Sis-trans-izomeriya (n -diastereomeriya)-alkenlar molekulasi uchun xos bo'lgan izomeriya turi.
Sis-izomer-bir xil o'rinbosarlar qo'shbog' tekisligining bir tomonida joylashgan isomer.
Trans-izomer-bir xil o'rinbosarlar qo'shbog' tekisligining turli tomonida joylashgan isomer.
sp2-gibridlanish-alkenlarda uchraydigan gibridlanish turi. Etilen-C2H4-alkenlarning dastlabki vakili.
Biriktirib olish reaksiyalari-alkenlarning vodorod, galogenlar, vodorod galogenidlar, suvni biriktirib oluvchi reaksiyalari.
Oksidlanish reaksiyalari-alkenlarning kislota va ishqorlar ishtirokida KMnO4 ning suvli yoki spirtli eritmasi bilan ta' sirlashishi.
Polimerlanish reaksiyalari-bir nechta alken molekulasining o'zaro birikib bitta murakkab modda hosil qilish reaksiyasi.
Takrorlash uchun savol va masalalar.
Qanday turdagi uglevodorodlar etilen qatori uglevodorodlari deb ataladi, ularning gomologik qatorini sanab bering.
Alkenlar ratsional va xalqaro nomenklaturaga ko'ra qanday nomlanadi?
Laboratoriya sharoitida va sanoatda alkenlar qanday usullar bilan olinadi?
Alkenlar qanday turdagi fizik-kimyoviy xossalarni namoyon qiladi?
Xalq xo'jaligida alkenlar qanday maqsadlar uchun ishlatiladi?
Etilen va 2, 3, 4-trimetilpenten-1 ning tuzilish formulasini yozib bering.
Buten-1 va penten-2 ga vodorod, vodorod xlorid va xlorlarning birikish reaksiya tenglamalarini yozing.
Geksen va geptenning to'g'ri zanjirli izomerlari formulalarini yozing.
Markovnikov qoidasi bo'yicha propen, buten-1 va penten-1 larga vodorod xlorid, vodorod bromid va vodorod yodidlarning birikish reaksiya tenglamalarini yozing.
Vagner reaksiyasi bo'yicha propen, buten-2 va penten-3 larning oksidlanish reaksiya tenglamalarini yozing.
Propen, buten-1, penten-2 va geksen-3 larning polimerlanish reaksiya tenglamalarini yozing.
Mavzuga oid adabiyotlar.
G. P. Xomchenko. «Kimyo», Oliy o'quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Toshkent, «O'qituvchi» nashriyoti, 2007.
A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. «Umumiy kimyo», Toshkent, «O'qituvchi» nashriyoti, 2002.
M. M. Abdulxayeva, O'. M. Mardonov. «Kimyo», Toshkent, «O'zbekiston» nashriyoti, 2002.
A. A. Abdusamatov, R. Mirzayev, R. Ziyayev. «Organik kimyo», Toshkent, «O'qituvchi» nashriyoti, 2002.
I. M. Primuhamedov. «Organik ximiya», Toshkent, «Meditsina» nashriyoti, 1987.
S. I. Iskandarov, A. A. Abdusamatov, R. A. Shoymardonov. «Organik ximiya», Toshkent, «O'qituvchi» nashriyoti, 1979.
O. S. Sodiqov, O. Y. Yo'ldoshev, K. S. Sultonov. «Organik ximiya», Toshkent, «O'qituvchi» nashriyoti, 1971.
Alkinlar gomologik qatori va nomlanishi. Atsetilen, uning xossalari.
Uchlamchi bog'lanish xossalari.
Reja.
Alkinlar gomologik qatori va nomlanishi;
Uchlamchi bog'lanish xossalarini;
Alkinlarning fizik-kimyoviy xossalarini;
Alkinlarning ishlatilish sohalarini.
Molekulalarida bir-biri bilan uch bog' orqali bog'langan uglerod atomlari mavjud bo'lgan uglevodorodlar atsetilen qatori uglevodorodlari deyiladi. Ularning xalqaro nomi alkinlar deb ataladi hamda umumiy CnH2n-2 formula bilan ifodalanadi. Ularning molekularida vodorod atomlari soni to'yingan uglevodorodlardagiga va to'yinmagan etilen qatori uglevodorodlardagiga qaraganda kam bo'ladi. Uch bog' bitta ст-bog' va ikkita я-bog'dan tarkib topgan. Alkinlarning molekulasi sp-gibridlanish holatida bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |