me’da o'rtasida jigar-m e’da boylamlari hosil bo'ladi. Jigar bilan diafrag
ma o'rtasida toj boylami va uning ikki uchida chap va o'ng
uchburchakli
boylamlar jigam i ko'tarib turadi.
Jigam i o'ragan fibroz parda (qorin parda ostidagi parda) qon tomirlar
bilan birga jigam ing ichkarisiga kiradi va uni juda ko'p bo'lakchalarga
ajratadi. Bu bo'lakchalar 1— 2 mm to 'rt burchakli prizmaga o'xshaydi.
Bo'lakchalar oralig'ida darvoza venasining eng mayda shoxchalari, arteriya
shoxchalari, nerv tolalari va mayda limfa naychalari joylashgan. B o'lak
chalar oralig'idagi arteriya va venalar kapillarga o'tib, boiakchalam ing
ichkarisiga kiradi. Bo'lakchalar ichida moddalar
almashinuvi davomida
arteriya qoni venaga aylanib, markaziy venalar, undan yig'uvchi venalarga
o'tadi. Bular
ham asta-sekin yiriklashib, jigar venasini hosil qiladi. Bu
vena pastki kovak venaga quyiladi.
Jigar hujayralari jigar bo'laklarida hujayralar to'sinini hosil qilib
joylashgan bo'lib, ular orasida bo'lakchalararo o 't naychalari hosil bo'ladi.
Bular o'zaro qo'shilib, jigaming o'ng va chap bo'Iak o 't naychalarini hosil
qiladi. Bu naychalar jigardan chiqqandan so'ng bir-biri bilan qo'shilib,
jigaming umumiy o 't yo'liga aylanadi. Bu yo'l o 't pufagi naychasi bilan
qo'shilib, o 'n ikki barmoq ichakning pastga yo'naluvchi
qismiga quyiladi-
gan umumiy o 't yo'lini hosil qiladi.
Fiziologiyasi.
Jigar organizmda quyidagi muhim vazifalarni bajaradi:
1
) u organizmdagi zaharli moddalarni zararsizlantiradi;
2
) o 't ishlab
chiqaradi; 3) embrional davrda qon elementlarini ishlaydi; 4) organizmdagi
ortiqcha glukozani glikogenga aylantirib saqlaydi. So'ngra
organizmning
talabiga ko 'ra glikogen glukozaga aylanib qonga shimiladi.
Jigar moddalar almashinuvida muhim rol o'ynaydi. Jigarda albuminlar,
fibrinogen (qonning oqsil fraksiyalari) hosil bo'ladi. Uglevodlar glikogenga
aylanadi. Jigarda oqsil parchalanishidan hosil bo'lmagan mahsulotlar (am-
miak) (to'sish funksiyasi) zararsizlanadi. Ulardan organizmga zararsiz
bo'lgan mochevina (siydikchil) hosil bo'ladi.
Jigar ichaklardan kelgan
zaharli moddalarni zararsizlantiradi. U immunitet reaksiyalarida ishtirok
etadi va o 't ishlab, ovqatning parchalanib shimilishida faol qatnashadi.
Jigar faoliyati turli sabablarga k o 'ra buziladi. Jum ladan, zaharli
moddalar, yuqumli kasallik qo'zg'atuvchi mikroblar
qon tomirlar orqali
jigarga borib, uning faoliyatini buzadi. Natijada turli kasalliklar kelib
chiqadi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: