumotlar nimalarni o‘z ichiga
oladi?
30-§. EKSPERT XULOSASINING TAYYORLANISHI
Taqdim etilgan tabiiy geografik, iqtisodiy geografik, ekologik
va muhandislik (inshoot yoki obyekt to‘g‘risida) ma’lumotlarning
tahlili asosida ekspert xulosasi tayyorlanadi.
Ekspert xulosasi quyidagi qismlarni o‘z ichiga oladi.
1. Loyiha amalga oshirilganidan so‘ng, ya’ni obyekt yoki kor-
xona ishga tushirilganidan keyin uning faoliyati davomida tabiiy
muhitda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga baho beriladi.
Agar foydali qazilma koni ishga tushiriladigan bo‘lsa, uning
tabiatga ta’siri quyidagi yo‘nalishlarda baholanishi mumkin: a) kon
ochiq usulda qazib olinadigan bo‘lsa, uning chuqurligi va maydoni,
ishdan chiqadigan qishloq xo‘jalik yerlari, aholi manzilgohlari va
ularni ko‘chirish masalalari, tuproq, o‘simlik qoplamining o‘zga-
rishi, ularni qayta tiklash muammosi; b) yerosti suvlari sathining
pasayishi va uning atrofidagi landshaftlarning o‘zgarishga ta’siri,
yerosti va yer usti suvlarining ifloslanishi, ularga qarshi kurash
choralari, atmosferaning ifloslanishi, tabiiy va tabiiy-texnogen
jarayonlarning rivojlanishi hamda ularning oldini olish choralarini
86
?
www.ziyouz.com kutubxonasi


ishlab chiqish, kon to‘la qazib bo‘linganidan so‘ng undan foy-
dalanish va buzilgan yerlarni qayta tiklash (rekultivatsiya) masa-
lalari; d) aholi salomatligi va unga tabiiy muhit ifloslanishining
ta’siri.
2. Tabiiy sharoit yoki tabiiy geografik jarayonlarning obyekt
yoki inshoot faoliyatiga ta’siri.
Tabiiy sharoiti murakkab bo‘lgan baland tog‘larda foydali
qazilmalar yopiq usulda qazib olinadi. Chunki bunday
sharoit-
da konlarni ochiq usulda qazib olish katta qiyinchiliklarni keltirib
chiqarishi mumkin.
Konlarning maydoni aniq va to‘g‘ri o‘lchangan bo‘lmog‘i
lozim. Bu maydon doirasida aholi manzilgohlari va yirik muhan-
dislik inshootlarini qurish man etiladi. Masalan, Angren ko‘mir
konida tabiiy sharoitni hisobga olmaslik natijasida Angren shahri
ikki marta ko‘chirilgan. hozirgi ko‘mir tarqalgan maydondan
tashqarida yangi Angren shahri qurilgan.
3. Ekspertlar guruhiga jalb qilingan mutaxassislarning to‘liq
xulosalari olingandan so‘ng, umumiy xulosalar ishlab chiqiladi.
Qulay va mahsuldor yer, yaylov resurslari kamroq o‘zgarishini e’ti-
borga olib konni qazib olishning optimal usuli tanlanishi mumkin
(yopiq, ochiq yoki maxsus usulda). Tabiatga bo‘ladigan ta’sirni
kamaytirish maqsadida ekologik chora-tadbirlar tizimini ishlab
chiqish, uni loyihaga kiritish tavsiya etiladi.
Ekspertlar guruhi olingan ma’lumotlar asosida umumiy
asoslangan xulosaga keladi. Ekspertiza natijasiga qarab, loyiha qay-
tarilishi ham mumkin, bu holda u qayta ishlashga yuboriladi yoki
korxona qurilishiga umuman ruxsat berilmaydi.

Download 18,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish