Орқа мия: топографияси, ташқи тузилиши, ўровчи пардалар


V жуфт бош мия нервининг функционал ва клиник анатомияси: ўзаклари, иқиш жойи, иннервация соҳаси



Download 71,67 Kb.
bet26/40
Sana27.06.2021
Hajmi71,67 Kb.
#102722
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40
V жуфт бош мия нервининг функционал ва клиник анатомияси: ўзаклари, иқиш жойи, иннервация соҳаси.

Uch shoxli nerv murakkab tuzilishga ega bo‘lib, uning tarkibini:

1) nerv o‘zaklari; .

2) sezuvchi va harakat tolalari;

3) uch shoxli nerv tuguni;

4) nerv poyasi (stvoli);

5) nervning uch shoxi (ko‘z nervi; yuqori jag‘ nervi; pastki jag‘ nervi) tashkil etadi.

Uch shoxli nerv aralash nerv bo‘lib, sezuvchi va harakat tolalaridan tashkil topadi.

Nervda 3 ta sezuv va 1 ta harakat o‘zaklari bo‘ladi.

Sezuv o‘zaklari:

1) yuqorigi sezuv o‘zagi - nucleus sensorius superior;

2) orqa miyaga yo‘naluvchi o‘z a k -nucleus tractus spinalis;

3) o‘rta miya sohasiga yo‘naluvchi o‘zak - nucleus tractus mesencephalis.

Nervning harakat o‘zagi - nucleus motorius n. trigemini Voroliy ko‘prigi ichida joylashadi. Bu o‘zakdan chiquvchi neyrit tutamlari uch shoxli nervning harakat tutamlari - radix motoria ni tashkil etadi. Bosh miya so‘g‘onida joylashgan sezuv o‘zaklaridan tashqari, uch shoxli nervning sezuvchi hujayralari bo‘lib, ular nerv tuguni - gangl. trigemini ni tashldl etadi. Bu tugun chakka suyagi piramida qismining oldingi yuzasidagi chuqurcha - impressio trigeminale da, qattiq pardadan hosil topgan bo‘shliq - cavum trigeminale ichida joylashadi. Bu tugun hujayralaridan markazga va periferik tarafga yo‘naluvchi ikki xil tolalar ajraladi. Markazga yo‘naluvchi tolalar nervning sezuv ildizi - radix sensoria ni tashkil etib, miya so‘g‘oni ichiga (Voroliy ko‘prigi ichiga) kiradi va uch shoxli nervning bosh miya ichidagi uchta sezuv o‘zaklarida yakunlanadi. Nerv tuguni hujayralarining periferik tolalari uch shoxli nerv poyasini tashkil etib, uch shoxga: ko‘z, yuqori jag‘, pastki jag‘ nerviga ajraladi. Nervning harakatlantiruvchi tolalari pastki jagnerviga qo‘shiladi. . Uch shoxli nervning birinchi shoxi - ko‘z nervi (n.ophtalmicus) Bu nerv sezuvchi tolalardan tashkil topib, ko‘z kosasining yuqori tirqishi - fissura orbitaiis superior orqali ko‘z kosasi bo‘shlig‘iga o‘tadi va quyidagi tarmoqlarga ajraladi:

1) ko‘z yoshi tarmog‘i - n. lacrimalis;

2) peshona tarmog‘i - n. frontalis;

Uch shoxli nerv shoxlari.

1 - ophthalm icus;

2 - ganglion trigem inale;

3 - n. trigeminus;

4 - n. mandibularis;

5 - n. maxillaris.

1. Ko‘z yoshi nervi - n. lacrimalis ko‘z kosasining lateral devori sohasida tarqalib, ko‘z yoshi bezi, yuqori qovoq terisini innervatsiya etadi. N. lacrimalis ning tarmog'i II shox - n. maxillaris dan ajraladigan yonoq nervi - n.zygomoticus bilan qo‘shiladigan shox - r. communicanc cum nervo zygamatico ni chiqaradi.

2. Peshona tarmog‘i - n. frontalis ko‘z kosasining yuqori devori bo‘ylab yo‘nalib, ikkiga ajraladi. Uning bir tarmog‘i ko‘z kosasining yuqori o‘ymasi - incisura supraorbitalis orqali peshona sohasiga o‘tib terida tarqaladi va n. supraorbitalis deyiladi. Bu nerv peshona sohasida lateral shox - r. lateralis va medial shox - r. medialis ga ajraladi. Peshona nervining ikkinchi tarmog‘i - g'altak usti nervi - n. supratrochlearis ko‘z kosasining ichki burchagi sohasida tarqalib, yuqori qovoq terisini innervatsiya qiladi. 3. Burun-kiprik tarmog‘i - n. nasocilliaris ko‘z kosasining medial yuzasida joylashib, ko‘z yoshi xaltachasi, konunktivani innervatsiya etadi.

Bu tarmoqdan quyidagi tolalar chiqadi:

a) ko‘z soqqasiga - uzun kipriksimon nervlar - n. ciliares longi;

b) orqa g‘alvirsimon nervlar - n.n. ethmoidales posteriores - g‘alvirsimon katakchalar va asosiy suyak ichidagi havo saqlaydigan bo‘shliq shilliq qavatlarini innervatsiya etadi. Bu nerv shoxchasi bosh miya qattiq pardasining innervatsiyasi uchun ajralib, r. meningeus anterior deyiladi;

d) oldingi g‘alvirsimon nerv - n. ethmoidales anteriores peshona suyagi ichidagi havo saqlaydigan bo‘shliq shilliq qavati, burun bo‘shlig‘i - rami nasales medialis et lateralis va burun terisi - rami nasalis externus ni innervatsiya etadi;

e) burun-kiprik tarmog‘i kipriksimon tugun - ganglion cilliare ni tashkil etish uchun tarmoq chiqaradi va bu tarmoq r. communicans cum ganglio ciliare deyiladi;

f) g‘altak osti nervi - n. infratrochlearis pastki qovoq terisini innervatsiya etuvchi r.r. palpebrales shoxlar chiqaradi.


  1. V жуфт бош мия нервининг вегетатив тугунлар: хосил бўлиши, топографияси, тармоқлари, иннервация соҳалари. Уч шоҳли нерв ва юз нерви билан ўзаро анастомозлари. Уч шоҳли нервнинг ўтказувчи йўллари.


Download 71,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish