Toshko'mir smolasi-tarkibida 400 dan ortiq aromatik va geterosiklik birikmalar mavjud bo'lgan modda.
Qishloq xo'jaligi mahsulotlari-qishloq xo'jaligida yetishtiriladigan hamma mahsulotlar.
O'rmon xo'jaligi mahsulotlari-daraxtlarning yog'och qismini maydalab quruq haydash natijasida olinadigan organik moddalar.
Takrorlash uchun savol va masalalar.
Mamlakatimizning qaysi mintaqalarida katta neft konlari mavjud, qaysi shaharlardagi zavodlarda neft qayta ishlanadi?
Neftni birlamchi qayta ishlash deganda qanday qayta ishlash usuli tushuniladi, bunda qanday mahsulotlar olinadi?
Neftni ikkilamchi qayta ishlash deganda qanday qayta ishlash usuli tushuniladi, bu usul nechta jarayonga ajratiladi?
Mamlakatimizning qaysi mintaqalarida tabiiy gaz konlari mavjud, qaysi shaharlardagi zavodlarda tabiiy gaz qayta ishlanadi?
Tabiiy gaz qanday usul bilan qayta ishlanadi, tabiiy gazdan qanday mahsulotlar ishlab chiqariladi?
Mamlakatimizning qaysi mintaqalarida toshko'mir konlari mavjud?
Toshko'mirni qayta ishlashning turli xil fraksiyalarida qanday organik birikmalar olinadi?
O'zbekistonda qanday turdagi qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtiriladi, ulardan qanday organik birikmalar olinadi?
O'zbekistonda qanday turdagi o'rmon xo'jaligi mahsulotlari yetishtiriladi, ulardan qanday organik birikmalar olinadi?
Mavzuga oid adabiyotlar.
G. P. Xomchenko. «Kimyo», Oliy o'quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Toshkent, «O'qituvchi» nashriyoti, 2007.
A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. «Umumiy kimyo», Toshkent, «O'qituvchi» nashriyoti, 2002.
M. M. Abdulxayeva, O'. M. Mardonov. «Kimyo», Toshkent, «O'zbekiston» nashriyoti, 2002.
A. A. Abdusamatov, R. Mirzayev, R. Ziyayev. «Organik kimyo», Toshkent, «O'qituvchi» nashriyoti, 2002.
I. M. Primuhamedov. «Organik ximiya», Toshkent, «Meditsina» nashriyoti, 1987.
S. I. Iskandarov, A. A. Abdusamatov, R. A. Shoymardonov. «Organik ximiya», Toshkent, «O'qituvchi» nashriyoti, 1979.
O. S. Sodiqov, O. Y. Yo'ldoshev, K. S. Sultonov. «Organik ximiya», Toshkent, «O'qituvchi» nashriyoti, 1971.
Alkenlar gomologik qatori va nomlanishi. Etilen, uning xossalari.
Reja.
Alkenlarning gomologik qatori va nomlanishi;
Alkenlarning fizik-kimyoviy xossalari;
Alkenlarning ishlatilish sohalari.
Molekulalarida bitta qo'shbo'g orqali bog'langan uglerod atomlari mavjud bo'lgan uglevodorodlar etilen qatori uglevodorodlari deyiladi. Ularning xalqaro nomi alkenlar, tarixiy nomi esa olefinlar deb atalib, molekularida vodorod atomlari soni to'yingan uglevodorodlardagiga qaraganda ikkita kam bo'ladi.
H2C=CH2 CH2=CH-CH3
etilen propilen
Qo'shbog' bitta a-bog'lanish va bitta я-bog'lanishdan tarkib topgan bo'lib, etilen qatori uglevodorodlarining umumiy formulasi CnH2n formula bilan ifodalanadi. Ularning molekulasi sp -gibridlanish holatida bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |