Birinchi bukilm a — dum g 'aza suyagiga, ikkinchisi —
dum sim on
suyaklarning shakliga m oslashib paydo b o 'lgan.
T o 'g 'ri ichakning yuqori qismi chanoq bo'lagi bo'lib, birmuncha ken
gaygan, diametri (to'lib turganda)
6— 8
sm gacha boradi. Oxirgi, orqa
teshikka yaqin qismi ancha toraygan. T o 'g 'ri ichakning ichki tomonida
shilliq qavat uchta ko'ndalang burma hosil qiladi. Shilliq qavatda y o 'g 'o n
ichakning bosh qismlariga o'xshash shilliq bezlari, уakka-yakka joylashgan
limfa tugunlari uchraydi. Shilliq osti qavati yaxshi rivojlangan. Shuning
uchun shilliq qavat harakatchan bo'lib, ichakning
tashqi teshikka yaqin
qismida uzunasiga y o 'g 'o n burmalar paydo bo'ladi. Bular pastga tushgan
sari bir-biri bilan qo'shilib joylashadi. Bu zonada vena qon tomirlari juda
yaxshi rivojlangan bo'lib, vena chigalini hosil qilib joylashgan. B a’zida
bu venalar kengayib bavosir (gemorroy) kasalligini paydo qiladi.
Muskul qavati to 'g 'ri ichakda tashqi uzunasiga va ichki aylanasiga
joylashgan qavatlardan tuzilgan. Aylanasiga joylashgan
muskul tolalari orqa
teshik sohasiga kelgach zichlashib, ichki qisqich hosil qiladi. Bundan tash
qari, tashqi teshik atrofida ixtiyoriy halqa— muskul tolalaridan tuzilgan
tashqi qisqich bo'ladi. Shilliq qavatning muskul halqalari qalinlashuvidan
hosil bo'lgan uchinchi
qisqich orqa teshikdan
10
sm yuqorida joylashgan.
T o 'g 'ri ichak erkaklarda oldindan qovuqqa, urug' pufakchalariga,
prostata beziga va urug' tushuvchi tizimchaga tegib turadi. Ayollarda esa
bachadondan pastroqda qindan oraliq bo 'shlig'i va unda joylashgan bi
riktiruvchi to'qim a bilan ajralib turadi.
Fiziologiyasi.
Y o 'g'on ichak peristaltik
qisqarishdan tashqari, teskari
(ingichka ichak tomonga) ham qisqaradi. Ana shu harakatlar tufayli ov
qat qoldiqlari ancha uzoq (16— 18 soat turib) qoladi. Bunday xususiyat
ovqat moddasi qoldig'ining bir qismi, suv va kletchatkaning y o 'g 'o n
ichakda (asosan, ko'tariluvchi chambar ichak qismida) shimilishiga im
koniyat tug'diradi. Ovqat tarkibidagi kletchatka y o 'g 'o n
ichakka kelgach,
bakteriyalar ta’sirida parchalanib, 50% ga yaqin qismi shimiladi. Y o 'g 'o n
ichakning bu xususiyati bem orlarga antibiotik dorilar buyurilganda
polivitaminlar qo'shib berishni taqozo etadi. Aks holda antibiotiklar ichak-
dagi
bakteriyalarni halok etib, avitam inozga sabab bo'ladi. O dam da
ovqatning
10
% ga yaqin qismi shimilmasdan, y o 'g 'o n ichak shirasidagi
shilimshiq bilan bir-biriga yopishgan bakteriyalar (axlatning
taxminan
50% ini tashkil etadi) qoldiq sifatida axlatni hosil qiladi. Axlat to 'g 'ri
ichakka yig'ilganda ta’sirlanib, ixtiyoriy bo'shalish bo'ladi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: