33. Юз соҳасидаги сулак безларнинг иннервация хусусиятлари.
Kichik va katta so’lak bezlarining innervatsiyasi. Eshituv tоri аrаlаsh nеrv bo’lib, yuqоrigi so’lаk аjrаtuvchi yadrоdаn chiqqаn pаrаsimpаtik tоlаlаrdаn vа tizzа tugunidаn chiqqаn sеzuvchi tоlаlаrdаn tаshkil tоpgаn. Eshituv tоri yuz nеrvining kаnаlidаn chiqib, o’rtа qulоq bo’shlig’igа chiqаdi, nоg’оrа pаrdаni ichki yuzаsi оrqаli tаshqаrigа chiqаdi. So’ng оldgа vа pаstgа yo’nаlib, til nеrvi bilаn qo’shilаdi. Nеrv tаrkibidаgi tоlаlаri tilning оldingi qismini vа pаrаsimpаtik tоlаlаri esа til оsti vа jаg’ оsti bеzini innеrvаtsiya qilаdi. Uzаngi nеrvi hаrаkаtlаntiruvchi tоlаlаrdаn tаshkil tоpib, nоg’оrа bo’shlig’idа uzаngisimоn muskuligа bоrаdi. Yuz muskuli bigiz-so’rg’ichsimоn tеshikdаn chiqib, qulоq оldi bеzigа kirаdi vа bir nеchtа muskullаrgа kirаdigаn shохchаlаrgа аjrаlаdi: 1) Lunj nervi – n. buccalis- lunj shilliq qavati va terisini innervatsiya etadi.2) Quloq – chakka nervi – n. auriculotemporalis-boʻgʻim sohasidan oʻtib, quloq oldi soʻlak bezi orqali yoʻnaladi va chakka sohasi terisida oxirgi tarmoqlarga parchalanadi. Bu nervdan quyidagi sezuvchi tarmoqlar chiqadi: a) chakka – pastki jagʻ boʻgʻimiga – rami articulares; b) quloq oldi soʻlak beziga – rami parotoidei; v) tashqi eshituv yoʻli terisi va nogʻora boʻshligʻi shilliq qavatiga – n. meatus acustici externi;g) quloq oldi tarmoqlari – n.n. auriculares anteriores – kuloq terisini innervatsiya etadi. d) quloq tuguni ganglion oticum ni hosil etishda qatnashadigan tarmoqlar – r.r. ganglionares ad ganglion oticum e) R.r. membranae tympani – nogʻora pardani innervatsiya etadi;m) R.r. communicantes cum nervo faciale – yuz nervi bilan qoʻshiluvchi shoxlar; n) R.r. temporales superficiales – chakkaning yuzaki shoxlari – chakka terisida tarqaladi.3) Tilning sezuvchi nervi – n. lingualis quyidagi tarmoqlarga boʻlinadi: a) til uchi va tanasida tarqaladigan sezgi tarmoqlari – rami linguales; b) ogʻiz boʻshligʻining halqumga oʻtish sohasini (bugiz sohasi) innervatsiya etuvchi tarmoqlar rami isthmi faucium; v) til osti sohasining sezuv tolalari – n. sublingualis.
g) R.r. communicantes cum nervo hypoglosso – til osti nervi bilan qoʻshiluvchi shoxlar; d) Chorda tympani – nogʻora tori nervi – til soʻrgʻichlarini inervatsiya etadi; R.r. ganglionares ad ganglion submandibulare – jagʻ osti tuguni uchun shoxlar; m) R.r. ganglionares ad ganglion sublinguale – til osti tuguni uchun shoxlar4) Qanot – tanglay tuguni – gangl. pterygopalatinum – qanot – tanglay chuqurchasida joylashib: a) sezuvchi tolalar – n.n. pterygopalatini ni – V- juft nervining ikkinchi shoxidan oladi; b) parasimpatik tolalar – n. petrosus major – oraliq nervdan (VII juft tarkibida) ajraladi; v) simpatik tolalar (n. petrosus profundus) ichki uyqu arteriyasi devoridagi chigal – plexus caroticus internus dan hosil boʻladi. Bu tugundan yoʻnalayotgan tolalar koʻz yosh bezini, burun va tanglay shilliq qavatlarida joylashgan soʻlak bezlarini innervatsiya etadi.5) quloqsimon tugun – gangl. oticum – oval teshik sohasida joylashib – V- juft nervning uchinchi shoxi bilan aloqa bogʻlaydi: a) sezuv tolalari pastki jagʻ nervining tolalari; b) parasimpatik tolalar – kichik toshsimon nerv – n. petrosus minor nomi bilan ajraladigan – IX juft (n. glossopharyngeus) bosh miya nervining tarmogʻi; v) simpatik tolalar – bosh miya pardalarining arteriyasi devoridagi tolalardan hosil boʻladi. Bu tugundan chiqayotgan tolalar quloq oldi soʻlak bezini (gl. parotidea) innervatsiya etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |