Qishloq va o'rmon xo'jaligi mahsulotlari.
Qishloq xo'jaligida yetishtiriladigan hamma mahsulotlar organik birikmalarning asosiy manbalaridan hisoblanadi.
O'zbekiston paxta, xom ipak, lub ekinlar, qorako'l teri va guruch yetishtirishda dunyoda yetakchi o'rinlardan biri egallaydi.
Kletchatka (sellyuloza) moddasi paxta tolasining 90-92 % ini, kraxmal donlarining 65-75 % ini, saxaroza qandlavlagining asosini tashkil qiladi. Yetishtirilayotgan poliz ekinlari, bog'dorchilik mevalari tarkibida organik kislotalar, uglevodlar, vitaminlar va boshqa organik birikmalar mavjuddir. Masalan, olmada olma kislotasi, limonda limon kislotasi bilan limonen terpen uglevodorodi, uzumda glyukoza, uzum kislota va boshqa organik moddalar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |