2. Obyekt yoki muhandislik inshooti joylashgan hudud
to‘g‘risida iqtisodiy geografik ma’lumotlar.
Bu turdagi ma’lumot-
lar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: hududning iqtisodiy geografik
joylashishi, ya’ni yirik transport yo‘llariga yaqin yoki uzoqligi;
hudud aholisining soni, joylashishi; hududning tabiiy resurslari va
ulardan foydalanish darajasi; hududda joylashgan sanoat korxo-
nalari; hudud qishloq xo‘jaligi, asosiy dehqonchilik ekinlari,
yaylovlar, hudud transporti, hududning yoqilg‘i va elektroenergiya
hamda suv ta’minoti.
3. Hudud to‘g‘risidagi ekologik ma’lumotlar.
U quyidagilarni
o‘z ichiga oladi: hudud tabiiy muhitining ifloslanishiga ta’sir etadi-
gan manbalar; tabiiy manbalar (shamol, surilma, zilzila, sel, suv
toshqinlari va h.k.), sun’iy omillar (zavod, fabrika, kommunal
xo‘jalik korxonalari, qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan o‘g‘it,
pestitsidlar va h.k.); atmosferaga chiqariladigan chiqindilar; suv-
ning ifloslanish darajasi; tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosining
o‘zgarishi; aholi salomatligi, keng tarqalgan kasalliklar va ularning
sabablari.
Do'stlaringiz bilan baham: |